Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 97
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy ikki chakkasidan yostiqg‘a oqib tusha boshladi. Shu choqda na uchundir toqchada yonib turg‘an sham’ ham lip-lip qildi-da, o‘chdi... Shuning ila bu havlini chin ma’nosi bilan qorong‘uliq bosdi. * * * Bu voqi’aning uchunchi kuni Kumushbibi yillab yotg‘uchi og‘riqlardek sarg‘ayib ozg‘an, endigina g‘unchadan chiqayozgan bu yosiman gulni xoin qo‘llarning zahri so‘litkan, fasod o‘chog‘ining uyatsiz mufsidlari husn bog‘ining bu yangi erkasini ishong‘an va ko‘z tikkan jihati ismidan tahqir qildirib umidsiz bir vujud yoki jonsiz bir haykal holig‘a qo‘yg‘an edilar. Uning ko‘zlarida doimiy bir ma’yusiyat, arimas bir huzn, har onda bir entikib chayqalish edi. Oftob oyim ham so‘ng chekda xo‘rlang‘an esa-da, lekin unga bu xo‘rliqdan burun u-bu bilan qizini ovitish, uning ko‘nglini ochib bu sovuq, uyat gapni unutdirish, har holda ko‘zining oqu qorasi bo‘lg‘an Kumushni birar kasalga chalinmaslig‘i yo‘lida tirishish muhimroq edi. Va ikki gapning birida «Ortiq o‘ylama, qizim... Esingdan chiqar, endi xafa bo‘lg‘aning bilan sira foydasi yo‘q», der edi. Kumush bo‘lsa hushsizlarcha onasining og‘zig‘a ag‘rayar va har qachon ma’yus edi. Kumushning bu holi bechora onaning yuragini uzar, yuz xil vasvasalarga solar edi. — Kumush, — dedi Oftob oyim tushlik choydan ke-yin, — qaytag‘a tog‘angnikiga borib kelmaymizmi? — Nima qilamiz tog‘amnikida? — Nima qilar edik. O‘ynab kulamiz, qayg‘ularingni ko‘chaga tashlaymiz. Kumush onasining so‘ziga nima uchundir kuldi va «mayli» dedi. — Tur bo‘lmasa, yuz-qo‘lingni yuvib otlan, xudo o‘lim bersin uyatsiz eringga. Kumush muloyimg‘ina qilib onasig‘a qarab oldi. O‘rnidan turib To‘ybeka hozirlab bergan obdasta yonig‘a yuvinish uchun o‘lturdi. Ular tamoman yo‘lg‘a hozirlang‘an edilar, yo‘lak tomondan o‘tkan kun xat keltirgan xotin ko‘rindi. Kumushning ko‘ziga bu xotin ofat kabi ko‘rinsa ham, ammo ikkinchi tarafdan ul so‘yindi. Onasini kelguchi xotin bilan tanishdirib, kim bo‘lg‘anlig‘ini so‘zladi. — Xi-xi, aylanay boyvuchchalardan... Shundog‘ qi-zimnikiga o‘tkan edim, qix... alva’ddayn, deb yo‘l ustidan burilib kirdim... deb puchuq xotin so‘zlanib kelar edi. Ona-bola qo‘lg‘a olg‘an paranjini yerga qo‘yishg‘a majbur bo‘ldilar. Xotin Kumush bilan ko‘rishkach, aching‘ansumon so‘radi: — Ha, aylanay, poshsha qiz, sizga nima bo‘ldi, juda o‘zingizni oldirib qo‘yibsiz? Puchuqqa joy ko‘rsatib, Oftob oyim javob berdi: — Bir-ikki kundan beri tobi yo‘q. — Xudoy saqlasin, xudoy saqlasin, — dedi xotin, — qix... bevaqt kelib sizlarni yo‘ldan to‘xtatdimmi... xayr, xudo singlimni yomon ko‘zdan asrasin, — deb fotiha o‘qudi. — Xush kelibsiz, — dedi Oftob oyim... — Xushvaqt bo‘linglar, aylanay, qix... — dedi xotin va Kumushka qarab davom etdi, — anuv kungi so‘zingiz bilan yo‘ldan qayrilib kirgan edim. Ertaga o‘g‘lim Toshkand jo‘namoqchi, otangizning xat-patlari bo‘lsa... qix. Kumush javob berish o‘rniga onasig‘a qaradi. Qizining qarashidag‘i ma’noga tushungan Oftob oyim «yuboraturg‘an xatimiz yo‘qdir», deb javob bedi. Bu so‘z bilan puchuq xotin g‘ilt etib Kumushka qarab qo‘ydi. Kumush onasini unga xabarsiz ko‘rsatib javob berdi: — Otamning xatlari yo‘q, meniki bor, ozg‘ina kutishka vaqtingiz bo‘lsa, yozib berar edim. Puchuqning kelishidan maqsadi faqat shu yozib beriladirgan xatgina edi. Kumushning o‘tinchi unga moy kabi yoqib tushdi: |
ma'muriyatiga murojaat qiling