Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet132/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 130

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Bilaman, hamma vaqt yurish-turishi o‘shaning bilan edi.


— Bali, — dedi usta Farfi, — O‘sha Umarbek bilan oralarig‘a yaqinda bir sovuqliq tushdi-da, mundan o‘n kuncha ilgari Homidning bir mudhish vahshati to‘g‘risida Umarbekdan bir sir eshitdim. Homid Komilbekni o‘ldirganda ustida bo‘lmag‘an bo‘lsam ham, ammo haligi eshitkan sirimnnig dalolatiga qarab albatta Komilbekning qotili Homid degan fikrga tushdim... Siz mundan uch yilcha ilgari Marg‘ilon kelib Mirzakarim akaning qizig‘a uylangan Otabek ismlik toshkandlik bir yigitni haligi qayin ota bo‘lmish Mirzakarim aka bilan qamalib, osilishg‘a hukm qiling‘anlarida dor ostidan qutqarilish voqi’alarini xotirlaysizmi?.. Albatta yodingizda bo‘lsa kerak, hov, biz Sariboyning do‘konida choy ichishib o‘lturg‘an edik-ku, yodingizga tushdimi?
— Esimda bor, esimda bor, — dedi usta Alim va Otabekdan so‘radi, — balki siz tanirsiz, Toshkandda mashhur bo‘lg‘an Yusufbek hoji deganning o‘g‘li.

— Taniyman, — dedi Otabek va hikoyani buncha uzoqdan solg‘ani va o‘z ustida gap yurgizgani uchun tong ajab ichida usta Farfining og‘zig‘a qarab qotqan edi.


Usta Farfi yarim-yarim tovishda davom etdi:


— Ana shu yigitning olg‘an xotini juda ham nozanin bir qiz bo‘lib, bu qizg‘a bizning Homid ham xaridor ekan. Halig‘i Otabek qizg‘a uylanib qo‘yg‘ach, bizning Homid tikanga ag‘nab, oradan Otabek bilan Mirzakarim akani ko‘tarish fikriga tushkan va bo‘lmag‘an chaqimchiliqlar bilan ularni dor ostig‘acha tortishg‘a muvaffaq bo‘lg‘an... (So‘z bu yerga yetkanda, Otabek bilintirmaslik qilib bir entikib qo‘ydi). Usta Farfi davom etib dedi: — Ammo xudoning haqini nohaq qilmaslig‘i so-yasida bir maktub sababi bilan kutmagan joyda dor ostidan najotka chiqg‘anlar. Bular oqlang‘ach, Homidning o‘zi qamalaturg‘on bo‘lib ammo qo‘rboshining yordami orqasida Qo‘qong‘a qochib qutilg‘an va ul yerda ham tinch yotmay O‘tabboy qushbegini poraxo‘rlikda ayblab, Musulmon cho‘loqqa ariza bergan, — dedi va so‘zini bu yerda to‘xtatib ustadan so‘radi: — O‘zingiz ham bilsan-giz kerak, Homid bir kecha yo‘qolib, uch oylab bedarak ketkan va uni qo‘rboshi yigitlari qidirib yurgan edilar.

Usta Alim tasdiq ishorasini berib:


— So‘zlay beringiz, — dedi. Ammo Otabek bu dahshatlik haqiqatni eshitmakda bo‘lg‘an quloqlarig‘a ishonmas va o‘zini kuch orqasida tutib turar edi.

Usta Farfi tovshini sekinlatib davom etdi:


— Homidning Musulmon cho‘loqqa bergan arizasidan so‘ng Otabek bilan O‘tabboy qushbegi Qo‘qong‘a chaqiriladirlar-da, so‘roqdan so‘ng yana oqliqqa chiqadirlar.

Ammo Homid uch oylab Marg‘ilon kelalmay yurgach, nihoyat yana qo‘rboshining yordami bilan kelishka ham muvaffaq bo‘ladir. Biroq Homid hanuz tinch yotolmaydir. Fursati kelishi bilan yana bir yomonliq qilmoqqa, qutidorning qizini o‘ziniki etishka o‘ylab yuradir. To‘ng‘izning baxtiga bu fursat ham to‘g‘ri kelib, yana yomonliqqa yuz qo‘yadir. Shundoqki, Otabekning Toshkanddan ham uylanganini bilib, uning tilidan bir taloq xati yozdiradi-da, Mirzakarim akanikiga kirguzadir.


Otabek o‘zini nechog‘liq bosib ushlab kelgan bo‘lsa ham, lekin endi ichidan qaynab toshib ketkan hissiyo-tini bosolmadi — «vijdonsiz, to‘ng‘uz!» dedi-da, ixti-yorsiz o‘rnidan turib ketdi. Usta Alim ham o‘zini tinch tutolmadi, «Badbaxt, kofir!» deb qo‘ydi. Otabekning o‘zgarishidan usta Farfi shubhaga tushayozg‘an bo‘lsa-da, lekin usta Alimning ham unga qo‘shilishi uni o‘yla-tib turmadi, Otabek qaytib o‘rniga o‘lturg‘ach, ul davom etdi:


— Bu soxta taloq xati to‘g‘risida Otabekning nima qilg‘anlig‘i Homidga ham ma’lum bo‘lmaydir. Lekin ish Homidning o‘ylag‘anicha natijalanib, bir necha vaqtdan so‘ng Mirzakarim akaning qizini taloq qilinishi xabari chiqib qoladir. Oradan uch-to‘rt oyni o‘tkazub, bizning Homid Mirzakarim akanikiga sovchi kirguzadir. Ammo Mirzakarim aka








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling