Abdulla Qodiriy nomidagi nomidagi Jizzax davlat pedagogika inistituti


Iskandarning Turon, Hindistonga yurishi va uni oqibatlari (qaytishi). Miloddan avvalgi 329-yili


Download 164.94 Kb.
bet19/20
Sana17.06.2023
Hajmi164.94 Kb.
#1551786
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Joʻrayeva Feruza (2)

6. Iskandarning Turon, Hindistonga yurishi va uni oqibatlari (qaytishi). Miloddan avvalgi 329-yili Iskandar (Amudaryo) – Oksni kechib o`tib, Navtaka degan shaharda Bessni qo`lga tushirib, qatl ettiradi.
Iskandar miloddan avvalgi 329, 327-yillarda Turonda qonli janglar olib boradi. So`g`diyona qahramoni Spitamen boshliq xalq qasoskorlari ikki yil mobaynida unga tinchlik bermaydilar. Ammo ayrim vatan xoinlari, xalq qasoskorining joniga qasd qilib, uni o`ldiradilar. Iskandar Baqtriya, So`g`diyona va Usurshonani bo`yinsindirgach, unga mahalliy kishilardan birini hokim etib tayinlaydi.
Miloddan avvalgi 327-yili Iskandar Hindiqush tog`laridan oshib Panjob – Hind vohasiga kirib boradi. Bu voha podsholaridan biri Por Iskandar bilan ayovsiz jang olib boradi. Bu ayovsiz janglarda Por ikki o`g`li, ne-ne pahlavonlaridan ajraladi. Por to`qqiz joyidan og`ir yarador bo`lishiga qaramay, jangovar fili ustidan tushmay jang qila beradi. Hind jangchilari mag`lubiyatga uchraydilar. Janglarda Iskandar ham juda ko`p askarlaridan va sevimli oti Butsefaldan ajraladi. Porning jasoratiga qoyil qolgan Iskandar, uni o`z yurtining hukmdori sifatida qoldiradi. Shunday qilib Hind va Panjob Iskandar tomonidan egallanadi. Iskandar Gang vohasi va butun Hindistonni bosib olmoqchi edi. Iskandarning bu umidi amalga oshmaydi. Chunki Gang vohasida kuchli Nand saltanati qo`shinlari turardi. Ikkinchidan yunon-makedon askarlari orasida qora bezgak kasalligi tarqalgan edi.
Miloddan avvalgi 325-yili Iskandar Hindistonda ozgina qo`shin qoldirib Bobilga qaytadi. Ikki yil o`tar-o`tmas miloddan avvalgi 323-yili 34 yoshida, podsholigining 14-yilida Iskandar ham kasallik, ham zaharlanish tufayli dunyodan ko`z yumadi.
U vafot etgach, Yunonistondan Hindistongacha bo`lgan joylarda tashkil topgan ulkan davlat parchalanib ketadi. Iskandar saltanati o`rnida bir qancha podsholiklar tashkil topadi. Ular Salavkalar, Pergam, Ptolomeylar va Makedoniya podsholiklari edi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkunki Xitoy madaniyati tarixi keng va manbalarga boydur.Qadimgi Xitoylikar oʻz xudolairga juda kuchli etiqodda boʻlishgan va kuchli hurmat qilishgan.Birinchi qogʻozni ham Xitoyda kashf qilinishi madaniyatinig rivojlanishiga oʻz tasirini sezilarli darajada oshirgan.Va shu orqali boshqa xalqlarga ham qogʻoz kirib borgan.





Download 164.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling