Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet108/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 106

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Uy egasi oshg‘a savzi bosib, Otabek yonig‘a keldi, ul boshqa hissiyot va fikrlarini vaqtinchag‘a unutib, o‘zini tetiklikka oldi. Uy egasi Otabek yonig‘a o‘lturar ekan, so‘radi:


Sizniki qayerda, mehmon?


— Toshkanddan, mulla aka.
— Ismingiz?
Otabek manglayini qashib olg‘ach, javob berdi:
— Shokirbek...
— Marg‘ilong‘a birinchi kelishingizmi?
— Birinchi kelishim...

— Savdo vajhi bilan kelgandirsiz? — uy egasi Otabekning qiyofat va ust-boshidan savdogarga o‘xshat-qan edi.


— Yo‘q... Man asli Qo‘qong‘a kelgan edim, ammo Marg‘ilonda otam tanishlaridan bittasida ozroq olasimiz bo‘lib, shu kishiga uchrashib ketayin, deb Marg‘ilong‘a o‘tkan edim, — Otabek o‘zining yolg‘on-lashidan o‘ng‘aysizlanib bir oz to‘xtab oldi: — bu kishining qayer-da turishi manga ochiq ma’lum emas edi va Marg‘ilonda boshqa tanishim bo‘lmag‘anliqdan va vaqtning kechligidan adashib qoldim...


Uy egasi kuldi:


— Nasibdan qochib bo‘lmaydi, Shokirbek; bu kun kechasi menga mehmon bo‘lishingiz bor ekan. Uchra-shaturg‘an kishingizning oti nima?

— Komilboy...


Uy egasi o‘ylab turdi-da:
— Bizning bu yaqinlarda bunday kishi yo‘q, ehtimol nariga dahadadir, — dedi va turib oshig‘a qarab ketdi. Otabek o‘zining qip-qizil yolg‘onlashidan vijdoni oldida qizarindi. Ammo ul bir tomondan bunga majbur ham edi, chunki uning qutidor bilan qamalish va o‘lumga hukm etilish tarixi butun Marg‘ilong‘a mashhur bo‘lib, haqiqiy ismini yashirmay aytkanda, ehtimolki boshqa sirlarni ham ochmoqqa to‘g‘ri kelar edi. Uy egasi qozon yonig‘a ketkach, ul ham o‘rnidan turib havlig‘a tushdi. Ayvonning narigi yoni bilan sharqqa qarab kirilaturgan bir yo‘lak orqaliq bir boqchag‘ami, maydongami chiqi-lishini bilib shu yoqqa yurdi va kichikrak bir mevazorga chiqdi. Kechaning qorong‘ilig‘i ustiga mevalarning quyuq yaproqlari qo‘shilishib, bu maydon ayniqsa Ota-bekning hozirgi ko‘ngliga yaqinlashib kelar edi. Uning ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqi’a bilan qanday o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa, bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ila ko‘mgan edilar, ya’ni bunda o‘skan daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin edi. Ul shu qorong‘izor bilan qo‘shilishib ketkandek va qorong‘iliqning quchog‘iga kira borg‘andek mevazorning ichkarisiga yuriy bordi. Va nihoyat butoqlari bag‘rig‘a solinib tush-kan bir daraxtning ostig‘a o‘lturdi va bu o‘lturishda uzoq fursat qotib qolg‘andek harakatsiz edi. O‘n besh daqiqalardan so‘ng ichiga yel qamalg‘an puvvakdek ufff etib yuborgach, o‘rnidan turdi. Boqchaning kunbotari bilan xarobazor imoratlarni yonlab yurdi.

Otabek ayvong‘a qaytib kelganda, uy egasi oshni damlab bo‘lib ayvonda kutib o‘ltirmakda edi.


— Otingizga ozroq johori berib qo‘ydim.


— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, uy egasi nimadir so‘zlamakchi bo‘lsa ham o‘ngg‘aysizlang‘an sumol Otabekka tikilib-tikilib qo‘ymoqda edi.

— Kasbim to‘qug‘uchiliq, Shokirbek, — dedi uy egasi. Otabek so‘zni tugalmaganligini bilib, uning og‘zig‘a qarab turar edi:


— Doim zaxda o‘lturib ishlaganimdanmi yoki o‘zimning tabi’atimda zaiflik bormi, ish qilib nima bo‘lsa ham ko‘p vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman,— dedi va davom etdi, — goho ko‘krak ham og‘rib qo‘yadir. Yaqinlarda tabiblarga ko‘rsatkan edim,








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling