Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 114
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy borishimdag‘i sezgularimni sizga bu til bilan tushuntirolmayman. Men borliq yo‘qliq eshikdan kirganimda, Saodat kir yoyar edi. Meni ko‘rgach, qizarinib ketdi va yoyilg‘an kir ortig‘a yashirinar ekan, shahlo ko‘zlaridagi sezilar-sezilmas tabassumning farqig‘a bordim. Kampir bilan uyalishibkina to‘y to‘g‘rilarini so‘z-lashdik. Kampir ortiqcha takalluflar qilishg‘a yo‘l qo‘ymasa ham, ammo o‘zim Saodatning ko‘ngli o‘ksimasin uchun to‘yni katta qilishg‘a tarafdor edim. Kampir bilan to‘y va nikoh kunlarini muqim qilg‘ach, men ketishka turdim. Saodat kir yonida menga bir ko‘ringandan so‘ng, qaytib ko‘rinmagan edi. A, men bo‘lsam yana uni bir ko‘rmakchi va o‘ziga bir-ikki og‘iz so‘z aytmakchi edim. O‘choqboshida qozon yuvar ekan, to‘g‘ri oldig‘a yurib bordim. Ul meni sezmadimi yoki sezsa ham bilmaganga solindimi, haytovur orqasi o‘gurug‘liq engashkan holda ishka mashg‘ul edi. Bir o‘rim bo‘lib tushkan uzun qo‘ng‘ur sochi uning harakati bilan qo‘ltug‘i ostida o‘ynoqlar edi. Anchagina orqasidan tamosho qilib turg‘ach: — Saodat, — dedim. Qaradi. O‘choqda yong‘an olov issig‘idanmi yoki uyatidanmi uning yuzi qip-qizil olma edi. Qo‘lidagi sochig‘i bilan oldimg‘a yaqin kelib to‘xtadi. — Eshitdingmi, — dedim. Yerga qaradi. Uni ortiqcha uyaltirmas uchun eshikka qarab yuriy boshladim-da: — Maylimi? — deb so‘radim. Javob o‘rniga: — Osh yemay ketasizmi? — dedi. Bu uning ikkinchi turlik qilib aytilgan «mayli» javobi edi. Bir bugina emas, qirq yillik qadrdon xotin tomonidan eriga qilinaturg‘an mehribonchiliqning eng lazzatlisi edi. Chiqar ekanman, «Osh yemay ketasizmi?» so‘zining kayfiga tamom mas bo‘lg‘an edim. Usta Alim shu so‘ngg‘i so‘zlarini aytib bitirar ekan, Otabekning qoshlari chimirilib, go‘yo o‘zining ham shu yo‘sun xotiralarining abadiy qaytib kelmaslik — yo‘qliqg‘a chiqqanlig‘ini yana bir karra onglar edi. Usta Alim davom etdi: — O‘n kun orasida hozirlikni bitirib to‘y qildiq. Nihoyat, Saodat meniki bo‘lib, saodatlik kunlarim boshlandi. Saodatka bo‘lg‘an muhabbatim bir daraja sizga ma’lum bo‘lg‘anliqdan u kunlardagi mas’udiyatimni ham shu o‘lchavg‘a solib bila olasiz. Rafiqam Saodat chin sa’ida edi. Bu yil o‘zimga kutmagan darajada bir kuch va istiqomat ortdirib, to‘y bilan tugalgan boylig‘imni qaytarg‘an edim. Turishka Saodatlar uyi ortiq torliq qila boshlag‘anliqdan shu havlini (Jannat opa havlisig‘a ishora qilib) hozirg‘i qo‘shnimizdan sotib olishg‘a muvaffaq ham bo‘ldim. Qayin onam, qaynim va eru xotin shu havlig‘a ko‘chib kelib tura boshladiq. Kundan-kunga Saodatka bo‘lg‘an muhabbatim oshqandek kasbim ham unumlik bo‘la boshlag‘an, uylanishim-ning ikkinchi yili haligi qo‘shnimizdan o‘zingiz ko‘rgan boqchani ham sotib olg‘an edim. Uylanishimning uchunchi yili Saodat yuklik bo‘ldi. Eru xotin birimiz ota va birimiz ona bo‘lmog‘imizni o‘ylab quvonar edik. Kechalari yotib uyqumiz kelmas edi. Nihoyat, Saodatning oy-kuni yaqinlashdi... — Usta Alim uzoq tin olishdan so‘ng davom etdi: — ... yaqinlashdi... lekin abadiy baxtsizlik kunlarim, manhus soatlarim ham yaqinlashdi... — dedi va so‘zdan to‘xtadi. — Davom qilingiz, — dedi Otabek, usta Alim bir uflab olg‘ach: — Saodat boladan qiynalib uch kungacha azoblandida, to‘rtinchi kuni o‘ldi, — dedi. Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, ko‘zlarini zo‘raytirib ochdi va o‘zini yostiqdan olib o‘lturg‘ach, so‘radi: — O‘ldi?! Usta Alim ko‘z yoshisini artib: — O‘ldi, — dedi va davom etdi: — dunyog‘a kelib ko‘rgan birdan-bir quvonchimdan ayrilg‘an edim. Hayotning hamma umrimga kifoya qilarliq mudhish zarbasini shodliq ichida qarshilag‘an edim. Oylar bo‘yincha ko‘z yoshimni yomg‘ur kabi to‘kdim. Chunki menga bundan boshqa bir ovinchoq qolmag‘an edi. Ko‘z yoshlarimning tiyilmag‘anini |
ma'muriyatiga murojaat qiling