Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet106/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 104

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy





* * *

Uyoq-buyoqdan shom azoni eshitila boshlag‘an edi. Ma’lum otliq qutidorning darbozasida otini to‘xtatdida, o‘ng oyog‘ini uzangudan uzdi. Shu vaqtda shom namozidan qolmas uchun shoshilishib qutidor ham yo‘lakdan chiqib keldi. Otini ko‘chaning o‘rtasida qoldirib, qayin otasi bilan ko‘rishmak uchun yugirgan kuyavi oldida namozini ham unutkan qutidor dag‘-dag‘ titrab to‘xtag‘an edi. Ko‘rishmak uchun o‘ziga uzatilg‘an qo‘lni bo‘sh havoda qoldirib, darbozasi yonig‘a bordi. Bunday muomala oldida Otabekning qanday holda qo-lishi izohka uncha muhtoj bo‘lmasa kerak. Ul turgan joyida qoziqdek qoqilib qolg‘an edi. Qutidorning oldig‘a yurishnida bilmas, so‘zlashka ham tili kelmas edi.


Bu qanday harakat, ota?


Qutidor titroq va hayajonli bir tovush bilan:
— Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q, uyatsiz bilan so‘zlashishka ham toqatim yo‘q... Boringiz, ma-ning eshigim yonida to‘xtamangiz! — dedi-da, o‘zini ichkariga oldi va darbozani yopib shildir-shildir zanjirini bog‘lay boshladi...

Otabek esini boshig‘a yig‘ib, mixlang‘an yeridan qo‘zg‘alg‘anda shom namozi o‘qulib bitkan, kishilar uylariga qayta boshlag‘anlar edi. Ul moshinavori kelib otig‘a mindi va «chuh» dedi, lekin ot qo‘zg‘almadi. Ikki-uch qamchidan so‘ng tolg‘a bog‘lang‘an tizgin shart etib uzilib ketkach, boya yurib ketkan otini o‘tkunchilardan bittasining bog‘lab turg‘anini esladi. «Chuh» dedi. Ot ko‘chaning sharqig‘a qarab ketdi.


Bu ketishda uning hushi o‘zida deb aytish qiyin, shuning uchun otning boshini qayoqqa qarab solg‘ani ham belgulik emas, ehtimolki unga hozir ot yursa bas bo‘lg‘ay. Ot ko‘chaning ayrilishig‘a yetib «endi qayoqqa yuramiz» degandek to‘xtag‘an edi, egasi yana «chuh» deb javob berdi. Ot shimolga qarab burildi. Bu ko‘cha bilan uzoq yurgach, oltinchi faslda o‘qug‘uchi bilan ta-nishdirilg‘an B... mahallasiga chiqib, ot yana qay tomonga yurishni so‘rab to‘xtadi.

— Chuh.
Ot ko‘chaning sharqig‘a yurib o‘qug‘uchig‘a ma’lum burchakdagi ikkita eshikdan ham yana shimolga burib, tor ko‘cha bo‘ylab uzoq ketdi. Vaqt xuftanga yaqinlashib qolg‘anliqdan qorong‘i o‘bdan tushkan edi. Ot o‘zining bu galgi to‘xtashida egasining chuh-chuhiga ham sirt berib turib oldi va Otabek ko‘zini ochib yo‘l qarashg‘a majbur bo‘ldi. Otning tor ko‘chaning nihoyatiga yetib yo‘lsizlikdan to‘xtalg‘anini onglag‘ach, o‘tkan ishlardan o‘ziga hisob bera boshladi. Qayin otasi eshigida otini yo‘lga solg‘anini bir oz eslasa ham boshqasini bilmas edi. Har holda Marg‘ilonning chetrog‘idagi boshi berk ko‘chada va katta bir darboza yonida turg‘anlig‘ini tushundi. Otning boshini burishni-da, burmasni-da bilmay bir oz o‘ylab to‘xtadi. Ul o‘ylab turg‘anda darboza ichkarisidan ikki kishining xayrlashib ajralishqanlari sezilar edi. Ichkaridagi oyoq tovushi darbozaga yaqinlasha bergach, ul chiqg‘uchig‘a xalaqit bermas uchun otining boshini chetka burdi. Otabek to‘xtag‘an o‘rin to‘rt tomondag‘i imoratlar bilan o‘bdan qorong‘i, shuning uchun darbozadan chiqg‘uchining faqat boshidag‘i oq sallasidan o‘zgasi ko‘zga ilinmas edi. Chiqg‘uchi darboza yonida turg‘an otliqdan cho‘chibmi va yo o‘zichami so‘radi:


— Kim otda turg‘an?


— Man, — dedi Otabek va o‘zining mantiqsiz javobidan o‘ng‘aysizlanib tuzik javob berishka og‘zini jo‘blag‘an ham edi, chiqg‘uchi «siz kimsiz?» degan savol bilan uni to‘xtatib qo‘ydi.

— Man... bir musofir g‘arib, — deb javob berdi-da, negadir tomishka intilgan ko‘z yoshisini kuch bilan to‘xtatib qoldi. — Marg‘ilong‘a shom vaqtida kirgan edim, ko‘zlagan joyimni topolmay adashdim...








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling