Abdulla Qodiriy nomidagi nomidagi Jizzax davlat pedagogika inistituti
Download 164.94 Kb.
|
Joʻrayeva Feruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Spartaning siyosiy tuzumi va xo`jaligi.
- Miloddan avvalgi VII–VI asrga kelib
4. Spartada tarbiya. Spartaliklar o`g`il bolalarni yoshlik chog`idanoq boiajak jangchilar va hukmron efoiralarning sodiq xizmatchilari etib tarbiyalaganlar. Qadimgi yunon faylasufi Plutarxning yozishicha ota o`zining go`dak o`g`lini oqsoqollar huzuriga olib kelgan. Agarbola sog`lom va baquvvat ko`rinsa, uni tarbiyalash uchun otasiga qaytarib berilgan. Agar bola nimjon, mayib-majruh bo`lsa tubsiz jarga uloqtirib yuborganlar. Yetti yoshga to`lgan hamma o`g`il bolalarni to`plab, alohida guruhlar tashkil etganlar. Dovyurak, epchil va farosatli bola guruh boshlig`i qilib qo`yilgan. Boshqalar unga itoat etib, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanganlar. Bolalar ataylab og`ir hayot kechirib, o`z tana va irodalarini chiniqtirganlar. Bolalar ilotlarga nisbatan shafqatsizlik ruhida tarbiyalangan. Ular ilotlar ichiga kirib, ularni o`ldirib turganlar.Bolalar va o`smirlar kattalarning hamma aytganlarini bajarishlari lozim bo`lgan. Ular kattalar ruxsat bersalargina gapirar edilar.Yunonlar hazil tariqasida «tosh haykallaming nidosini ko`prnq eshitsang-eshitasanki, spartalik bolalarning ovozini kamdan-kam eshitasan», deyishar edi.Spartaliklar o`smirlarni kuchli, jasur va chidamli qilib tarbiyalaganlar. Ular juda berahm, shafqatsiz va qo`pol bo`lib, o`qish va yozishnj arang bilganlar.
5. Spartaning siyosiy tuzumi va xo`jaligi. Mahalliy aholini asoratda saqlash uchun spartaliklarga kuchli davlat kerak edi. Mamlakatda butun hokimiyat spartaliklar qo`lida edi. Ular o`z yig`inlarida aslzoda spartaliklardan oqsoqollar kengashini sayllar edilar. Davlatning ma`muriy va harbiy ishlariga saylangan ikki podsho rahbarlik qilgan. Har ikki podsho ham oqsoqollar kengashining a`zosi edi. Kengash davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masalalarni podsholar rahbarligi ostida hal etganlar va jinoyatchilarni sud qilganlar. Qurol-yarog` ko`tarishga kuchi yetgan spartaliklarning hammasi jangchi bo`lib, ular faqatgina harbiy ishlar bilan shu-g`ullanganlar, Tinchlik vaqtlarda esa jangchilar harbiy mashq bilan shug`ullanganlar. Spartalik jangchi yoniga qurol-yarog`ini qo`yib uxlagan. Ular qilich, nayza, kamon, dubulg`a, qalqon va gurzilar bilan qurollanganlar. Ular saf tortib, tartib bilan jangga kirganlar. Harbiy safning bu turi falanga deyilgan.Lekonika va Messeniya vodiysi o`zining unumdor yerlari bilan ajralib turgan. Vohalarda aholi o`troq yashab, asosan dehqonchilik bilan shug`ullangan.Dehqonlar arpa, bug`doy, tariq va boshqa don ekib parvarish qilganlar. Sabzavotchilik ham dehqonchilikning muhim tarmog`i hisoblangan. Sohibkor dehqonlar bog`dorchilikka ham katta ahamiyat berganlar. Mamlakatda katta-katta tokzorlar va zaytunzorlar barpo qilingan. Katta-kichik xo`jaliklar uzum va zaytundan mo`1 hosil olganlar. Dehqonchilik aholini doimiy oziq-ovqat bilan ta`minlab turgan.Messeniya va Lakonikadagi tog`larda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Bu yaylovlarda erkin ahqli va ilotlar xo`jalikning boshqa turlari bilan bir qatorda chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Chorvadorlar qo`y, echki, ot, eshak, xachir va qoramol boqib parvarish qilganlar. Chorva mahsulotlari aholini sut, sariyog`, qatiq, pishloq va go`sht mahsulotlari bilan ta`minlagan.Qo`y-echkilardan olingan jun, qpramol terilari to`qimachilik va charm ishlashga xomashyo yetkazib bergan. Ho`kiz, ot va xachirlardan qishloq xo`jalik ishlarida va minib yurishda foydalanilgan.Otlar esa otliq qo`shin va jang aravalari uchun juda zarur bo`lgan. Spartada to`qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik, kemasozlik, me`morchilik, temirchilik va hunarmandchilikning boshqa sohalari yaxshi rivojlangan edi. Sparta dengizchilik yaxshi rivojlangan davlat bo`lgan. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi savdo-sotiqning ravnaqi uchun katta imkoniyat ochib bergan. Spartaliklar suv va quruqlik yo`Uari orqali Arkadiya, Elida, Korinf, Attika va Yunon daryosining ko`p joylari bilan savdo-sotiq olib borganlar. Ayni paytda Sparta, Misr, Kichik Osiyo, Italiya, Shimoliy Afrika mamlakatlari bilan ham savdo qilgan.Xo`jalikning rivojlanishi tabaqalanishni kuchaytirgan. Miloddan avvalgi VII–VI asrga kelib Spartada kuchli quldorlik davlati vujudga kelgan. Keyinchalik Sparta Yunon olamida hukmdorlikni qo`lga kiritish uchun Afina bilan kurash olib borgan. Download 164.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling