Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 25
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy Hasanali otamiz ham bor edi», deb yodlasalar, yaxshiliq bilan eslasalar yetar menga shu». Tunlar uzoq, tongni otdirib, Otabekni quvondi-rishg‘acha sabr chidamas, ko‘z yumishg‘a haligidek xayol-lar mone’ bo‘lar edilar. Shu yo‘sun yarim uyqu holatda tongni otdirib so‘yintirish soatlari ham yetdi. Choydan keyin hujrasiga chiqib ketkan Hasanali qo‘ltug‘ida bir narsa bilan kirib bek qarshisig‘a o‘lturdi. Otabekdagi sukut, xayol, fikr kabi holatlarni yulib, yulqib olib, ular o‘rniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. Hasanali: — Endi muborak bo‘lsin sizga, — dedi. Otabek tushunolmay Hasanaliga qaradi. Hasanali iljaygan ko‘yi qo‘ltug‘idag‘i zarrin choponni olib sandal ustiga qo‘ydi. — Bu qanday chopon? — deb so‘radi bek. — Muborak bo‘lsin, dedim-ku. — Nima muborak bo‘lsin? — Sizga iffatlik va sevimlik rafiqa bilan qutidordek qayin ota, Hasanaliga kelin. Otabek qiziq holatda qoldi: bir turlik titrab ketdi, ko‘zlari qinidan chiqar darajaga yetdi. G‘ayri-ixtiyoriy qo‘zg‘alib o‘lturgandan keyin so‘radi: — Bu nima degan so‘zingiz? — Nima deganimni so‘ramangiz va deganimga ishonaberingiz, — dedi kulib Hasanali, — men sizni qutidorning qiziga uylandirishka qaror qilib, qarorimni ham bu kun kechasi Ziyo shohichi bilan amalga oshirdim... ya’ni qutidorning qizig‘a sizning uchun unashib keldik. Otabek gangib shoshib so‘radi: — Qaysi qizig‘a unashib keldingiz? — Qutidorning yolg‘iz qizig‘a, — dedi Hasanali, — bundan xotirjam’ bo‘lingiz, bek. Ziyo shohichi ertalabki choyni ichib borarman degan edi, biz uning bilan hali to‘y kengashlarini qilamiz. Otabek tusida xursand va xafaligi majhul bir holat bor edi. Unashish masalasiga qarshi tushmaganidek, so‘yinchini ham oshkor qilmadi... * * * Kumushbibi uyqudan turib, favqulodda bir holga uchraydir: — Bir kechada hammaning tushiga «to‘y» kirib chiqg‘an. To‘y uchun yangi ko‘rpalar qoplamoqchi bo‘ladilar, par to‘shaklar olmoqchi bo‘ladilar, kuyav uchun qanday kiyim yarashmog‘i ham bahs qilinadir. Oftob oyim eriga oltin kamar olmoqqa buyuradir... Tavba, demak chora yo‘q: Oftob oyimlarning kuyavlari kim, qaysi qizlarini erga beradirlar, ularning Kumushdan ham boshqa qizlari bormi? — Ularning qizlari yolg‘iz, demak Kumush erga beriladir... Tushunarlik gap emas: — Erga kim tegadir? — Kumush. — Kumushbibi kuyavni yoqtiradirmi, yo‘qmi? Bu to‘g‘rida uning fikrini bilish kerak emasmi? — So‘zlash ham kerak emas, bildirish ham. — Nega? — Chunki odat shul! Kumush ota-ona yoqtirg‘an kishiga rozi bo‘lish uchun majbur! Kumushbibi kuyavning kim bo‘lg‘anlig‘ini To‘ybe-kaning shu so‘zlaridan so‘ng payqab oldi:
|
ma'muriyatiga murojaat qiling