Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. BIZDA KIM KO‘P YIG‘LAYDIR
www.ziyouz.com kutubxonasi 118
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy Hasanalining shubhasi bo‘shka chiqdi. Choydan so‘ng ul o‘zining so‘zini amalda ko‘rsatib, otasidan ham ruxsat olib qo‘ydi va peshindan keyin yo‘lg‘a chiqish uchun hozirlik ham ko‘ra boshladi. Uning sirrini bilguchi va «Endi Marg‘ilonda nima qilasan?» deb so‘rag‘uchi orada bo‘lmag‘anidek, ul bu so‘roqni o‘z-o‘ziga ham berib qaramag‘an edi. Go‘yo burung‘idek Marg‘ilon yo‘lig‘a oshiqib hozirlanar edi... Yigirma kun o‘tar-o‘tmas Marg‘ilondan qaytib keldi. Bu borishdan birar ish chiqara oldimi-yo‘qmi, bu to‘g‘rini biz kelasi fasllarning biridan o‘rganarmiz. Kelib Toshkandda bir hafta chamasi turdi, so‘ngra yonig‘a Hasanalini olib Oqmasjid shahriga jo‘nadi. Ul ikki yildan beri to‘xtab qolg‘an savdogarchilik ishini qaytadan boshlamoqchi edi... 10. BIZDA KIM KO‘P YIG‘LAYDIR? G‘ayri mashru’ taloq xati tekkaniga olti oylarcha fursat o‘tib ketkan edi. Kumushning go‘zallik ta’rifini g‘oyibona eshitib, og‘zining suvi kelguchi xotinliq va xotinsiz orzumandlar «yotib qolg‘uncha, otib qol!» so‘ziga amal qilib, qutidornikiga sovchilarni turna-qator yubora boshlag‘an edilar. Albatta, bunda shubha yo‘qdirkim, Kumushning erdan chiqg‘an xabarini Kumushning o‘zidan ham ilgari tushungan va Otabekdan ham ilgari sezgan Homidning sovchisi boshqa sovchilarning muqaddimasi, yoz boshida kelaturgan qaldirg‘ochlarning yo‘lboshchisi edi. Homidning sovchisi bir martaba kelish bilangina qanoatlanmadi, uch-to‘rt qaytalab kelib qutidorg‘a Homidning kuyav o‘g‘ul bo‘lish niyatida ekanligini arzu-niyoz qila boshladi. Natijada Homidboyning sovchisig‘a berilgan javob shu bo‘ldi: «Biz Homidboyni o‘zimizga kuyav o‘g‘ul qilishdan hech bir mone’lik ko‘rmaymiz. Ammo qizimiz mundan so‘ng er qilmasg‘a qattig‘ isror etadir. Shunga ko‘ra Homidboy bizni kechirsin». Boshqa sovchilarg‘a ham javob shu edi. Qutidor bilan Oftob oyimning bu javoblari o‘zlaricha emas, balki Kumushning ko‘ngliga qarab berilar edi. Biroq Kumushbibining «Man endi er qilib bo‘ldim, mundan so‘ng erga ehtiyojim yo‘q», degan qat’iy javobig‘a ular uzoq quloq solib turolmadilar, chunki uning bu isrorini «chidamasning so‘zi» deb onglar va tuzukrak joyi chiqg‘anda, erga berishka ham hisoblari yo‘q emas edi. Shunga ko‘ra, kelgan sovchilarning o‘zlariga yoqmag‘anig‘a gunohning barini Kumushning bo‘yniga ag‘darib javob berar, ammo ikkinchi yoqdan tuzukrak joyini ko‘zlar edilar. Kutilmagan yerga shaharning eng olding‘i a’yon va sarvatdorlaridan bo‘lgan Salim sharbatdor deganning Komilbek ismlik o‘g‘lidan sovchilar kelib qoldi. Ota-otaning kutkanlari shunday tegu taxtlik kuyav bo‘lg‘ani uchun birinchi martaba sovchilarni yaxshi so‘zlar va quyuq-suyuq oshlar bilan jo‘natib, ikkinchi kelishka o‘ylashib javob beraturgan bo‘ldilar. Eru xotin uzoq o‘ylashib turmay (chunki o‘ylashturg‘an joy emas edi) sovchining ikkinchi kelishida javob berishka qaror qo‘ydilar. Kumushning qarshi tushmagi to‘g‘risida, albatta, ularning shubhalari yo‘q edi. Shuning bilan birga ota-onaning so‘zini yerda qoldiradi, deb ham o‘ylamas edilar. * * * Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar to‘kilib tugalgan, yer yuzi o‘zining qishqi sariq kiyimini kiygan edi. To‘rt tomoni-ning o‘ralg‘anlig‘i soyasida yaproqlarini to‘kilishdan saqlab qolg‘an bu gilos yog‘ochlari ham bu kun tungi qora sovuqqa chidalmay, yelning ozg‘ina harakati bilan-da barglarini shirt-shirt uzib tashlamoqda edilar. Havo ochiq bo‘lib, quyosh tuzukkina ko‘tarilgan, ammo |
ma'muriyatiga murojaat qiling