Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. ISITMA ORASIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi 98
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Yozib bering aylanay, poshsha qiz, boraturg‘an joyimdan kechiksam-da, savobi bor-ku, qix... — dedi. Kumush xotindan minnatdor bo‘lib uyiga xat yozish uchun kirdi. * * * Yuqorida Otabek tomonidan oling‘an maktubning haqiqati mana shu yo‘sun xiyonatning natijasi edikim, biz endi xiyonat qahramonlari bilan o‘qug‘uchini ta-nishdiramiz. 6. ISITMA ORASIDA Saratonning ikkinchi kuni... Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B... mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘an tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otining tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarini qoqar edi. Yigitning uzoqqina yo‘ldan kelganligi, uning kiprak va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa boshlag‘an soqol-murtlariga o‘lturg‘an to‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo‘lg‘an bu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib turg‘an qizil ko‘zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a o‘sib chiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘an bir maxluq edi. Burchakda yerdan ikki yarim gazlar yuksalikda kunbotishg‘a qaratib qurilg‘an ikkita ko‘rimsiz bir betlik eshiklar yuzlariga yopiq holda edilar. Ma’lum yigit boshidag‘i qalpog‘ini qo‘lig‘a oldida, haligi eshiklarning o‘ng tomonidag‘isini ochib, oti bilan ichkariga yurdi. Eshik ortiqcha tor bo‘lg‘ani uchun ot siqilibkina o‘tdi-da, endi uzung‘ina usti ochiq yo‘lak boshlandi. Yo‘lakdan so‘ng havli edi. Havlining sharq va janub tomonlari buzilib-yorilib yotqan eski xaroba imoratlar bo‘lib, havli yuzi turlik axlatlar bilan bulg‘anch, go‘yo yillardan beri tozalanmag‘an, supurgi ko‘rmagandek edi. Havlining o‘rta yerida pakanagina baliq tut o‘sib, ostig‘a kul va boshqa axlatlar to‘plang‘an edi. Havlining kunbotar tomonida xarobaliqdan ozg‘ina berida bo‘lg‘an, boyag‘i yo‘lakka tiraltirib soling‘an ikki darichalik bir uy, bu uy qatorida bir ayvon bo‘lib, shu-ning ila bu havlining tikkaygan binosining hisobi tamom edi. Bu xonadonning oshxonasi bo‘lmag‘ani uchun bo‘lsa kerak haligi ayvonning bir burchagiga o‘choq qurulg‘an. Tutunlar bilan ayvon deganimiz qob-qora is, go‘yo ayvon bo‘lg‘anig‘a ond ichmakda. Buning ustiga o‘choq boshidag‘i tovoq-qoshiqlar, tog‘ora va qozonlar tartibsiz ravishda iflos yotarlar, qozon tevaragida uymalashmakda bo‘lg‘an uch-to‘rtta tovuqlar mundagi ifloslikni yana bir qat oshirmoqda edilar. Ayvonning narigi yonidag‘i daricha orqaliq uyga kirilur edi. Uyning yarmisi quruq yer — qora shibdan iborat bo‘lsada, ammo to‘rida chaqich bog‘lab yiltiramakda bo‘lg‘an — kir, yulduz kabi ilma-teshuk jafokash oq kiyiz, ham taxmondag‘i eski sandiq ustiga yig‘ib qo‘yulg‘an bir to‘da paxtasi chiqg‘an uvadalar ko‘rpa-yostiq otini o‘z ustila-riga olur edilar. Bitta toqchadag‘i cheti uchkan, qoni qochqan uch to‘rtta piyola va bir qora qumg‘onni, ikkinchi toqchadag‘i umrida yuvinib ko‘rmagan qora mis barkashni, bo‘sh qoziqlar ko‘ngli uchun osilg‘an bittagina kir dasturxonni tilga olish bilan bu havlining butun jihoz-amloki ro‘zg‘orini yozib chiqilg‘an bo‘linur, burchakdagi toqchada qattig‘ non mujib o‘lturg‘uchi sich-qonni ko‘rsatib o‘tilmasa, bu uyda boshqa jonliq zot ham ko‘rinmas edi. Qarshidag‘i bo‘g‘oti tushib o‘rtasi yemirilgan, devorlaridan baqa sallasi unib chiqg‘an xaroba binolarning o‘nda-so‘nda ko‘rilmada bo‘lg‘an eski naqshlaridan va sirlaridan bu oilaning ilgarida davlatlik bir xonadon bo‘lg‘anlig‘i, ammo bu kunda ortiqcha faqirlikda yashag‘anlig‘i onglashilur edi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling