Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 94
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy ikkinchi bechoraga ham shunday uyatsizlik qilinmasa edi. Bu tilagim uchun ajablanmangiz, chunki, «pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa o‘zgaga sol», deydirlar. Sizga yangi yor, menga uyatsizlikning qurboni bo‘lish muborak. Kumush emas, Tuproqbibi yozdim. 17-javzo, 1265-inchi yil Marg‘ilon». 5. XIYONAT Qutidorning Toshkanddan yolg‘iz qaytib kelishi Kumushni ancha entikdirgan edi. Ammo Otabekka voqi’ bo‘lg‘an uzr masalasi bir qadar uni tinchitdi. Ishonar-ishonmas shubha va vasvasalardan bir oz aridi: «Ul meni unutmagan, va’dalari chin, so‘zlari to‘g‘ri... Ul ham meni suyar ekan...» deb burung‘i odati bilan gohi eri-ning yo‘lig‘a chiqib kutmakka ham boshladi. Otasining kelishining sakkizinchi kuni edi. Ul bu kechasi ko‘rgan ba’zi bir tushlarini uning bu kun ke-lishiga yo‘ydi-da, ertalabdan turib sochlarini yeshdi. Sochlari orasidag‘i chigillarini diqqat bilan tarab, jom yonig‘a o‘lturdi. Uning nafis qora sochlari orqa-o‘ngiga to‘zg‘ib ajib bir manzara berdilar. Sochini qatiqlab va sovunlab yuvgach, onasidan ikkita qilib o‘rdirdi. Oftob oyimning: «Nega qirq kokil qilmaysan?» deb so‘rashig‘a: «Qizingiz endi qizlik davridan o‘tib, kelinlik davriga kirdi. Qizingizning mundan so‘ng kuyavingizdan boshqa sovchilari ham yo‘q», deb kuldi. Ammo bu ikki o‘rim soch qirq kokiliga qarag‘anda juda ham o‘ziga kelishib tushib, unga yana bir qayta ulug‘vorliq va oliyliq bag‘ishladilar. Sochini o‘rdirg‘andan keyin uyiga kirdi-da, ki-yimlar taxlangan toqcha yonig‘a to‘xtadi. Ravoqliq toqchada uning o‘n besh chamaliq asl ko‘ynaklari uyulgan edi. Sariq rupoh atlasini kiyishka chog‘lab ko‘rgan bo‘lsada, biroq ko‘ynakni olg‘an yerida bu fikridan qaytdi. Qizilni... ko‘kni... olma gullini... qisqasi qaysi birisini kiyishka taraddudlandi. Ko‘ynaklar ichida o‘ziga yarashmaydirg‘ani yo‘q: oq olma uchun bargi ham, guli ham bir... Uning o‘ziga sariq atlas xush kelsada, biroq hozir o‘z xohishini bir yoqqa qo‘yaturib Otabek ko‘nglicha kiyinishka qaror berdi. Chunki Otabek ko‘pincha qora ko‘ynak kiyishka qistar edi. Sovsar guli qora atlas ko‘ynagini kiyib, boshig‘a zangor shohi ro‘ymolini soldi va marvarid ko‘zlik kichkina oltun halqani qutidan olib qulog‘ig‘a taqdi. Shu soddagina yasanishdan so‘ng, ikkinchi toqchada tirog‘liq turg‘an ko‘zgi yonig‘a bordi. Ko‘zgi ichidan to‘zg‘ib, chuvalib ko‘ringan soch tolala-rini to‘g‘rilab o‘zini kuzatdi. Ko‘zgi ichidan ko‘ringan malak o‘z egasini ham kayflandirib sekingina iljayib qo‘ygan edi, narigi yoqdag‘i fitnai davron ham sadafdek oq tishlarini yoqut kabi irinlari orasidan ko‘rsatkandek bo‘ldi. Bu husnga otaliq vazifasini o‘tag‘andek ko‘ringan latif burni yonidag‘i qora xolini tabiiylig‘ig‘a ishonmag‘andek qashib ko‘rdi va ko‘zgi yonidan jo‘nadi. Jo‘nar ekan, «...chiroylik bo‘lsa ham menikidek xoli yo‘qdir», deb ko‘nglidan kechirdi. Kechki olov vaqtida tashqari hovlisida u-buga ovora bo‘lib yurar edi. Bu kungi ko‘rgan tushi uni ortiq ishontirgan, shuning uchun To‘ybekaning tashqari havli-da qiladirg‘an yumishini ham o‘zi bajarmoqda, To‘ybekadan suv sepdirib o‘zi yer supurar ekan, quloq-lari yo‘lak tomondan eshitiladirgan oyoq tovushlarida edi. Havlidagi ikir-chikir ishlarni tamomlag‘ach, ayvonning oldig‘a o‘lturib tuzatindi, tuzatinar ekan yo‘lakdan yurib kelmakda bo‘lg‘an bir oyoq tovshini eshitib yuragi nima uchundir oshiqinib-shopirinib ketdi. Oyoq tovshi ichkariga yaqinlag‘an sayin ul o‘zida titroq aralash bir hol sezar edi. Nihoyat, yo‘lakdagi oyoq tovshi tugalib, Kumush kutmagan joyda paranjilik bir xotin kelib chiqdi. Kumush uzoq bir entikib qo‘ydi. Xotin Kumushka qarab kelar edi. Ul yerdan bichib olg‘andek pak-pakana, burni yuzi bilan barobar deyarlik tep-tekis, ko‘zi qoqqan qoziq o‘rnidek chup-chuqur, og‘zi qulog‘i bilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq yillik og‘riqlarnikidek sap-sariq, qirq |
ma'muriyatiga murojaat qiling