Abdulla Qodiriy nomidagi nomidagi Jizzax davlat pedagogika inistituti


Download 164.94 Kb.
bet11/20
Sana17.06.2023
Hajmi164.94 Kb.
#1551786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Joʻrayeva Feruza (2)

3. Afinadagi ijtimoiy-madaniy hayot. Yunonistonning barcha shaharlari, sbuningdek Afinada odamlar yig`iladigan joy bu Agora bo`lgan. Erkin afinaliklar eng og`ir ishlarni qullar zimmasiga yuklab, o`zlari ko`p vaqtlarini shaharning jamoat yig`iladigan joylarida va agorada madaniy, jismoniy, ma`rifiy va maishiy ishlar bilan o`tkazganlar. Ertalab agoraga peshtaxtalar qo`yilgach, savdo-sotiq ishlari boshlangan. Kechga bo`lib savdo-sotiq tugagach, peshtaxtalar yig`ishtirib olingan. Shundan keyin u yerda ma`rifiy va madaniy ishlar boshlangan.Agoraning bir tomonida Aflna davlatining qonunlari o`yib yozilgan tosh lavhalar turgan. Unga xalq yig`ini bo`ladigan kun, sud va sudda qanday ishlar ko`rilishi to`g`risidagi ma`lumotlar yozilgan taxtachalar osib qo`yilgan. Xalq yig`ini bo`ladigan kun Afina fuqarolari agoraga to`planganlar. Afinaliklar agorada turli yangilik va ma`lumotlardan xabardor bo`lishgan.O`smirlar, yigitlar, katta yoshdagi erkaklar gimnasiylarga to`planishgan. Gimnasiy degani yunoncha so`z bo`lib, yalang`och degan ma`noni bildiradi. Gimnasiylar esa turli mashq va tadbirlar o`tkaziladigan joydir. Gimnasiylarda odamlar mashhur olimlarning ma`ruzalarini tinglab o`zaro suhbatlar o`tkazganlar. Ayni paytda bu yerda kurash, o`yin va turli mashqlar o`tkazilgan.Gimnasiylarda eng yaxshi sozanda va xonandalar o`z kuylari va qo`shiqlarini namoyish qilganlar. Bu yerda yiliga bir necha bor teatr tomoshalari qo`yilib, unda o`n minglab tomoshabinlar qatnashganlar. Afinada yaratilgan ijtimoiy, madaniy va ma`rifiy hayot erkin fiiqarolarning aqliy va jismoniy jihatdan kamol topishi uchun katta imkoniyatlar yaratib bergan.Shu davrda Afina davlati siyosiy va iqtisodiy jihatdan ham ravnaq topgan.Afina savdogarlari Egey, Marmar, Qora, Kritva Ioniya dengizlarida savdo-sotiq isiilarini qizitib yubo`lganlar. Shu davrda Afina joylardagi yunon mustamlakalari bilan ham savdoni rivojlantirgan.
4. Yunon manzilgohlarining tashkil topishi. Miloddan avvalgi IX–VIII asrlardayoq yunonlar Qora va O`rtayer dengizi sohillarida o`zlarining dastlabki manzilgohlarini qurib, mahalliy aholi bilan savdo-sotiq va almashuv ishlarini olib borganlar. Keyinchalik bu manzilgohlar o`rnida qishloqlar bunyod bo`lgan. Bu qishloqlarda odam ko`paygan, hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqonchilik rivoj topgan. Asta-sekin bu qishloqlar Yunonistondagi kabi shahar-davlatlarga, ya`ni polislarga aylana boshlagan. Shahar-davlatlarning aholisi Yunonistondan kelayotgan turli toifaga mansub kishilar hisobiga orta borgan. Yunonistondagi tabaqaviy kurash natijasida goh demos g`alaba qilib, u yerdan aslzodalarni badarg`a qilgan. Quvg`in qilingan bir aslzoda: «Men qochib ketish uchun bir kemaga hashamatli uyimni boshma-bosh almashtirar edim», – deb yozgan. Goh aslzodalar g`olib chiqib, demos quvib yuborilgan. Qarzdorlik va ochlik ham ba`zan fuqarolarni uzoq o`lkalaiga ketishga majbur qilgan.

Download 164.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling