Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 93
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy Bu gapni aytkandan so‘ng xatni buklay berdi. Ha-sanali fotiha o‘qub Otabek yonig‘a keldi. — Kinoyalar yozishi kechikkaningiz uchundir, — dedi. Otabek tasdiq ishorasini bergandek bosh silkib qo‘ydi. — Ayniqsa shu gal kechikishingiz bechora kelinga og‘ir tushib kinoyalar yozishg‘a majbur bo‘lg‘an, — dedi Hasanali: — Anig‘i ham bechoraga juda og‘ir, «kundash— xotin zotining o‘lumi» deganlar. Endi, nima bo‘lg‘anda ham orangizda oz qoldi, charlarni o‘tkaza jo‘naysiz-da. Otabek javob bermadi, chunki Hasanalining keyingi so‘zidan rizo bo‘lmag‘an edi. Hasanali uni tinchitish uchun: — Agar ko‘nglingiz tinchimasa, — dedi kulib, — siz ham kinoyalik bir xat yozib beringiz. Xat keltirguchi ertaga xabar olib o‘tishini bildirgan edi. Otabek bu so‘zdan bir oz jonlang‘andek bo‘ldi. Chunki uning ko‘ngliga bu kinoyalik maktubni jo‘rttaga yozilg‘an bo‘lg‘anlig‘i kelib tushgan edi. — Bu gap to‘g‘rimi? — deb so‘radi. — To‘g‘ri. Ertaga erta bilan kelib, xat bo‘lsa olib ketmakchi edi. — Yaxshi, — deb kulimsiradi Otabek, — ertalab kelsa xat beraman. Hasanali mehmonxonadan chiqg‘ach, o‘zini to‘xta-tib olg‘ani holda ikkinchi qayta xatni ko‘zdan kechirdi: «Vafosizga. Men o‘zimning bu maktubimni ko‘z yoshlarim bilan yozaman. Negaki hozirda manim yolg‘iz ko‘z yoshlarimgina emas, butun borlig‘im siyohdir. Men endi og‘izlardag‘i «vafo» so‘ziga ishonmayman. Chunki men o‘zimning vafosiga ishong‘anim bir yigitdan ulug‘ vafosizlik ko‘rdim. Uyatimdan ko‘zlarimni ocholmayman. Negaki yeru ko‘klar, tog‘u toshlar va dunyodagi barcha narsalar manim aldang‘anim uchun kulib masxara qilg‘andek qaraydirlar... Bu kunimdan, bu hasratimdan qutilish uchun o‘zimga ajal chaqiraman. Lekin ajal ham men sho‘rlikdan nafratlangandek, go‘yo ul ham menga vafosizlik qiladir. Begim, garchi achchig‘lansangiz ham aytishka majburman: sizda vijdon, insof, rahm, va’da, vafo, yaxshiliqni bilish, boring-chi, odamgarchilikdan hech gap yo‘q emish. Bil’aks siz: hiylakor bir tulki, og‘zi qon bir bo‘ri, rahmsiz bir jallod, uyatsiz bir yigit! Sizni hiylakor dedim: esingizda bormi, sodda otamni, go‘l onamni qandog‘lar qilib aldadingiz? Yodingizda bormi, sham’ yonida meni aldab aytkan so‘zlaringiz, bergan va’dalaringiz, «manim orzum» deb qilg‘an xitob-laringiz, to‘kkan ko‘z yoshlaringiz?.. Bas, bu hiylalar, bu makrlar sizdan boshqa kimda topilsin? Sizni og‘zi qon bir bo‘ri dedim: chunki sizda rahm yo‘q. Siz o‘zingizning zaharlik tishlaringiz bilan mazlumlar ko‘ksini, bayovlar bag‘rini chok etasiz; yangi ochilg‘an gullarni, endi bosh tortqan lolalarni vaqtsiz so‘ldirasiz, ochilib bitmay o‘ldirasiz! Sizni uyatsiz dedim: ilgarigi vahshatingiz bilan o‘zingizning haqqingiz bitkanligini bilaturib ham yana uyalmay-qizarmay vijdonsizlar amrini berasiz va uyatsizlig‘ingizni yana bir qat ortdirasiz! Men sizning ba’zi bir da’volaringizga hayron qolaman: otam Toshkandda ekan chog‘da bu gapni aytishka uyalg‘an emishsiz... Go‘yo buning ila nomuslik bo‘lib ko‘rinmakchisiz shekillik?! Onam ba’zi vaqtlarda: Yangi yor topqanda do‘stlar, eskidan kechmoq kerak, Eskini o‘lgan sanab, latta kafan bichmoq kerak baytini o‘qub qo‘yar, men bo‘lsam ul vaqtlarda buning ma’nosiga tushunmas edim. Ammo... endi bu baytni kimga aytilganiga va uning ma’nolariga xo‘b tushunmakdaman. Tashlandiqliqning so‘ng o‘tinchi qilib sizdan shuni so‘rayman: uchunchi yor topqanda |
ma'muriyatiga murojaat qiling