395
yoki ichki aqliy) amallardir.
FAOLIYAT - insongagina xos, ong bilan
boshqariladigan ehtiyojlar
tufayli paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishiga,
uni qayta qurishga yo‘naltirilgan faolligidir.
O‘YIN - faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bu bolalarning kattalar faoliyatini,
ularning
ish harakatlarini, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aks
ettirishda ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni
bilishga qaratilgan
faoliyatdir.
INTERIORIZATSIYA - tashqi predmetli harakatlarning ichki aqliy
amallarga aylanishi jarayonidir.
MALAKALARNING INTERFERENTSIYASI - avval hosil qilingan
malakalarning keyinchalik boshqa yangi malakalarning hosil bo‘lish ja-
rayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida yangi
malakalarning susayib qol-
ishi.
MASHQLARNING EGRI GRAFIGI - malakalar hosil bo‘lishi ja-
rayonini grafik usulda tasvirlaydigan egri chiziqlar.
ODATLAR - bajarilishi kishining ehtiyojiga
aylanib qolgan xatti-
harakatlar yoki xulq atvor.
MEHNAT - odamning ma’lum maqsadga, o‘z
ehtiyojlarini qondirish
uchun borliqni bilish va uni qayta qurishga, moddiy va ma’naviy
boyliklarni
yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
KO‘NIKMA - kishining ma’lum ishni bajarish qobiliyati. Mahoratning
asosini tashkil qiladi.
O‘QISH-O‘RGANISH - shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallash
hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni. O‘qish
- har qanday
faoliyatning zaruriy qismlaridan bo‘lib, sub’ektni o‘zgartirish jarayoni
hamdir.
TOPSHIRIQLAR
1. Jadvalni to‘ldiring(to‘g‘ri ketma-ketlikda)
№
Faoliyat tarkibi
Faoliyat turlari
1
2
3
Do'stlaringiz bilan baham: