Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet133/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 131

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



uning sovchilarini quruq qaytaradir. Bir necha vaqtdan so‘ng, Homidning soxta taloq xatisi bilan eridan chiqg‘an qiz Komilbekka beriladir va nima uchundir to‘ylari bir necha vaqtka kechikib qoladir-da, oradan birar yilni o‘tkazib, nihoyat, kecha ularning to‘y va nikoh kunlari ekanki, Komilbekning hammomda o‘ldirilgan xabarini eshitib turibmiz. Mana men yuqoridag‘i sabablarga binoan Komilbekni o‘ldirguchi aniq Homid, deb o‘ylayman, — dedi.


Usta Alim boshini chayqab:


— Bundan shubha yo‘q, nax Homidning o‘zi, — dedi va o‘zicha: — Eh, essiz musulmonchiliq, shunchalik ham insofsizlik bo‘ladimi, o‘zingning bir emas ikkita xotining bo‘laturib, tag‘in bir yigitning haloliga ko‘z olaytirish... Yana o‘zingning bo‘ying yetmasligini bilaturib ham, ikki orada bir gunohsizning qonini to‘kish — eh, shayton bolasi! — deb qo‘ydi.
— Bu bir it! — dedi usta Farfi, tomdagi luqmani o‘zi ham yeyolmaydir, boshqag‘a ham yedirmaydir, nax itning o‘zi!

Otabek o‘z hayotidagi foji’alarning manba’i bo‘lg‘an bir habisni nihoyat birinchi martaba tanib turar edi. Bu palid dushmanga qarshi o‘zida qo‘zg‘alg‘an bitmas-tuganmas nafrat va g‘azab hissiyotini sirining fosh bo‘lishidan qo‘rqib ichiga yutishka majbur edi. Shundoq bo‘lsa ham ichda qaynag‘an hissiyot o‘z sharpasini uning yuziga ochiq tashlab turmoqda, ko‘zi o‘t kabi yonar va yuzi yuz xil tuska kirar edi.


Anchagina oradan so‘z kesilib qolg‘andan so‘ng usta Farfi dedi:


— Siz bilan men shu choqg‘acha Homidning bunday ishlari bor ekanidan xabarsiz yurganimizga hayron qolaman.

— Hayron qolishg‘a o‘rin yo‘q, — dedi usta Alim, — siz-ku yaqinda kirib ishlay boshladingiz. Ammo men yigirma yillab shuning uyida qolib sira ham Homidning ichidagiga tushuna olmas edim va hamisha ko‘zimga dimlangan qorong‘u o‘radek qo‘rqunch ko‘rinar edi, — dedi va bir oz to‘xtab olg‘ach, bir narsa topqandek harakat yasadi.— Bu gaplarning bosh omili albatta Homid bo‘lsa ham, lekin bunda uning boshqa yordamchilari ham bor ko‘rinadir, yodingizda bormi, ko‘pincha chaxchayg‘an ko‘zlik bir yigit ishxonamizga uni so‘rab borar edi?


— Bilaman, bu kunda ham Homid bilan sermuomala, oti Sodiq bo‘lib, sizning qo‘shningiz emasmi?

— Otangga rahmat! Ana shu yigit bilan uning onasi bu ishda Homidning eng ishonchlik yordamchilari bo‘lsa kerakki, ul ikki yildan beri shu qo‘shnimnikiga hamisha qatnab qolg‘on edi. Sodiqlar o‘z ovqatlarini ham o‘tquzolmag‘an holda faqirlikda yashab yil sayin menga oz-oz yerlaridan sotib tiriklik qilar edilar. Bir yilcha bo‘ldi, birdan suv olib qoldilar va Sodiq uylanib ham qo‘ydi. Men haytovur bechora yo‘lini topib oldiyov deb yurar edim. Endi bilsam, Sodiqni uylantirguchi ham shu Homid ekan, — dedi va Otabekdan so‘radi: — Siz hali Homidning qo‘shnimnikidan chiqib ketkanligini so‘zlab edingizmi? — Otabek tasdiq ishorasini bergach, negadir bir entikib qo‘ydi. Haqiqatan usta Alimning bu keyingi so‘rog‘i uni entiktirarlik edi. O‘tkan kunlarini zahar bilan bulg‘ab kelgan bu mudhish dushmaniga qaysi yo‘sun bilan javob qaytarish yo‘llarini izlab turg‘an choqda bu savol berilib, Homid bilan boyag‘i uchrashishini unga xotirlatqan va endi ham kulib qaramag‘an baxtig‘a la’nat o‘qutqan edi. Ul o‘zining hozirgi hayotini-da ulug‘ tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini va bu tahlikaning o‘tkandagilarga qarag‘anda tamoman boshqacha bir dahshatda bo‘lishini onglar edi.


Usta Alim oshxonag‘a borib osh qilish harakatiga tushkan edi. Otabekning to‘satdan ketish harakatiga tushib qolg‘anini ko‘rib:


— Bek, shuncha o‘lturganning qatorida yana yarim soatka tahammul qilsangiz, oshni yeb yo‘lg‘a tushasiz. Mana men, savzini ham bosdim, — dedi.








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling