Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. OY-KUNI YAQIN EDI
www.ziyouz.com kutubxonasi 210
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Dasturxonga qara, Zaynab! — Ishtihom bo‘g‘ildi... — Manim aytkanimni qilsang ishtihong ham ochiladir. — Erim... erimni ko‘zim qanday qiysin. — Javob so‘rasang, — dedi kulib Xushro‘y, — seni taloq qilish uchun eringning ko‘zi qiyadimi? — Bilmayman... — Albatta yaxshi bilasan, qiyadi! Ammo sen ahmoq-san, ko‘rpangga qarab oyoq uzatishni, qars ikki qo‘ldan chiqishini bilmaysan! — Etagingni qoqib ketaber, deysizmi? — Chunki shundan boshqa chorang yo‘q! — Sen hasratda o‘l, kundashing yayrab-yashnasin, shumi maqsadingiz? — Hozir hasratda emasmisan, kundashing yayramaydimi? — Tuzik, — dedi Zaynab, — lekin har qadamda uning huzurini buzaman, bir cho‘qitib o‘n qarataman. Xushro‘y kuldi: — Bundan nima chiqadi? — Ishqilib kelgindini tinchitmayman. — Sen tinchitmasang, — dedi Xushro‘y, — boshqalar seni tinchitar... — U nima deganingiz? — Ya’ni rohatini buzaversang, ering seni qo‘yar?.. Zaynab bu haqiqat oldida o‘ylanib qoldi. Xushro‘y o‘zining vahshiy ko‘zlari bilan singlisiga qarab kulimsi-rar edi. Bu kulimsirash orasi «qo‘lingdan nima keladi?» degandek bo‘lar edi. Zaynabning tusi shu choqg‘acha ko‘rilmagan ravishda o‘zgarib ketdi. Negadir tinmay oqib turg‘an ko‘z yoshisi ham quridi va tovshida ham hanuz eshitilmagan keskin bir ohang bor edi: — Esimni kiritdingiz, opa, — dedi, — rahmat sizga. — Rahmatingni menga aytma, — dedi Xushro‘y, — ishonsang yuragingga aytarsan... 16. OY-KUNI YAQIN EDI Kumushning oy-kuni yaqin edi. Nabiralik bo‘la-dirg‘an O‘zbek oyimning ishi boshidan oshqan, Kumushning oyi tug‘masdanoq ul beshik yasatish bilan mashg‘ul edi. Doyacha kim, aqiqaga nechta qo‘y kerak, nechanchi kunda to‘y o‘tkaziladir, nechta erkak, nechta xotin aytiladir va kimlar? Mana shuningdek masalalar bilan O‘zbek oyimning miyasi juda shishkan edi. Kumushda ko‘rilgan ba’zi nishonalarga binoan nabirasining o‘g‘ul bo‘lishida shubha qilmas — «o‘g‘ul tug‘asan, Kumush, men ham Otabekni senga o‘xshash yengil ko‘targan edim», der edi. Kumushni xizmatdan bo‘shatilib ba’zi o‘choq-boshi yumishlarini Zaynab idorasiga topshirilg‘anig‘a endi bir oylab bor. O‘zbek oyim nabira masalasida qancha xursand bo‘lsa, Otabek shunchalik xafa, chunki Kumushni ko‘rgan sayin usta Alim foji’asini xotirlar edi. Yusufbek hoji ma’lum aldanishdan so‘ng yurt ishidan qo‘l yuvg‘an, ko‘b vaqtini mehmonxonada «Qur’on» va «Daloyil» o‘qub kechirar, kundash orasi buzilib, o‘rtadan so‘z chiqg‘anini goho eshitsa, ikkala kelinni o‘z oldig‘a chaqirtirib, ularni qator o‘tqazar edi. Avvalo Kumushdan o‘pka qilib: «Oyim, har nima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan-kichikka shafqat lozim, mundog‘ yaxshi emas!» va Zaynabka qarab: «Bolam Zaynab otin! Sizdan hali yoshlik g‘ururi ketmagan, lekin manim bolam bo‘lg‘an-lig‘ingizni siz ham unutmang!» der va shuning singari yumshoq gaplardan keyin ikkisini duo qilib bir-birisiga salom berdirar — «ana, shundog‘ bo‘lsin, opoq qizlarim!» deb ketishka ruxsat berar edi. Ular ketkandan |
ma'muriyatiga murojaat qiling