Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet134/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 132

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Otabek qaytib o‘lturmadi va havlining o‘rtasidan turib uzr aytdi:


— Rahmat, usta, men bu kun oshig‘ich yurib, erta-lab jo‘nab ketgan yuklarning ketidan yetib olmasam bo‘l-maydir.

— Oshni tashlab ketsangiz xafa bo‘laman, qirqqa chidagan qirq biriga ham chiday oladir.


— O‘lturing-o‘lturing, mehmon, — dedi usta Farfi.— Oshg‘a savzi bosildi — pishdi!


— Men ustaning oshini birinchi martaba yeb yot-qanim yo‘q, agar savdogarchilik omon bo‘lsa, har o‘n besh kunda bir kelib ustaning jonig‘a ham tegaman, — dedi Otabek va boqchag‘a qarab yuriy berdi.

Usta Alim oshg‘a savzi bosish bilan ovora edi:


— Men sizni zo‘rlamayman, lekin yo‘l ustida qorningiz ochib qolsa, o‘zingizdan o‘pkalang, — dedi.

Otabek maydonda otini supirib egarlar ekan, maydonning g‘arbidagi xaroba uyning devoridan bir bosh ko‘tarilib munga qarab turar edi. Mundan uning xabari bormidi, yo‘qmi, lekin ul bu tomong‘a qaramasdan otini egarlash bilan mashg‘ul edi. Ul egarlanib bo‘ling‘an otini havlig‘a qarab yetaklay boshlag‘anda, havliga qarab turg‘an bosh ham devordan quyig‘a tushib yo‘qoldi. Ul otini havlining o‘rtasig‘a qantarib qo‘yib ayvondag‘i xurjun va po‘stunini olar ekan, usta Farfi bilan xayrlashdi. Otni Sayfi yetaklagani holda usta Alim Otabekni ko‘chaga uzatib chiqdi va uning qo‘ltug‘idan olib otka mindirar ekan, o‘pkalash ohangida dedi:


— Oshni tashlab ketkaningizni unutmang, bek.


Otabek egarga o‘lturib olg‘ach so‘radi:
— Xafa bo‘ldingizmi?
— Nega xafa bo‘layin, ammo yo‘lda ochiqib qo-lishingiz uchun sizga achinayotibman.

— Tayyor oshni tashlab ketib, yo‘lda ochliqdan qiynalishimni o‘zim ham tushunib turibman, usta, — dedi Otabek va, — biroq tuyakashlar bilan Andijonda bu kunga uchrashish uchun va’dalashkan edim, ularga yetib olib yo‘l xarajatlar uchun bir oz aqcha bermasam, ya’ni o‘z rohatimni ko‘zlab sizni oshingizni kutib qolsam, besh kishini ko‘ra-bila turib och qo‘yg‘an bo‘laman.


Usta Alim otning jilovidan qo‘lini olib so‘radi:


— Andijon o‘tkan kezlaringizda yo‘l ustidan kirib turishka va’da berasizmi?
— Bo‘lmasa-chi, — dedi Otabek, — shu o‘n besh kunning ichida sakkiz tepki atlasdan loaqal ikki ko‘ra yig‘ib qo‘yingiz, yodingizdan chiqarmangiz!

— Yodimda bor, xotirjam’ bo‘lingiz!


— Xayr, xo‘sh!
Yaxshi qol, Sayfi!
Saman yo‘rg‘a yo‘lga tushdi, chovig‘a odatdan tashqari bir-ikki qayta kelib tushkan achchig‘ qamchi zarbi bilan bir onda ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketdi. Otabekni uzoqlatib usta Alim uyga kirgan ham edi, Jannat opaning eshigi ochildi-da, Sodiq ot yetaklagan holda chiqib keldi. Ul otqa minar ekan, eshik ichida ko‘ringan Homid — «tezroq!» — degan amrni berdi. Sodiq ham Otabek izicha otini haydab yubordi...
Usta Alim Otabekni kuzatib kelib, ayvon peshonasiga o‘lturar ekan:
— Tabi’ati juda qiziq yigit-da, — deb qo‘ydi. Usta Farfi so‘radi:

— Bu yigit bilan qanday oshnalig‘ingiz bor?


— Men sizga o‘zog‘i yili bir yigitning Homidning darbozasida adashib yurganligini va men bilan birga havlig‘a kelib bir kun yotib ketkanligini so‘zlab edim shekillik?

— Ha, ha, hali o‘sha yigit shumi?








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling