Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 128
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy o‘zim nimagadir urinib kechroq qolib bordim. Darbozadan kirishim bilan ishxona ichidan kim-ningdir yig‘lab-yolborg‘an tovshini eshitib ajabsindim va ishxona eshigini ochib kirsam, imonsiz Homid qay-nimg‘a zo‘rliq qilib turg‘an ekan. Eshik ochilish bilan cho‘chib Sayfini bo‘shatdi-da, menga qaradi. Men achchig‘imdan nima deyishni bilmay qolg‘an edim. To‘ng‘uz ishxonadan chiqib boshlag‘an edi: «Sen bilan otangg‘a yigirma yillab xizmat qilib, nihoyat sendan ko‘rgan yaxshilig‘im shu bo‘ldimi?» dedim. Churq etmay chiqib ketdi. Nimagadir, siz, Karim va Ortiqboylar ham ishxonaga kelmagan ekansizlar. To‘ng‘uz vaqtdan foydalanib Sayfiga yopishqan ekan. Mana, oramizdan o‘tkani shul. Uning orqasidan men ham Sayfini olib chiqib keldim-da, ikkinchi uchrashmay uyga do‘kon qurish harakatiga tushdim, — dedi. Usta Farfi ham ustakorning bu qilig‘idan nafratlangan edi: — O‘bba padarla’nati, hali shunaqa ish qildi deng-chi? O‘zi odam emas, hali bu uning hunarlarining eng pachog‘i, — dedi va tovshini sekinlatib davom etdi: — badbaxt, aqllar ishonmasliq darajada bo‘lgan har bir yomonliqlarni qilar ekanki, biz bilmas ekanmiz. Otabek usta Alimning hikoyasini iltifot bilan eshitkan edi. Shuning uchun undan so‘radi: — Bu qanday Homid, qora cho‘tir kishi emasmi? Men hali uni qo‘shningiz uyidan chiqg‘an holda ko‘rgan edim. Usta Alim ajabsinib Otabekka qaradi: — O‘sha-o‘sha, siz uni qayoqdan taniysiz? — Uning bilan allaqayerda so‘zlashkanim bor edi. Usta Farfi Otabekka kulgi aralash qarab olib dedi: — Bo‘lmasa, uning qo‘lansa so‘zlariga xo‘b zavqlan-g‘andirsiz. Otabek ma’nolik qilib iljaydi. Ularning so‘zi shu yerga yetkanda ro‘ymolda tugiglik bir narsa ko‘targani holda Sayfi kirib keldi, salomdan so‘ng usta Farfi bilan ko‘rishdi va Otabekka qarab dedi: — Kecha sizni kuta-kuta oshlarimiz sovib qoldi, bek aka. — Men bu kungami, deb o‘ylabman, — dedi kulib Otabek. Sayfi hovliqib bir narsa deyishka hozirlanar edi: — Bu kun kechasi hammomning og‘ilida biravni o‘ldirib ketibdirlar, — dedi. — Kimni? — deb so‘radi usta Alim. — Kim ekanini bilmadim. Usta Farfi javob berdi: — Kelishimda qo‘rboshilar boshliq o‘lukni aravaga ortar ekanlar, o‘ldirilgan Salim sharbatdorning o‘g‘li bechora Komilbek. — Tavba, — deb qo‘ydi usta Alim va so‘radi: — o‘ldurg‘uchi ushlanganmi? — Ushlanish qayog‘da, o‘lukning o‘zini qidira-qidira zo‘rg‘a yarim kechada topqanlar, — dedi usta Farfi. Otabek bu xabarni sovuqqina eshitib o‘lturar edi va fotiha o‘qub turishka hozirlanar edi. — Gumondor bormi? — dedi usta. — Gumondor-ku yo‘q, ammo bechoraning o‘lumi juda qiziq kunga to‘g‘ri kelishi ajib, — dedi usta Farfi va davom etdi: — Kecha Komilbekning Mirzakarim aka-ning qizi bilan nikohlari bo‘lmoqchi ekan. Bechora nikohdan ikki soat chamasi ilgariroq yonig‘a bir o‘rtog‘ini olib hammomga borg‘an va bir onda hammom ichidan yo‘qolg‘an, hatto uning yonidag‘i kishi ham qayoqqa ketkanini sezmay qolg‘an. Qiznikida hamma tajammulni tayyorlab, Komilbekning otasidan tortib nikoh qila-turg‘an qoziyu quzzotlarg‘acha kuyavni kutib o‘lturar ekanlar. Bir vaqtda haligi birgalashib hammomga tushkan yigit hovliqib qiznikiga kelgan, kuyav kutib o‘ltirganlar kuyavdan darak so‘rasalar, ul ulardan kuyavni so‘rag‘an va voqi’ani aytib, hammomda kiyimlarini ham qoldirib bir onda |
ma'muriyatiga murojaat qiling