Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet115/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 113

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



qo‘yar, deb kutar edi. Orag‘a boshlab o‘zim sovchi qo‘yishdan o‘ngg‘ay-siz-lanar, to‘g‘risi o‘zimga tushunilmagan bir xavf ostida bu jasoratdan mahrum edim.


Bir kun odatimcha Saodatlar uyiga borg‘an edim. Osh-suvdan keyin kampir Saodatni o‘choqboshi yumishiga yuborib, menga qarab kuldi:


— Saodatka bir yaxshi joydan kuyav chiqib qoldi. Kecha unashsak unashkundek ham bo‘lg‘an edik, biroq sizning maslahatingizni olayin, deb sovchilarni qay-tardim, — demasinmi, ustimdan bir chelak sovuq suv quyg‘andek entikdim, qanday javob berishka tilim kelmay qoldi. Uzoq vaqt kesak kabi harakatsiz qolg‘ach, kuch orqasida tilimni bazo‘r shu so‘zga harakatlantirdim:


— Joyi yaxshi bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish kerak...


Kuyavning kimning o‘g‘li bo‘lg‘anlig‘ini va qanday kasb qilishini sharh qila boshlag‘an edi, sabrim tamom bitdi:

— Undog‘ bo‘lsa, kecha sovchilarni bekor qaytaribsiz,— dedim. Kampir manim bu kinoyamga tushunmag‘an edi:


— Kuyavning tegi-taxti menga ma’qul bo‘lishka bo‘ldi-ya, faqat endi ish sizning kengashingizga qarab qoldi, siz Saodatka ota bo‘lmasangiz ham lekin otaliqdan yuqori ishlarni qilib kelasiz. Endilikda Saodatni uzatishda ham otalig‘ingizni ayamangiz, — dedi. Bu so‘z bilan yana o‘lganning ustiga chiqib tepilgandek bo‘ldim.Chayon kabi meni zaharlamakda bo‘lg‘an kampirning to‘g‘ri so‘zini eshitib turishka ortiq to‘zalmadim-da, ertagacha o‘ylab javob berishni aytib kampirning oldidan chiqdim.


Chiqg‘ach, oyog‘i kuygan tovuqdek to‘rt tomong‘a yugura boshladim. Epaqalik bir gap esimga kelmas edi. Nihoyat, aqlimni boshimg‘a yig‘ib, sirrimdan voqif bir oshnamg‘a kengash soldim. Ul uzoq o‘ylab turmay, ertasi kunga tomonimdan sovchi bo‘lib kampirning oldig‘a bormoqchi bo‘ldi. Lekin butun tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmay, tikanga ag‘nag‘an kabi azoblanar edim va sustligim uchun o‘z-o‘zimni so‘kar edim...


Usta Alim hikoyasini bu yerga yetkuzgach, sham’-ning so‘xtasini miqroziladi va og‘zini poylab turg‘uchi Otabekdan «zerikmadingizmi?» deb so‘rab olib, davom etdi:

— Sovchini yuborib tinchiy olmadim, ishka qo‘lim bormas va bir joyda to‘xtab turolmas, u yerdan turib bu yerga o‘lturar, ming turlik xayol bilan dovdir sifatiga kirgan edim. Yuborgan kishim tezda qayta bermagach, bir-ikki bora Saodatlar eshigi yonig‘a borib keldim. Nihoyat, miyam shishib Saodatning uyi yaqinida bo‘lg‘an bir yong‘oqning soyasida o‘lturg‘an edim, sovchim chiqib qoldi-ku: yuragim orqamg‘a tortib ketdi. Va olding‘a tushib yuriy berdim, chunki sovchig‘a uchrashib haqiqatni onglash ham menga dushvor mushkul kelgan edi.


— Shoshma-shoshma, ho, kuyav! — dedi sovchim. Hazilmand bo‘lg‘ani uchun ishning chappa ketkaniga ishong‘an, uning bu «kuyav» degan so‘zini kinoyaga yo‘yg‘an edim, ketaberdim. Ul orqamdan tez yurib yetdi:


— Qani, to‘nni yesh! — dedi va to‘nimni o‘ziga torta boshladi.


— Yuragim yorilishg‘a yetdi, hazillashma! — dedim.

Haqiqatan so‘zi chin ekan, og‘zidan o‘pdim. Jiq to‘lg‘an ko‘z yoshimdan ham uyalib turmadim. Sov-chim yo‘l bo‘ylab kampir bilan bo‘lg‘an hikoyasini so‘zlab ketdi: Saodatka bir yildan beri har kun deyarlik sovchilar qatnar, kampir hammasiga ham boshi bog‘liq, deb javob berib kelar ekan. Shuning barobarida maning og‘zimni poylar yoki kishi qo‘yishimni kutar ekan. Nihoyat, bir tarafini chin va bir tarafini so‘z olish muddaosi bilan kechagi so‘zni menga aytgan va shunga qarab ish qilmoqchi bo‘lg‘an. Uzun so‘zning qisqasi kampir-ning javobi: bir qizim emas, yuz qizim bo‘lg‘anda ham usta Alimga nazir tortdim — bo‘libdir.


Terimga sig‘mas edim; ikki yillik yurak dardim nihoyat hoziqini topqan edi. Bir necha kun uyalib kampirning oldig‘a bormay yurgan edim, o‘g‘li orqaliq yo‘qlatdi. Bordim. Lekin








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling