Abdulla Qodiriy nomidagi nomidagi Jizzax davlat pedagogika inistituti


Miloddan avvalgi 403-yili Frasibul


Download 164.94 Kb.
bet16/20
Sana17.06.2023
Hajmi164.94 Kb.
#1551786
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Joʻrayeva Feruza (2)

Miloddan avvalgi 403-yili Frasibul Afinada demokratiyani qayta tiklagan. Lekin Afina Peloponnes ittifoqiga a`zo bo`lib qolgan. Shunday qilib, 27 yil davom etgan Peloponnes urushida Afina mag`lubiyatga uchrab, Yunonistondagi zaif davlatlardan biri bo`lib qolgan.
Yunon-Makedon davlati
1. Makedoniya davlatining tashkil topishi. Makedoniya Bolqon yarimorolining shimolida joylashgan qadimgi mamlakatlardan biridir. Uning maydoni tog`lik va tekisliklardan iborat. Tdg` oralaridan ko`plab soy va jilg`alar oqib chiqadi. Makedoniya o`ziga xos o`simlik va hayvonot dunyosiga ega. Qishi sovuqroq, tog`larda har turli daraxt va ma`danlar ko`p.
Makedoniyada tosh asridan beri aholi yashab keladi. Ular dastlab termachilik va ovchilik bilan tirikchilik qilganlar. Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Makedoniyada xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish kelib chiqqan. Miloddan avvalgi VI asrda esa Makedoniyada ilk davlat qaror topgan. Yunon-Eron urushining dastlabki davrlarida Makedoniyaning bir qismi Eron ta`siriga o`tib qolgan edi. Eronliklar Yunonistpndan quvilgach, Makedoniya 1-Afina dengiz ittifoqi safiga kirgan. Makedoniyaliklar yunonlarning Eronga qarshi kurashida faol qatnashganlar.
Makedoniya Aleksandr I (miloddan avvalgi 498–454-yillar) va uning vorisi Arxelay (miloddan avvalgi 419–399-yillar) davrida birmuncha mustahkamlangan. Arxelay dengiz bo`yidagi yangi poytaxt – Pella shahriga asos solgan. Arxelay qo`shinlari Xalkidika yarimoroli va Fessaliyaning ba`zi joylarini istilo qilganlar. Bu joylar Makedoniyaga qo`shib olingan. Ko`p o`tmay fitnachilar Arxelayni suiqasd uyushtirib o`ldira-dilar. Arxelay o`ldirilgach, taxtni vorislari egallaydilar.
2. Filipp II davrida Ma-kedoniyaning kuchayishi. Arxelay o`ldirilgach, Makedoniyada taxt uchun kurash boshlanadi. Uzoq jang-u jadallardan so`ng, miloddan avvalgi 359-yilda Makedoniya taxtini Filipp II egallaydi. Filipp II taxtga o`tirgach, mamlakat kuch-qudratini mustahkamlash uchun qator islohotlar o`tkazadi. Filipp II harbiy islohot o`tkazib dehqonlardan piyoda va aslzodalardan otliq qo`shin tuzadi. U qo`shinda qattiq intizom o`rnatib, ularning harbiy ta`limiga katta e`tibor beradi va ularni tez-tez sinovdan o`tkazib turadi.Filipp II pul islohoti o`tkazib oltin va kumushdan tangalar zarb qildirgan. Oltin tangalar shoh nomi bilan «filippak» deb atalgan. Bu islohotlar Makedoniyani har jihatdan mustahkamlagan. Filipp II Makedoniyani kuchaytirib olgach, Peloponnes urushi oqibatida zaiflashib qolgan yunon shahar-davlatlarini bosib olishga kirishadi. Yunonistondagi ba`zi shahar-davlatlar Filipp II ga urushsiz itoat etadilar. Makedoniya podshosi ba`zi joylarni urush va janglar bilan bosib olgan bo`lsa, boshqalarini kelishuv, hiyla va katta pul hisobiga o`z davlatiga qo`shib olgan.Filipp II o`g`li va sarkardalariga: «Xurjuniga oltin joylashgan eshak bilan har qanday kuchli qal`a va shaharni qo`lga kiritish mumkin»,der edi.
Filipp II Makedoniyani mustahkamlab olgach, qo`shni mamlakatlarga istilochilik urushlarini boshlab yuboradi. Makedon qo`shinlari dastlab Frakiya sohillaridagi Yunon shaharlarini, so`ng Illiriyani va boshqa qabilalarning yerlarini bosib oladilar. Tez orada makedon qo`shinlari Dunay daryosigacha bo`lgan yerlarni ham istilo qiladilar. Shimoliy urush tugagach, Filipp II Yunonistonni bosib olishga kirishadi. Makedon qo`shinlari Fessaliyani bosib olib, Fiva va Afinaga xavf soladilar. Bunga javoban Afina boshliq Korinf, Fiva, Megara va boshqa shahar-davlatlarning ittifoqi tuziladi. Ittifoqning g`oyaviy rahbarlaridan biri ajoyib notiq Demosfen yunonlarni ozodlik urushiga chorlaydi.

Download 164.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling