Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet107/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 105

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Qani bo‘lmasa, juring biznikiga, mehmon, — aytkuchining so‘z ohangidan o‘rtoqliq bo‘yi kelib Otabekning dimog‘iga ursa ham:


— Rahmat sizga, aka, — dedi, lekin uning bu so‘zi ham o‘rinsiz ketkan edi.


— O‘zingiz adashdim, dedingiz-ku, tag‘in qayoqqa bormoqchi bo‘lasiz?
— Sizga og‘ir kelmasa...
— Og‘irlig‘i yo‘q, yuringiz, — dedi va olding‘a tushib Otabekka yo‘l boshladi: — Man ham sizga o‘xshagan bir g‘arib.

Otabek kishi orqasidan ketdi, oldinma-keyin so‘zlashmasdangina ko‘chaning oyog‘ig‘a qarab borar edilar. Anchagina yurgach, boshlovchi «otingizga ham joy bor», deb qo‘ydi. Otabek javob bermadi. Shu ko‘yi so‘zsizgina ko‘chaning burilishiga yetdilar-da, kishi Otabekni to‘xtashg‘a buyurdi, o‘zi shoshilib o‘qug‘uchig‘a ma’lum Jannat opa eshigining chap tomonidag‘i ikkinchi eshikni ochish uchun qulfni timiskiladi. Eshikni ochishi bilan:


— Otdan qo‘ningiz, mehmon, — dedi otni Otabek qo‘lidan olg‘ach, — siz xurjiningizni olib yo‘lakdan to‘g‘rig‘a kiraberingiz, — dedi. Otabek xurjinni ko‘tarib eshikka kirdi, usti yopiq qop-qorong‘i yo‘lakdan o‘tib kattagina bir havliga chiqdi va xurjunni havlining o‘rtasig‘a eltib qo‘ydi. Kishi otni burchakdagi usti yopiq oxirg‘ami, sufagami bog‘lag‘ach, kelib xurjinini oldi.

— Qani ayvong‘a, — deb yo‘l boshladi. Kishi Otabekni o‘tquzg‘ach, tokchadan sopol lagan bilan qovuqni olib chaqmoq surtdi. Sham’ yoqildi. Bu kishi qirq yoshlar chamaliq, qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, ko‘b vaqt madrasa riyozatini chekkannamo, qotma, uzun bo‘ylik bir odam edi. Ayvonning polos va asboblarida uncha boyliq ko‘rilmasa ham puxta, ozoda, chirk yuqturilmag‘an yo‘sunda yig‘ishtiril-g‘anlig‘idan egasining rind tabi’atlik ekaniga shahodat bermakda edi. Ayvonning so‘l tomonida ko‘rilgan bir eshik ila uymi, hujrami, borlig‘i bilinar edi.


Uy egasi Otabekni yaxshilab ko‘z ostidan o‘tquzg‘ach, so‘radi:


Qorningiz albatta ochdir, mehmon? — Otabekdan javob kutib turmay o‘zi hukum ham berib qo‘ydi. — Yo‘l bilan albatta ochiqqansiz, savzi-piyoz va go‘shtlarim hammasi tayyor, faqat o‘choqqa olov yoqsam, xolos, o‘zim ham hali xo‘rak qilg‘anim yo‘q, ko‘b emas ozg‘ina, bir chimdimgina qilaman. — Otabekning uzriga quloq bermay oshg‘a urnashka oldi. Otabek endi o‘tkan ishlarni ko‘z o‘ngidan o‘tkuza boshlag‘an edi. Bu kungi besh daqiqa orasida bo‘lib o‘tkan voqi’ani hech bir yo‘sun bilan miyasiga sig‘dira olmas, chindan bo‘lg‘an ish deb o‘ylashg‘a aqli bovar qilmas edi. Lekin quloqlari ostida hozirg‘ina aytilgan «Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q... Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz!» so‘zining sadosi qanday bo‘lsa ham unga bir haqiqatni ochiq so‘zlar va nafsida sezilgan xo‘rlanish va hayajon buni tasdiqlar, bugina emas yuziga yopilg‘an darboza-ning, shildir-shildir qilib bog‘langan zanjirning sadosi ham bu haqiqatni ta’kidlar edi. Bundan so‘ng Kumushning zaharlik muammo maktubi bir sidira ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi. Maktubdagi tushunishi qiyin bo‘lg‘an nukta va ishoratlar yana bir qayta zahar sochib o‘tkandek bo‘ldilar. Lekin bularning barchasini yig‘ib ochiq-oydin bir natija chiqarish kuchidan ojiz, go‘yo isitma vaqtida bo‘laturg‘an tuturiqsiz, bog‘lanishsiz alji-bilji holatni kechirib, ishni bir-birisiga bog‘lay bilmas edi. Ammo hozirgi daqiqada unga eng ochiq ta’sir etkan narsa: «Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz!» jumlasi bo‘lib, to‘lqinlang‘an izzati nafsi hamisha «qora ohu ko‘zlarni» ko‘rishka o‘rganmish yurak ko‘zini xo‘rlik pardasi bilan yashirishg‘a tirishar edi. Voqia’n tug‘ilib erkalikdagina o‘skan, hayotning dag‘al muomalasidan begona, faqat uning chuchuk so‘zlarinigina tinglab kelgan Otabekka bu xo‘rlik turmishdan birinchi zarba edi. Shuning uchun Kumushka bag‘ishlang‘an yurak tugunini yeshilg‘an holda ko‘rar, go‘yo marvarid tugilgan harir ro‘ymol o‘g‘irliqdan so‘ng oyoq ostlarida bo‘m-bo‘sh yotqandek va egasi shu o‘g‘irlang‘an javohirotining alamini chekib turg‘andek edi.




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling