Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Lingvistik qobiliyatlarni A.X. YUgay o‘rgangan. Lingvistik qobiliyatlar 
tarkibida u fonematik eshitish qobiliyati (tilning sezgirligi), lingvistik tafakkur 
va verbal xotirani ajratdi. 
Qobiliyatlarning mavjud emasligi odamning u yoki bu faoliyatni 
bajarishga yaroqsizligini bildirmaydi, chunki ega bo‘lmagan qobiliyatlarning 
o‘rnini to‘ldirish psixologik mexanizmi mavjud. Ko‘p hollarda faoliyat bilan 
faqat qobiliyatlilar emas, balki ularga ega bo‘lmaganlarning ham 


345 
shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Agar odam bu faoliyat bilan shug‘ullanishni 
davom ettirishga majbur bo‘lsa, u ongli ravishda yoki anglanmagan holda, o‘z 
shaxsining 
kuchli 
sifatlariga 
tayanib, 
qobiliyatlar 
etishmovchiligini 
to‘ldirishga harakat qiladi. E.P. Ilinning fikriga ko‘ra, bu to‘ldirish 
egallanadigan bilim va ko‘nikmalar, yoki faoliyatning individual-tipik 
uslubini shakllantirish orqali, yoki boshqa, rivojlanishi yuksakroq bo‘lgan 
qobiliyat orqali amalga oshirilishi mumkin. Etishmagan qobiliyat juda keng 
muayyan insondagi yuksak rivojlangan qobiliyatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. 
Aynan, shu xususiyat insonning turli sohalarda samarali faoliyat yuritishiga 
imkoniyat yaratadi. 
Qobiliyatlarda bir qancha darajalarni ajratish mumkin: layoqat, mohirlik, 
iste’dod, geniallik. 
Qobiliyat deb, insonni u yoki bu faoliyatning samarali bajarilish 
imkoniyati bilan ta’minlovchi layoqatlarning o‘ziga xos uyg‘unligiga aytiladi. 
Ushbu ta’rifda qobiliyatga bog‘liq ravishda faoliyatning samarali bajarilishi
emas, balki, faqat shunday bajarilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatga e’tibor 
qaratish lozim. Faoliyatni samarali tarzda amalga oshirish uchun muvofiq 
keladigan qobiliyatlar uyg‘unligining mavjudligi emas, balki, zarur bilim va 
ko‘nikmalarning egallanganligi ham muhimdir. Qobiliyat faqat u yoki bu 
faoliyatda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini belgilaydi, bu imkoniyatning 
joriy qilinishi esa muayyan qobiliyatlarning rivojlanish darajasi va qanday 
bilim va ko‘nikmalarning egallanganligi bilan belgilanadi. 
Qobiliyatli insonlarning individual farqlari qiziqishlarning yo‘nalganligi 
bilan belgilanadi. Xuddi shunday, ayrimlar matematikaga, boshqalar tarixga, 
uchinchilar esa jamoatchilik ishiga qiziqadilar. 
Inson qobiliyatlarini xarakterlaganda ko‘pincha, ular taraqqiyotining 
mohirlik deb ataluvchi, ya’ni, ma’lum faoliyatda mukammallikka erishish 
darajasi alohida ko‘rsatiladi. Insonning mohirligi haqida so‘z yuritilganda, 
avvalambor, uning ishlab chiqaruvchi faoliyat bilan muvaffaqiyatli 
shug‘ullanish qobiliyati nazarda tutiladi. Lekin bu, mohirlik orttirilgan malaka 
va ko‘nikmalarning yig‘indisi, degani emas. Mohirlik yuzaga keladigan 
muammolarni ijodiy hal qilishga psixologik shaylikni taqazo etadi. «Mohirlik 
– bu «nima» va «qanday»larning bir vaqtning o‘zida kelishi»,- deb bejizga 
aytilmagan, bu bilan, usta uchun ijodiy masalani anglash bilan uni echish 
usullarini topishning o‘rtasida uzilish mavjud emasligi ta’kidlanadi. 
Qobiliyatlar rivojlanishining keyingi darajasi – iste’dod. «Iste’dod» 
so‘zi muqaddas kitoblarda uchraydi, bunda kumush o‘lchov birligi nazarda 
tutilgan, kumushni xo‘jayinidan olgan tanbal ishchi uni tijoratga ishlatib, 
foyda olishning o‘rniga, erga ko‘mib qo‘ygan («Iste’dodini erga ko‘mgan» 


346 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling