Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


amneziya (xotiraning yo‘qolishi), retrograd amneziya


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

amneziya (xotiraning yo‘qolishi), retrograd amneziya (kasallikdan avvalgi 
voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi) va anterograd amneziya (kasallikdan 
so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O‘ta toliqishda 


159 
paramneziya – xotira aldanishi hodisasi ro‘y beradi. So‘zlarni eslashda 
xatolikka yo‘l qo‘yish kontaminatsiya («ahamiyatga ega») deyiladi. 
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko‘rib chiqishga 
o‘tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda 
olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga 
bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy 
mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi: 
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko‘ra, 
harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy xotiralarga bo‘linadi; 
- faoliyat maqsadiga ko‘ra – ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo‘linadi; 
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko‘ra 
– qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo‘linadi. 
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko‘ra tasniflanishini 
birinchi marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik 
faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. 
Bu faoliyatlarning har biri harakatlar va ularning mahsuloti bo‘lgan faoliyat, 
sezgi, obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari 
o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. 
Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz. 
Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish
saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs 
tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling