Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet140/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 138

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



O‘zimning sal shunaqanggi kayfim balandroq edi, xanjarchamni qinidan sug‘urib oldim-da, to‘g‘ri Hotam to‘raning darbozasig‘a borib chaqira boshladim. Bu ishimdan jon-poni chiqib ketkan Qalandar yonimg‘a kelib turta boshladi: «Hoy, Mutal, sanga nima bo‘ldi?» Men Hotam to‘rani chaqira berib «tovshingni chiqarma, xoting‘a o‘xshag‘an yigit», dedim. Qalandar yonimda turolmadi, meni yolg‘uz qoldirib ura qochdi. Bir vaqtda haligi Hotam to‘ra darboza orqasig‘a kelib «kim» dedi. Men tovshimga shoshilishqan tus berib «Men, men, oching tezroq!» dedim. Bechora go‘l to‘ra darbozani ochib yuborishi bormi, lip etib o‘zimni ichkariga oldim va Hotam to‘rani qo‘lidan ushlab havlig‘a boshladim. Bechora endi meni tanig‘an, avzog‘imning buzuqlig‘ini ham payqag‘an edi. Ke-kirdagiga xanjarimni tirab: «Joningdan umiding bormi, yo‘qmi, noinsof!» dedim. Juda tili shishib qolg‘an edi xumsaning — «bovv-bovv» deb g‘o‘ldirab javob berardi... «Bir bechora o‘g‘lingni deb ko‘kragini zaxka berib yotsin-da, san tinchkina o‘g‘lingni olib yot!.. Qani o‘g‘ling, yotqan joyini ko‘rsat!» dedim. Hotam to‘ra dir-dir qaltirar edi, shu ko‘yi uni ayvong‘a o‘zim yetaklab bordim-da, o‘g‘lini ko‘rsatdi. Bolani uyqu aralash turg‘uzib kiyintira boshlag‘an edim, bir tomondan ona-si dodlab qoldi-ku, xanjarimni olib unga yugirdim. «Tovshingni o‘chir, mochaxar... o‘g‘lingni o‘limg‘a olib borayotqanim yo‘q, nihoyati bir piyola choy ichadi-ku keladi!» dedim. Qisqasi, ilgari dahshat berib, keyinidan yaxshi gaplar bilan ularni ishontirib, bolani olib chiqdim va Jonkeldiga topshirib ketdim...


Baxtimga o‘sha kuni bitta ham mirshab yo‘liqmadi. Ey-y, Sodiqcha, san hali nimani ko‘rding-ku, nimangga ishonding, buzoq bo‘g‘uzlag‘andek qilib bir-ikkitani so‘ygan bilan odam bo‘lding-qo‘ydingmi? Gap bilan bo‘lib zang‘ar kayf ham tarqab ketdi, qani, quy-chi bir-ikkini!


Homid:
— Sizga qoyilman, Mutal polvon, sizning shuna-qangi ishlaringizni bilib yurganim uchun bu yerga chaqirtirib keldim-da!


Mutal:
— Shuni bilgan bo‘lsangiz bas, bu ishni menga topshirib qo‘yabering!
Homid:
— Sodiq aytkandek darbozadan kirishni xohlamayman, chunki mirshablarning oyog‘ usti.

Mutal:
— Bo‘lmasa havlining orqasidan tushamiz!


Homid:
— Orqasi havlidir? Jannat opa:
— Qix, haligi oti qursin... Malikboyning maydoni-da! Homid:

— Juda yaxshi ekan. Bo‘lmasa tomig‘a shoti yetarmikin? Jannat opa:


— Qix, juda balan.


Mutal:
— Balan bo‘lsa, zarari yo‘q, osoni uyning tegidan teshamiz, qo‘yamiz! Homid:

— Qiyin bo‘lmasmikin?


Mutal:
— Hammadan ham osoni teshish, mo‘ljalini yaxshi olsaq bas. Homid:

— Bir-ikki soatda uni teshib bo‘larmidi?


Mutal:






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling