Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet103/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 101

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Toshkanddan chiqg‘aningizga necha kun bo‘ldi?


— Olti kun.
Sodiqning javobi uning ustidagi yukni tag‘in ham og‘irlashtirg‘andek sezilib ul boshini quyiga engashtirdi va chuvoq soqolini tuzatib fikrda qoldi. Homiddagi keyingi o‘zgarishdan xabarsiz taxmondag‘i uvadalarni tuzatish bilan ovora bo‘lib yurgan puchuq xotin Homidning yonig‘a o‘lturib, xunuk bir iljayish orasida so‘radi:

— Qalay, Homidboy, ishlar o‘ngdanmi? Poshshanisaga endi sovchiliqqa boraveramizmi?


Homid umidsizcha boshini chayqadi va salmoqqina qilib javob berdi:


— Ishimiz hali u darajaga yetkan emas, biz hozir faqat sovchining yo‘lidag‘i birinchi g‘ovnig‘ina buzdiq.


Homid puchuq xotin orqaliq Kumushning xatini oldirish bilan o‘zining birinchi martaba yuborg‘an xiyo-natnomasini favqulodda bir muvaffaqiyat bilan natijalanganligini sezib, Otabek ko‘kragiga ham qo‘l solib ko‘rmak va uning Kumushbibiga bo‘lg‘an munosabatini bilib, ham shunga qarab ish yuritmak uchun Kumushning maktubini Sodiq orqaliq Toshkandga yuborg‘an, Sodiq esa o‘qug‘uchig‘a ma’lum maktubni Otabekka topshirib, Otabekning Kumushka yozg‘an maktubini ham olib kelgan ediki, yuqorida bu xat Homid tomonidan o‘qulib o‘tdi.


Otabekning bu maktubi ortig‘i bilan o‘zining Kumushka bo‘lg‘an munosabatining hamon eski holida boqiylig‘ini e’lon qilar va o‘zining osonliq bilan raqibka berilmasligini so‘zlar edi. Bu yo‘lda birinchi qadamini muvaffaqiyat bilan bosqan Homid keyingilarini birin-chidek ketishi uchun qayg‘ulanar edi. Bu kun-erta Otabek kelar-da, Kumush bilan topishar. Xiyonat-nomaning o‘ziniki bo‘lmag‘anlig‘ini isbot etib, Homidning o‘ylag‘an ishini yana keyinga siltar yoki butunlayga Homidning umidini uzar — mana bu ochiq, ko‘rinib turgan ehtimol emas, haqiqat oldida ul hayron va bunga qarshi tadbir o‘ylash bilan garang edi. Ul bu to‘g‘rida uzoq o‘ylab turmadi, bir narsaga qaror qo‘yg‘an kabi fikrdan ko‘zini ochdi va puchuq xoting‘a dedi:


— Jannat opa, bir chilim beringiz-chi, — Jannat opa chilim solish uchun qo‘zg‘alg‘ach, Sodiqqa dedi: — Inim Sodiqboy, ishimiz juda xom hali.

Sodiqning qizil ukki ko‘zlari o‘ynab javob berdi:


— G‘am yemang, aka, xom bo‘lsa o‘bdan pishitarmiz, o‘lmasak.
Sodiqning bu javobi Homidning ishonchini moyla-g‘andek bo‘ldi, to‘ppisini boshidan olib namatka tashlag‘ach, minnatdorlik ohangi bilan:

— San bilan Jannat opam tirik bo‘lsalaringiz pishitarmiz, albatta! — dedi va Jannat opa qo‘lidag‘i chilimni olib takir-tukir qilib pishitdi va shi-g‘-g‘-g‘ etdirib sar-xonani sindirib yuborar darajada ichiga tortg‘ach, og‘zidan chiqg‘an pag‘a-pag‘a tutunlar orasida chilimni Sodiqqa uzatib, Jannat opag‘a dedi: — Opa, siz tag‘in bir martaba qutidorning uyiga xat olib boraturg‘an bo‘ldingiz...


— Qix, jonim bilan aylanay. Sodiq olib kelgan xatnimi?


Homid kuldi.


— Yo‘q, opa, agar bu xatni olib borsangiz, shunchalik qilg‘an ishlarimiz birpul degan gap bo‘ladir. Ilgarigi gal yozdirib berganimdek o‘z rejamizga muvofiqlab Otabek tilidan yana birini o‘martirib beraman.

— Xi-xi-xi, aylanay, qix... Man bu ishlarni qayoqdan bilay, Homidjon.


— Albatta bilmaysiz. Lekin mundan so‘ng yaxshi bilmog‘ingiz kerak, ozg‘ina yanglishib ketsangiz ham hamma qilg‘anlarimiz shamolg‘a uchadir, undan so‘ng...— to‘satdan bu o‘rinda Homidning esiga o‘zi-ning bir xatosi kelib tushdi: birinchi gal Otabek tilidan yozg‘an soxta xatini uning qo‘l yozuvini mulohaza qilmasdan yuborg‘an va bu kungacha bu sirni qutidor, Kumushbibilar tomonidan sezilib qolishidan qo‘rqib kelmakda edi. Endi






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling