Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 209
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy o‘zingni har tarafka tashlay boshlading... Lekin endi bir ming toblansang ham natija o‘zingning fe’lingcha— bitta: sening uchun har kun bir o‘lim yoki o‘sha uydan boshingni olib chiqish. Xushro‘yning rahmsiz muhokamasidan oqg‘an bu haqiqatlar Zaynabni yig‘latdi. — Men shunday bo‘lar, deb o‘ylamag‘an edim... — Sen o‘ylashni bilarmiding? — deb kuldi Xushro‘y. — Birav o‘lay desa, siz kulasiz! — Men yig‘lashni bilmayman! Kishilar yig‘lag‘anda, manim kulgim qistaydir. — Manim o‘rnimda bo‘lsangiz, siz ham yig‘idan bosh ko‘tarmas edingiz... — Sening yeringda bo‘lsam bilasanmi nima qilar edim, Zaynab, — dedi Xushro‘y, — dunyosini ost-ust qilar edim, bir tomchi yoshimni yuz tomchi zahar bilan qo‘shib tashlar edim. Zaynab keyingi gap bilan egachisining yuziga ko‘ta-rilib qaradi va Xushro‘yning yuzida zolimona bir istehzo ko‘rdi. — Yaxshi, — dedi Zaynab bir xil siniq tovushda, — hamma do‘stlaringiz sizga dushman bo‘lsin, uch yildan beri sizning so‘zingizni aytib yoningizda kelgan qayin onangiz ham dushmaningiz yonig‘a o‘tsin: hatto sizni tuqg‘an ota-onangiz ham «sabr qil, bolam!» deb quruq so‘z aytib o‘ltursinlar... Bas, shu holatda siz yig‘lamay nima qilar edingiz? Xushro‘y pinagini buzmay yana kuldi: — Dushman o‘zi nima degan so‘z? — dedi, — men senga boya ham aytdim: kishining dunyoda do‘sti yo‘q, magar nafsiga o‘zi do‘st; kishining dunyoda dushmani yo‘q, magar nafsiga o‘zi dushman! Masalan sen o‘zing: otangg‘a, onangg‘a do‘stim, deb ishonding, ammo ulardan nima yaxshiliq ko‘rding? Bu kun ularning «sabr qil, bolam!» deb bergan kengashlari sening yarangga malham bo‘larmi? Albatta, bo‘lmas. Boshdayoq ering senga qaramay qo‘ydi. Ammo sen qayin onangning va’dasiga va tag‘in allanarsalariga ishonding... O‘zing o‘yla, bolani ona tug‘adir, lekin unga muhabbatni ham ona tug‘ib beradimi? Albatta bu mumkin emas. Sen bechora shunga ham ishonding. Endi gap nima? Otang senga sabr yediradir, qayin onang bo‘lsa kundashing duosida... sen bo‘lsang yig‘i quchog‘ida... — Sizdan o‘zimni chaqdirg‘ali kelgan emasman! — dedi yig‘lag‘an ko‘yi Zaynab, — o‘z uyimda ham tegmay chaqadirg‘an gazandalarim bor... Siz ham manim kuygan jonimga o‘t yoqmang-da, agar qo‘lingizdan kelsa, bu o‘rtang‘an singlingizni tinchiting. — Sen hech tinchiy olmaysan... — Har narsaga aqlingiz yetadi... Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina bosh og‘ritsangiz-chi... Ustimga shu balo kelgandan beri eshigingizga necha qayta kelib quruq qaytdim, endigina siz ham... Xushro‘y bir oz Zaynabning yuziga qarab turg‘andan keyin: — Manim kengashimga yurasanmi? — deb so‘radi. — Jo‘yalik bo‘lsa nega yurmay. — Yursang, — dedi Xushro‘y, — chiq eringdan. Zaynab o‘krab yubordi: — O‘zim ham shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim... Xushro‘y: — Negaki sening dardingning davosi, menga qolsa faqat shu. — Qanday qilib chiqay, axir... — Erdan chiqg‘anlar qanday qilsa, sen ham shunday qilasan! Zaynab javob bermadi. Cho‘ri xotin o‘rtag‘a dastur-xon yozib choy keltirdi, Xushro‘y xizmatchini o‘choqboshi yumishlariga buyurib choyni o‘zi quydi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling