Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet139/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 137

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



yonig‘a borib o‘lturmay yo‘lakning yarmidan qaytdi. Qaytishi hamono yuqoridan uchib o‘tkan bir-ikki moshak qushning chev-chev-chev degan tovshini eshitib ko‘kka qaradi. Shimol-sharqig‘a to‘g‘ri otilib o‘qdek uchib borg‘an moshak qushlarg‘a qarag‘anicha yo‘lak-dan uy tomonig‘a qayrilib ketkanini o‘zi ham sezmay qoldi. Jannat opa ayvong‘a chiqqanda, Otabek ustidagi zanbil to‘rt enlik yuqorig‘a ko‘tarilib, tag‘in sekingina uni bosib tushkan edi. Jannat opa eshikni ochib, uyga kirganda, ul ohistagina zanbil ostidan chiqdi, uning yurak tepishi hali ham shiddatlik edi. Daricha yonig‘a yurib keldi-da, hamon hujumga hozirlang‘andek ichkariga quloq solib turdi. Jannat opaning «eshik zanjir» degan tovshini eshitkach, rohat tin oldi va daricha yonig‘a cho‘nqaydi.


Homid:
— Bo‘lmasa, dushanba kuni kechasiga bo‘lsin! Sodiq:


— Biz qaysi kunga desangiz ham hozirmiz! Mutal:


— Menga qolsa, shu topta borsaq deyman! Homid:


— Yaxshisi dushanba kun, undan nariga o‘tkani ham yaramag‘andek, berisi ham foydasiz bo‘ladir, chunki bir-ikki kun bunga hozirlik ham kerak.


Sodiq:
— Tag‘in qanaqa hozirligi bor?


Homid:
— Olib chiqg‘andan so‘ng, uni Marg‘ilon ichida olib turib bo‘lmaydir: to rom qilg‘uncha birarta qishloqg‘a yuborishka to‘g‘ri keladir. Olib chiqishimiz dushanba kechasining qaysi paytiga to‘g‘ri kelishini ham hozirdan aytib bo‘lmaydir. Olib chiqg‘an zamon Marg‘ilondan chiqarilib yuborilmasa, kunduz kuni chiqarish tag‘in xavflik. Kechasi ma’lum, Marg‘ilon darbozalari yopiq bo‘ladir. Shuning uchun birarta darbozabonni qo‘lga olib qo‘ymog‘imiz, albatta, kerak...
Sodiq:
— Yaxshi maslahat, qutidornikiga qanaqa qilib tushamiz?
Homid:
— Masalaning bu yog‘ini ham o‘ylashimiz kerak ekan hali! Sodiq:

— Eng yaxshisi darbozasidan kirish!


Mutal:
— Darbozasidan kirib bo‘lmasa, tomidan oshib tushamiz! Sodiq:

— Ha-ha-ha, balli, Mutal to‘ram!


Mutal:
Kulishingni bejo qilma, hez Abdikarim! San hali dunyog‘a kelib nimani ko‘rding-ku, sanga kulish tushib qoldi! Bu bosh dunyoga kelib nimalarni ko‘rmadi-a? Bunaqanggi qochiriq ishlarni endi qilib turipti, deb o‘ylaysanmi? Eyxa-x-x, Mutal akang nimalarni qilmadi? Xa-xa-xa... Musulmonsan otangning arvoyi, Homid aka! Bir kuni Jonkeldiboy hasratini qilib Hotam to‘raning o‘g‘lini yaxshi ko‘rganligini, diydoriga to‘yolmay besar bo‘lg‘anini arz qilib qoldi-ku, yonimda Qalandar polvon bor edi, Jonkeldiga, bo‘lmasa o‘n oqta ber bizga, biz Qalandar bilan birga do‘ndiqchangni muhayyo qilib beraylik, dedim. Jonkeldi o‘lib turg‘an ekan, quloq qoqmay xo‘b, dedi. Biz qalandar bilan tunni yarim qildiq-da, Hotam to‘raning havlisiga keldik. Ishning ebini jo‘blab qarasaq juda kashal, devor — tosh hamin! Oshib tushishning sira o‘nqovi yo‘q. Bu ishkalni ko‘rgan Qalandarning tarbuzi qo‘ltug‘idan tushib «besh oqtani qaytarish uvol-ku?!» dedi.






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling