Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 136
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy qolabersa men uni uylantirib qo‘ydim... Men birav bilan oshnachiliq qilsam, hatto, undan jonimni ham ayamay, ko‘nglini olmoqg‘a tirishaman. Sodiq:
Homid:
Mutal (sarxush): — Bitta ya-ya-ya -rimtadan uch-to‘rt t-t-tanga q-q-qarz-larim bor edi, Homid aka. Homid: — Oshnaliq degan uch-to‘rt tanga bilan bog‘lana olmaydir, Mutalboy! Men sizga hali aytib qo‘ydim: ma-ning oshnalig‘im oshnadan jonni ham ayamasliq bilan bo‘ladir. Uch-to‘rt tanga emas, muhtoj bo‘lsangiz o‘ttuz-qirq tanga ham so‘ray bering! Jannat opa: — Ilohi Homidboy murod-maqsadig‘a yetsin, qix. Oshna-og‘aynidan dunyo ayamaydir! Bir oz vaqt tanga tovshi eshitilib turg‘ach, Homidning ovozi keldi: — Mana, Mutal polvon, hozirga oz bo‘lsa ham shuni olib turarsiz, ammo xizmat haqingiz o‘z yo‘lig‘a bo‘-ladir. Sarxush:
Sodiq:
Homid:
Lagan-tovoqning bir-birisiga tekkan tovshi eshitilib, Otabek o‘zini ohistagina yo‘lakka oldi. O‘choq boshida bir-ikki daqiqa chamasi tovoq-qoshiq va oyoq tovshi eshitilib turg‘ach, Jannat opa havlig‘a tushib keldi va qo‘lidag‘i dasturxonni tut ostig‘a qoqib ketdi. Otabek qaytib kelib daricha ostig‘a o‘lturgan ham edi, Homidning shu so‘zini eshitib qoldi. — Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat opa! Sodiq: — Qo‘rqasiz-da, Homid aka, eshikni o‘zim zanjirlaganman. Homid: — San hali yoshsan, inim Sodiqboy, siz chiqabe-ringiz, Jannat opa! Otabek uchun vaqt ortiq tang va qo‘rqunch edi. Xaroba uyga boray desa, Jannat opaning ko‘rib qolishi aniq edi. Eshikni ochib chiqib ketay desa, o‘lturishning maqsadi hali ochilmag‘an bo‘lib, butun mashaqqati shamolg‘a ketar edi. Joni halqumig‘a tiqilib tevaragiga alang‘ladi va yo‘lakdan nariroqda usta Alimning devorig‘a suyog‘liq turg‘an zanbilga ko‘zi tushdi. Zanbilning ostig‘a yashirinish juda ham xavfli edi esa-da, ammo o‘lturishning maqsadig‘a qonmay ketish undan ham xatarlik edi. Sir fosh bo‘la qolsa, uch dushmanga barobar hujum qilishni bo‘yniga olib qo‘ydi. Uy eshigi ochila boshlag‘anda zanbilning ostig‘a kirib olg‘an edi. O‘zini nechog‘liq siqib g‘ujanak qilg‘an bo‘lsa ham, ammo bir qarash bilan zanbil ostida kishi borlig‘ini bi-lish uncha qiyin emas edi. Zanbil ostida xanjarini qisimlab, go‘yo sichqonni poylag‘an mushukdek hujumga hozirlanib yotar edi. Jannat opa yo‘lakka tomon yurib keldi-da, zanbil ostidag‘ini payqamay yo‘lakka burildi. Oydindan eshik-ning zanjirligi aniq ko‘rinib turar edi. Shuning uchun eshik |
ma'muriyatiga murojaat qiling