Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet128/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 126

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



taqdim qilar edi. Boyqushlar uyasi bo‘lg‘an ikki tup chinorning qarshisida gunbazga ro‘baro‘ qilib so-ling‘an ayvon-ziyoratxona bor, ammo oy tik ko‘tarilganlikdan ziyoratxona ichi qop-qorong‘i edi. Chinor shoxlari tasbeh kabi chizilg‘an boyqushlar bilan to‘lg‘an. Ular oy nuridan uncha xursand emaslar, chunki oy yer yuziga kulib qaray boshlasa, ular boshlarini kaftlari ichiga oladirlarda, dum-dumaloq bo‘lib siqilib ketadirlar. Oy bulutlar ostig‘a kirsa, ular rohatlang‘an kabi chig‘-chig‘-chig‘, ki-ki-ki qilib sayrab ham yuboradirlar. Bu vaqt shu boyqushlar sayrog‘i ichidan ingranish kabi bir tovish ham eshitilgandek bo‘ladir.


Masjid manorasidan ruhoniyyat yog‘dirib munglik azon tovshi eshitildi-da, uyqu quchog‘ida yotqan tabi’at uyg‘onib javob bergan kabi jong‘irab ketdi. «Ollohu akbar»ning so‘ngg‘i takrorida Otabek ziyoratxona ayvonidan tushdi-da, shildirab oqib turg‘an ariq yonida tahorat olishka o‘lturdi...


13. KULIB QARAMAG‘AN BAXT

Endi uning umidi ortig‘i bilan uzilg‘an esa-da, yuragining yonishi bosilurliq emas edi. Ilon chaqqan kishidek dovdir va besaranjom ko‘zlari bilan tevarakka bejo-bejo nazar tashlar edi. «Nihoyat, otasi o‘z muddaosiga yetdi, qizini yangi kuyavga topshirib tinchlandi, kecha kechasi u...» der edi-da, mundan keyingi og‘ulik haqiqatini bir turlik ham o‘ziga singdira olmas va buni o‘ylamaslikka tirishib va o‘zini alaxsitmoqqa o‘la tevaragiga bejo-bejo nazar tashlar edi.


Endi Marg‘ilon qatnab yurishlarg‘a xotima berilgandek va Marg‘ilon ham undan «tag‘in mendan nima ilinjing bor?» deb so‘rag‘andek bo‘lar edi. Ul «Xo‘ja Ma’oz»dan chiqib to‘g‘ri usta Alimnikiga qarab borar edi va u yerdan otini minib umrlikka Marg‘ilon bilan vidolashmoqchi edi esa-da, oshna bir kimsa uning ko‘z o‘ngiga ko‘ringandek va begona rahmsiz bir yigitning quchog‘idan qutilish uchun undan imdod so‘rag‘andek bo‘lar edi.


Usta Alim eshigiga yetayozdi. Tom bir ma’yusiyat ichida boshini quyi solg‘an edi, o‘tib turg‘uchlarni payqamas, laxja cho‘g‘ kabi yonib turg‘an yurak o‘ti bilan sarxushdek edi. Qarshidag‘i Sodiqning eshigidan chiqg‘uchini ham payqamay qoldi va bir qarab olsa ham tanimag‘an edi. Otabek usta Alimnikiga kelib kirgach, Sodiqnikidan chiqg‘uchi Homid uning orqasidan qarab yo‘l ustida qotib qoldi...




* * *

Shokirbekning kecha ertalab chiqg‘anidan beri daraksiz ketishiga tashvishlanib o‘lturgan usta Alim uni yo‘lakda ko‘rishi bilanoq so‘radi:


— Eyyy, barakalla sizga, Shokirbek, qayog‘larda qolib ketdingiz? Juda ham tashvishlandim-da o‘zim... Nega bir kunda bunchalik o‘zingizni oldirib qo‘ydingiz?


Chindan ham ul o‘zini tanilmaslik darajada oldir-g‘an, o‘lat tekkan kishilardek ko‘zlari ichiga cho‘kib ketkan edi. Kirtaygan ko‘ziga kuch bilan kulgi tusi berdi.


— «Xo‘ja Ma’oz»ga borg‘an edim...


— Nima uchun?
— Tunashka.
Usta Alim taajjub ichida yana bir qat uni kuzatib chiqdi:
— Tunadingiz?..
Otabek ayvon peshonasiga o‘lturar ekan, ustani shubhada qoldirmas uchun dedi:
— Ko‘bdan beri bir tunasam, degan xayolim bor edi.
— Buzrukdan so‘rayturg‘an tilaklaringiz bor ekanda,— dedi usta Alim va kuldi. Bu vaqt ikkisi ham yo‘lakda yurib kelgan oyoq tovishig‘a qaradilar. Qo‘pol qilib boshig‘a salla o‘ragan, ustag‘a o‘xshash rangsizgina bir yigit kirib kelar edi. Usta Alim kelg‘uchining






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling