Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 51
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Marhamatingizga qulluq, — dedi Homid, — ammo shundog‘ bo‘lsa ham qarindoshlarim to‘g‘risida xavfdaman... Buning boshqacharog‘ bir ebini topib bo‘lmasmikin? Boyag‘i mukofotlar qo‘rboshini chinlab bosh og‘ri-tishg‘a majbur etar edi. Bu to‘g‘rida ul ancha o‘ylab oldi: — Kecha qushbegi oldida Otabeklarni qay ravishda ayblab so‘zlag‘an edingiz, tag‘in bir eshitib ishning rejasini olay-chi? — Qushbegiga so‘zlag‘anim shunday edi — «Otabek aytdi: endi bizning Toshkand xalqi qipchoqlarning jabru zulmi va tadbirsiz idorasi ostida yotib juda to‘ydi. Boshlab Toshkanddan qipchoq balosini yo‘qotish uchun Azizbek va otam boshliq isyonga tayyorlandilar. Shu maqsadda Marg‘ilon og‘aynilarini ham qipchoqlarg‘a qarshi oyoqlandirmoq uchun meni bu yerga yubordilar. Biz tokay qipchoqlar qo‘l ostida ezilamiz va bir hovuch dalatoblarg‘a bosh egamiz, dedi. Otabekning bu so‘ziga qutidor va Akram hojilar qo‘shilishib, unga bu yo‘lda yordamlashmakchi bo‘ldilar. Ammo men bo‘lsam bu gapka qarshi tushib: sizlarning bu fikrlaringiz yanglishdir, biz uch yil bo‘yi janobi O‘tabboy qushbegining qo‘l ostlarida yashab hech bir zulm ko‘rmadik. Shu holda hukumat ustiga iqdomimiz kufroni ne’mat bo‘lur, dedim. Otabek menga qattig‘ so‘zlar aytdi. Pochcham ila jiyanim bo‘lsa manim fikrimda edilar, ammo uyimizga kelgan mehmon, deb ularga ochiq qarshilik qilmadilar. Bu majlisdan keyin men bir necha vaqt Otabek va yo‘ldoshlarining qonlari to‘kilmasin, deb bu gapni ichimga solib yurdim. Biroq Toshkandda Azizbek va Yusufbek hojilar isyoni boshlang‘andan so‘ng, o‘zimning bu ishimni hukumatimiz uchun xiyonat bilib, qo‘rboshi janoblariga xabar berdim. O‘zimning sodiqona bu xizmatim evaziga janoblaridan ojizona o‘tinchim shulki, bu sirni sizlarga bildirguvchi men bo‘lg‘anlig‘imni o‘zlaridan boshqa kimarsa bilmasin, hatto muttahamlar ham sezmasinlar» — mana, faqirning Otabeklarni ayblashim va qarindoshlarni oqlashim xulosasi shundan iboratdir. — Barakalla, — dedi qo‘rboshi, — sizning bu gapla-ringiz juda ham o‘rinlik tushkan, men ishonamankim, Ziyo aka bilan Rahmat qutulurlar. — Buni nimaga suyanib aytasiz? — Suyanchig‘ingiz ma’lum, — dedi qo‘rboshi, — qushbegiga Otabek ila qutidorni osmoq fikrini bergan bu so‘z, pochchangiz bilan jiyaningizni nuchuk qutqarmasin. — Pochcham bilan jiyanim ilgarigi so‘roqda qanday javob bergan edilar, buni xotirlay olasizmi? — Ularning javoblari kechagi sizning oqlashingizg‘a sira ham qarshi kelmaydir. Chunki ular majlisda bunday so‘z bo‘lmadi, deb tondilar. Bu ersa o‘z uylariga kelgan mehmonlarni rioya qilishlari bo‘lib chiqadir-da, yana ish sizning oqlashingizg‘a yopishib keladir. Homid tag‘in bir mulohazaga tushkan edi. Uning bu holini kuzatib turg‘an qo‘rboshi: — Endi ortiq o‘ylamangiz, mulla Homid, — dedi, — orada siz qo‘rqarliq hech bir ish yo‘q. Homid nimadir aytmakchi bo‘lar edida, o‘ng‘aysiz-lanib to‘xtar edi. Bir kuni qayta og‘zini jo‘plab qarasa ham yana so‘zlay olmadi. Qo‘rboshi uning bu holidan xabar topdi: — Gapuring, gapuring, munda yot kishi yo‘q. Qo‘rboshining bu so‘zi daldasida Homid jasorat-landi: — Bu kun hukm majlisida pochcham ila jiyanim so‘zlaridan yanglishib ketsalar nima bo‘ladir? — Nega yanglishsinlar, ular bilganlaridan ortiqni albatta so‘zlamaslar. O‘lim degan narsa ko‘z o‘ngiga kelib to‘xtag‘andan keyin Otabekdek mehmonlar rioyasi ko‘ngildan |
ma'muriyatiga murojaat qiling