Termodinamik jarayonlar
Download 0.55 Mb.
|
IEQ 4-dars (amaliy) Voxidov A.U.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 – 1000 0 С ичида
- 0 – 1500 0 C гача
Termodinamik jarayonlar
Izotermik kengayishda ideal gaz 15 kJ miqdorida ish bajarmoqda. Ushbu ishni bajarish uchun qancha miqdorda issiqlik yuborilgan? Berilgan: Yechim: A’=15 kJ Termodinamikaning I-qonuniga muvofiq Q=A’+ΔU. T=const Izotermik jarayonda ichki energiya o’zgarmaydi: ΔU=0 hamda issiqlik miqdori bajarilgan ishga teng bo’ladi: Q=A’. Q=? Shuning bilan gazga yuborilgan issiqlik miqdori Q=15 kJ g ga teng bo‘ladi. 2 m3 havo o’zgarmas 0,2 MPa ortiqcha bosim ostida 100℃ dan 500℃ gacha qizdirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdorini va jarayonning ishini toping? Tashqi atmosfera bosimini 101325 Pa deb qabul qiling. Issiqlik sig’imini haroratga bog’lab hisoblang. Javob: Qp=2357 kJ; L=646,3 kJ. Hajmi 2000 m3 bo’lgan havo o’zgarmas 0,5 MPa bosim ostida 150℃ dan 600℃ gacha qizdirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdorini hisoblang? Issiqlik sig’imini chiziqli tenglamasidan foydalaning. Javob: Qp=3937 kJ. Havoni isituvchi qurilma P=const normal atmosfera bosimida 1000 m3 havoni -15℃ dan 60℃ gacha qizdirishi uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdorini toping? Normal atmosfera bosimini 101325 Pa va issiqlik sig’imini haroratga bog’liq emas deb hisoblang. Javob: 103 MJ. Silindrning hajmi 400 l bo’lib unda 0,5 MPa bosim va 400℃ harorat ostida havo joylashgan. Havodan qancha issiqlik olinganda uning harorati 0℃ ga teng bo’ladi? Jarayonning ishini ichki energiyasi va oxirgi hajmi nimaga teng? Issiqlik sig’imini harorat chiziqli tenglamasidan foydalaning. Javob: Qp=-425 kJ; ΔU=-306,5 kJ; L=-118,9 kJ; V2=0,1622 m3. Silindrning diametri 0,5 m, hajmi 0,2 m3 bo’lib ichida 18℃ li havo joylashgan. Havo o’zgarmas 0,2 MPa bosim ostida 200℃ gacha qizdirilganda kerak bo’ladigan issiqlik miqdorini, jarayon ishini va silindrdagi porshen o’zgarishini toping? Issiqlik sig’imini harorat chiziqli tenglamasidan foydalaning. Javob: L=25000J; Δh=0,64 m; Q=88,3 kJ. Harakatdagi silindr ostidagi 1 m3 havoga 335 kJ issiqlik o’zgarmas bosimda berilganda uning hajmi 1,5 m3 gacha kengaydi. Havoning boshlang’ich harorati 15℃ ga teng bo’lsa, uning kengayish ishini va oxirgi haroratini toping? Issiqlik sig’imini haroratga bog’liq chiziqli tenglamasidan foydalaning. Javob: t2=159℃; L=95,1 kJ. Boshlang’ich harorati 15℃ bo’lgan 2 m3 havoga o’zgarmas bosimda 837kJ issiqlik berilganda uning hajmi 3 m3 gacha kengaydi. Jarayonning kengayish ishini, oxirgi haroratini va bosimini toping? Issiqlik sig’imini haroratga bog’liq chiziqli tenglamasidan foydalaning. Javob: t2=159℃; L=239 kJ; P=0,24 MPa. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling