Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 26
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Mana, bekachim, — dedi kulib To‘ybeka. — To‘ybeka opangni sen hech narsaga sanamaysan. Biroq uning nafsilamrda karomati bor. Opang bir narsani tiliga va yo ko‘ngliga oldimi, darrav farishtalar «omin!» deydirlar. Anovi kungi yosh mehmonni senga maxtasam achchig‘landing, ammo kelib-kelib bu kun seni o‘shanga berdilar... Endi mundan keyin To‘ybeka opangg‘a ixlos qo‘y, bekachim! Bu xabarni eshitkuchi Kumushbibining qora ko‘zlari jiq yoshg‘a to‘lib, kipraklari yosh bilan belandilar. — Yig‘lama bekachim, — dedi To‘ybeka, — biz bi-lamiz sizning ko‘z yoshlaringizning nimaga ekanin: erlar so‘yinganda kulsalar, sizga o‘xshash qizlar yig‘laydirlar; sizning yig‘lag‘aningiz — quvong‘aningiz... Meni erga berganlarida senga o‘xshash men ham yig‘lag‘an edim, ammo ichimdan nikoh kunining tezroq kelishini kuta-kuta o‘lgan edim. — Toqatim tugadi, opa, — dedi Kumush, — ortiq so‘zlamangiz. — So‘zlamayman, — dedi To‘ybeka, — lekin sirasini so‘zlayman... Oh, ko‘rsang edi bir kuyavni. Qanday chiroylik, qanday aqllik ekanini bilar eding, bekachim. Yulduzingiz nax bir-biringizga to‘g‘ri tushkan ekan, ik-kingizning ham bir-biravingizdan kamligingiz yo‘q. Kumushbibi ortiq chidalmadi, qo‘rqunch bir tovush bilan hayqirdi: — Oh, o‘laman, ko‘b so‘zlama! Kumushning bu tovshiga Oftob oyim bilan Oysha kampir uydan yugurishib chiqdilar: — Nima bo‘ldi, nima bo‘ldi? Kumushbibi onasi bilan bibisining uydan chiqishlari ila boshini sandalning ko‘rpasiga burkab, yotib oldi. To‘ybeka juda qo‘rqqan edi: — Qallig‘i to‘g‘risida so‘z ochqan edim, men bilan urishdi. Oftob oyim To‘ybekani qarg‘ab berdi: — Sen aqlsiz o‘lgur, Kumushni uyaltirg‘ansan! Tinch yursang seni birav bir nima qiladimi? Bor, ishingga bor! Onalar Kumushning bu hayqirig‘ini uyalg‘anga yo‘ydilar-da, yana uyga kirib bisot kavlashka, to‘y hozirligini ko‘rishka mashg‘ul bo‘ldilar. Kumushbibi bir necha fursatkacha shu ko‘yi burkanib yotdi. So‘ngra o‘rnidan turib tashqari havliga qarab ketdi. Ko‘b yig‘lag‘anliqdan ko‘zlari qizarg‘an, qovoq-lari shishkan, yuzlar bo‘rtkan edi. Ammo bu o‘zgarishlar uning husnini, latofatini bir zarra ham kamitmay balki, o‘n qayta oshirg‘an edilar. Tashqarig‘a chiqg‘andan keyin ayvonning tumshug‘iga kelib o‘lturdi va o‘ng qo‘lining kaftiga yuzini olib fikrga toldi. Shu holda uzoq qoldi. Shundan keyin ul qo‘lini yuzidan bo‘shatdi-da, entikib dam oldi va kimnidir izlagandek, kimnidir kutgandek tevaragiga qarab qo‘ydi... — Ariq bo‘yi, sirlik ariq bo‘yi. Yoshliq ko‘zlar ariq bo‘yig‘a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‘yi tomong‘a harakatlandilar. Ul ariq bo‘yig‘a yetkach, ma’lum o‘ringa sakrab o‘tdi-da, cho‘nqaydi. Bir hovuch suv olib yuzidan to‘kib tushirdi va ohistagina yo‘lak tomong‘a qarab olg‘andan keyin suvning oqishig‘a ko‘zini tikdi. Kumushning dardini hech kim bilmas, uning xayoliga hech kim tushunmas, magar shu ariq bo‘yi tushungandek, bilgandek... Sirlik ariq bo‘yi unga nimalarnidir so‘zlar, undan nimalarnidir tinglar, bunga chetdan hech kim voqif bo‘la olmaydir-da, bo‘lmog‘i ham mumkin emas. Ko‘zlaridan oqqan marvarid tomchilarini shu sirlik ariq suvi bilan yuvdi, bir martabagina yuvdi emas — qaytalab-qaytalab yuvdi. Boyag‘i achchig‘idan bir muncha tinchlanib, ko‘z qizilliqlari ketkan holda bitta-bitta bosib ichkariga qaytdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 27 O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy |
ma'muriyatiga murojaat qiling