Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. «NAVO» KUYI
www.ziyouz.com kutubxonasi 121
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy munchalik an-duhlar ham yo‘q edi. Shuning uchun siz tangridan so‘rangkim, tezroq men mash’umani mahv etib, sizga uch-to‘rt kun tinchlik bersin, onajon! Sizni bu holda ko‘rishka va o‘z tilagim yo‘lida sizni qurbon etishka ortiq toqatim bitdi. Tashlandiq bu qizingiz, qo‘lma-qo‘l yurg‘uchi bu o‘yinchiq qizingiz kimu, sizdek bir mehribon onani qon yig‘latish kim? Yig‘lamangiz, ona. Sizning to‘kib kelgan ko‘z yoshlaringizning bir tom-chisig‘a ham bu tashlandiq qizingiz arzimas, siz otamg‘a maning rizolig‘imni tashvishlanmay bildiraveringiz. Ul ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining ta’nasiga qolmasin. Siz manim yuzimga ezilib qaramangiz, o‘ylamay-netmay rizolig‘imni bildiraveringiz! — dedi va yuziga to‘zg‘ib tushkan sochini to‘g‘rilab olg‘ach, davom etdi:— Agar siz menga ortiq achinsangiz, rizolig‘imning bir sharti qilib to‘yni kelasi kuzga bo‘lishini aytib o‘tingiz, agarda otam baxtsiz qizining bu tilagini qabul etsa-etsun, bo‘lmasa manim bu tilagim ham sizning bir tomchi ko‘z yoshingizga arzimas, onajon, sizning shodlig‘ingiz yo‘lida har bir og‘irliqlarg‘a bu baxti qaro qizingiz rozidir, onajon! Oftob oyim Kumushning bu so‘zlariga to‘zib turolmay, qizini bag‘rig‘a bosib quchoqladi, ona-bola tag‘in shiddatlik ravishda ko‘z yoshig‘a ko‘mildilar... * * * Oftob oyimning qat’iy isroriga binoan qutidor ham qizining shartini qabul etkan. Qudalar ham kelasi kuzgacha kutishka rozi bo‘lg‘an edilar. Demak, kelasi kuzga qutidor Salim sharbatdor kabi bir kishiga qudalashib olg‘anidek, Kumushbibi ham Otabek o‘rniga Komilbekni almashdirar edi. 11. «NAVO» KUYI Xalqimiz ta’biricha, bu zamonlar «musulmonobod» bo‘lsa-da, biroq bu tantanalik ta’birni buzib qo‘ya-turg‘an ishlar ham yo‘q emas edi. Xon musulmon, bek musulmon, xalq musulmon, buning ustiga yurish-turish ham musulmoncha, hukmlar ham shari’atcha edi. O‘g‘irliq qilg‘an uchun qo‘l kesiladir va yo dorg‘a osiladir. Zoni bilan zoniyalar ham peshtoqdan tashlanadirlar, ichkulik ichkan uchun qirq darra uriladir. Rais afandi mulozimlariga darra ko‘tartirib, namoz-sizlarni tekshiradir, farzi ayn bilmaganlarni urdiradir edi. Ish shunchalik nozik bo‘laturib ham o‘g‘rilar o‘z tirikliklari orqasidan qolmaydirlar. Esh aka bilan Tosh aka-ning uylari orqasidan teshilib mollari o‘g‘irlana beradir, peshtoqdan qopqa bo‘g‘ilib tashlanmoq uchun fohishalar ham yetishib turadirlar. Butun umrida peshonasi sajda ko‘rmaganlar ham ko‘b, ammo farzi aynning bosh tomonidan to‘rt-besh jumlani har kim qiynalmasdan sayriy olar edi. Ko‘b kishilarning uylarida musallas bilan bo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkulik sotish bilan tiriklik qilg‘uchilar ham yo‘q emas edilar. Toshkandning Chuqur qishloq degan yerida qozoqlar tomonidan ochilg‘an va hamisha rustamnamo kishilar bilan ayqirib yotqan bo‘zaxonalar ham yo‘q emas edi. Besh oylab Oq masjid safarida yurib ketkach, Otabek to‘g‘ri shu Chuqur qishloq bo‘zaxonalaridan biriga kelib tushkandek bo‘ldi. Uni kunduz kunlari bo‘zaxonada uchratib bo‘lmasa-da, ammo bo‘zaxonag‘a kelmagan kechasi juda oz edi. Bo‘zagar Otabekning kim bolasi ekanligini yaxshi bilgani uchun hamma ishni uning tilagiga qarab qilar, ul keldi deguncha oddiy bo‘zaxo‘rlar yonig‘a o‘tquzmay o‘zining maxsus hujrasiga olib kirar, boshqalarg‘a berilaturgan loyqa bo‘zadan bermay, bo‘za-ning guli bilan mehmon qilar edi. Hozir ham ul shu bo‘zaxonada edi. Endi uchunchi kuvachani tugatib, to‘rtinchini chaqirg‘an edi. Bo‘zagar kirdi: — Bo‘za beraymi, bek? — deb so‘radi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling