Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet112/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 110

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Nihoyat va’daning beshinchi kuni qiz keldi. Qizni ko‘rish bilan men borliq-yo‘qliq holatda qolg‘an, bir necha zamon maning uchun so‘z topish ham qiyinlashqan edi. Qiz shohini so‘ramay menga termulib turar edi. Uning minnatdorchiligini faqat shohi bilan olmoq-chi bo‘lg‘anim uchun bu hol menga og‘ir keldi. «Nega va’daga kelmadingiz?» dedim. Qiz o‘ng‘aysizlanib, gunohkorlarcha ko‘zini yerga tikkani holda so‘radi:


— Shohini sotib yubordingizmi?


Yonimg‘a qo‘yib o‘lturg‘an shohini qizg‘a uzatdim. Ul shohining orqa-o‘ngini ag‘darib ko‘rdi va: «Yaxshi to‘qibsiz», deb menga umidsizcha qarab qo‘ydi. Shohini menga berib qo‘lidagi mayda chaqalarni oldimg‘a to‘kdi.

— Shohingiz qancha pullik?


Men javob o‘rniga chaqalarni sanab chiqdim, bitta oltmish pullik tangasidan boshqasi bir pullik, besh pullik zang bosqan chaqalar bo‘lib, ko‘p vaqtlardan beri yig‘ilib kelganligi ma’lum edi. Bergan puli shohining yarim bahosini qoplar-qoplamas bo‘lg‘anlig‘ini aytdim.

— Tag‘in qancha kerak? — deb so‘radi.


Uch tanga, — dedim. Qizning o‘ychan yuzini yana qayg‘u bosdi. Men uning yuzidan katta husndor qizlarda ko‘riladigan bir ulug‘liq tomosha qilar edim va uning o‘z va’dasiga kela olmag‘anlig‘i sirrini onglar edim. Bu yosh farishtani bu holda qoldirishg‘a ko‘nglim bo‘lmadi va dedim:

— Qolg‘anini qachon olib kelasiz? — Bunga ham tez javob bermadi va javobsizlik bilan yana o‘z holini menga arz qilg‘andek bo‘ldi.


— Pul topqanda keltirasizmi? — dedim-da, uning javobini kutmay qo‘liga shohini tutqazdim. Qiz menga ishonmay boshlag‘an edi:


— Menga ishonasizmi?


Men ishonch bildirib o‘lturmadim:

— Uyingiz qayerda?


— Ch... mahallasida.
— Kimning qizisiz?
— Sharif miltiqchining qiziman.
— Otangiz qarib qolg‘anmi?
— O‘lgan. Onam bor.
— Akangiz yo‘qmi?
— Yo‘q. Bitta kichkina o‘g‘ul ukam bor.
— Ismingiz nima?
— Saodat.
Shundan so‘ng Saodatni shohi bilan jo‘natib yubordim. Saodat maning bu ishimga ishonmayg‘ina chiqib ketdi. Xalva shogirdlar: «Tuziksiz-ku usta», deb menga piching otishdilar. Ammo men Saodat uchun har bir og‘irliqni ko‘targundek ko‘rinar edim...

Uy egasi bo‘lg‘an usta Alim hikoyasini to‘xtatib, Otabekdan so‘radi:


Hikoyam uzayib ketdi shekillik, zerikdingizmi?

Otabek uni ortiqcha bir e’tibor bilan eshitar edi, sarxushchasiga:


— So‘zlay beringiz, — dedi. Usta Alim davom etdi:

— Menga uch tanganing ahamiyati yo‘q edi. Ammo Saodat bilan bog‘lanib turishim uchun bu uch tanga ming tanganing ishini qilar edi. Oradan o‘n kunni o‘tkuzib, uch tanga bahonasi bilan Saodatning uyiga bordim. Saodat xolasining uyiga ketkan ekan, onasig‘a o‘zimni tanitib, devor orqaliq anchagina so‘zlashdik: eri o‘lib erkaksiz qolg‘andan, ip yigirib ovqat o‘tkarganidan va qizining kengashmasdan shohi buyurg‘anidan hasrat qilib ketdi; so‘zining oxirida yana bir hafta kutib tu-rishimni iltimos qildi. Bir haftadan so‘ng aloqani uzib qo‘yish maning tinkamni quritaturg‘an bo‘lg‘ani








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling