Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli
tabiiy seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar
(harakt jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu
odam uchun ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga
ega bo‘lgan jismlar); alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar;
ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘langanlari; faol harakat ob’ekti bo‘lib
hisoblanganlari
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning
ahamiyatliligi va mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va
elementlari o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash; so‘z-matnli
materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, materialni chizma, jadval
ko‘rinishida taqdim etish; materialning mazmundorligi va hammabopligi,
uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi; materialning
hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning ma’lum sharoitlarda
eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda qo‘llash
imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish,
masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon
bo‘lishi.
Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta
bo‘g‘inli qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar oson esda qoladi,
o‘rtadagilari esa unchalik esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V.
Zeygarnik samarasi – tekshiriluvchilarga vazifalarni bajarish taklif etilib,
ularga bir xillarini oxirigacha echishga imkon berilsa, boshqalari yakuniga
etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar tugallanmagan vazifalarni to‘liq
echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq eslay oladilar.
Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan
ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira
jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga
ega. Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |