Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet135/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 133

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Shu. Shundan beri har bir Marg‘ilon kelganida va Andijon o‘tkanida maning oldimg‘a kirmasdan ketmaydir. O‘zi juda og‘ir va aqllik yigit, buning ustiga qiziq tabi’ati ham bor, — dedi.


— Qizig‘i qanaqa, — deb so‘radi usta Farfi.


Juda qiziq, — dedi usta va kechagi voqi’ani so‘zlab chiqdi. — Kecha ertalab shaharni bir aylanib kelayin deb chiqib ketkan va tushlik oshka yetib kelish uchun va’da ham bergan edi. Men va’da vaqtig‘a oshni damlab o‘lturibman-o‘lturibman, sira kelsa-chi! Nihoyat, sizdan sal ilgariroq kelib turg‘an edi. So‘rasam: «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab qoldim, deydir. Ko‘zi uyqusizliqdan bir qarich ichiga tushib ketibdir. Juda ham tabi’ati qiziq yigit.
Yaxshi yigit ekan, — deb qo‘ydi usta Farfi.
Oshni yeb bo‘lg‘anlarida u yoq-bu yoqdan jum’a tovshi kela boshlag‘an edi. Shuning uchun choy ichib o‘lturishka to‘g‘ri kelmay usta Farfi usta Alimdan ilgariroq namozi jum’aga qo‘zg‘aldi va eshikdan chiqishi bilan o‘z uyidan kelayotqandek ko‘ringan Homidga uchrashdi.

— Ha, usta Farfi, baxay? — dedi Homid.


— Usta Alimnikiga kelgan edim.
— Bo‘lmasa ziyofat quyuq ekan-da!
— Quyuq! — dedi kulib usta Farfi, — usta Alim o‘z uyiga do‘kon qurg‘an ekan, gilalab yurmasin deb fotihaga kelgan edim.

— Shundoqmi! — deb qo‘ydi Homid. Birgalashib keta boshladilar.


— Bo‘lmasa usta Alim o‘z uyiga do‘kon quribdir, deng-chi!
— Do‘kon quribdir.
— Arvoh piri bermasdan-a?

— Qishda arvoh piri qilib bermoqchi! — dedi usta Farfi. Yana bir necha daqiqag‘a oradan so‘z kesilib qoldi.


— Osh qilib bergandir?


— Albatta.
— Boshqa mehmon ham bor ekanmi? — deb so‘rab qo‘ydi Homid. Usta Farfi Otabekning Homid bilan uchrashg‘anini xotirlag‘an edi.

— Toshkandlik bir savdogar mehmoni ham bor ekan,— dedi. Masjidga yaqinlashib qolg‘an edilar. Homid yana nimanidir so‘ramoqchi bo‘lsa ham, usta Farfi shoshib masjidga burildi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling