Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet129/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 127

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



istiqboli uchun o‘rnidan turdi: «Eyy, usta Farfi, keling-keling, bormisiz!» dedi. Usta Farfi salom berib, usta Alim bilan ko‘rishdi. Otabek ko‘rishishga hozirlanmagan ham edi, ammo kelguchining o‘zi qo‘l uzatdida, «salomatmisiz, mehmon» deb ko‘rishib oldi. Ayvong‘a o‘lturgach, fotiha o‘quldi. Usta Alim kelguchini xush omadi qilar ekan:


Siz ham kelar ekansiz-a, usta Farfi, — deb pi-ching otib qo‘ydi. Sog‘u salomatlik so‘ralib bo‘ling‘andan so‘ng usta Farfi qarshidag‘i yangi qurilg‘an to‘quv do‘konlariga ishorat qilib dedi:


— Ishlar katta-ku, usta. Do‘konlarni ham qurib yuboribsiz.


— Do‘konni qurg‘animizg‘a endi o‘n besh kuncha bo‘lib qoldi. Fotiha o‘qishg‘a kelarmisiz, deb kutdim, shu choqg‘acha daragingiz bo‘lmadi.

— O‘zingizning boshingizdan o‘tkan, usta, — dedi biravning kafilini olg‘andan so‘ng ishni tashlab chiqish qiyin, jum’aning sharofatlari bilan oshna-og‘aynilarnikiga borilmasa boshqa iloji yo‘q, axir o‘zingizning ham boshingizdan o‘tkan-ku.


— Yo‘q-yo‘q, — deb kuldi usta Alim, — men sizga o‘xshab do‘konning ustida sira tuxum bosqan emasman, simkorni ko‘zim qiymaydir desangiz, men ishonar edim.


— Bu gapingiz to‘g‘ri, — dedi kulib usta Farfi, — jo‘jalari tushkir yildan-yilga ko‘payib boradirlar, qozonni suvga tashlag‘an kunimiz janjal.


Usta Alim dasturxon yozish uchun hujrasiga kirganda usta Farfi Otabekka qaradi.


Sizniki qayerdan, mehmon?
— Toshkanddan.
— Juda yaxshi, qani yuqoriga chiqing, mehmon, — dedi. Otabek rahmat aytib joyidan qo‘zg‘almadi. Usta Farfi uni yana bir qat ko‘zdan kechirib olg‘ach, cho‘k-kalashini buzib chordana qurib oldi. Dasturxon yozilib, ertangi nonishta uchun damlab qo‘yilg‘an choy olinib kelindi. Usta Alim Shokirbekni yuqorig‘a chiqishg‘a qistasa ham ul kavshini yeshmay eskicha o‘ltura berdi. Un-dan-bundan so‘zlashib choy ichishka boshladilar. Usta Alim bilan usta Farfining so‘zlaridan ilgarida bir ustakor-nikida ishlaganliklari, mundan yigirma kunlar burun usta Alimning ustakor bilan nima uchundir urishkanligi va shundan so‘ng o‘z uyiga do‘kon qurib o‘zicha ishlay boshlag‘anlig‘i onglashilar edi. Usta Farfi undan achchig‘lanish sababini so‘rasa ham ul qanoatlandirarlik javob bermas, faqat «yomon odam ekan, to‘ng‘iz» bilan kifoyalanar edi. Shu vaqt Otabek qo‘lidag‘i piyolasini bo‘shatdi-da, usta Alimga dedi:

— Endi menga ruxsat berasiz, usta. Men jo‘nayman.


Usta Alim ajabsinib unga qaradi va:
— Nega tag‘in ketmakchi bo‘lib qoldingiz? Uch-to‘rt kun turmoqchi emasmi edingiz? — deb so‘radi.

— Marg‘ilondag‘i ishlarim bitib qoldi, o‘zim ham zerikib boshladim...


— Bo‘lmasa choy tugalsin, shundan so‘ng sizga ruxsat,— dedi usta Alim va bir piyola choy to‘ldirib berdi. Otabekning izn so‘rashi bilan bo‘linib qolg‘an savolini usta Farfi davom etdirdi:

— To‘g‘risini aytingiz-chi, usta, nima uchun ustakor bilan achig‘lashdingiz?


— U sizga aniq aytmadimi?
— Aytmadi. So‘rasam, gapni boshqa tarafka chalg‘i-tadi.
— Imonsiz, aytishka uyalg‘an, — dedi usta Alim va kimgadir nafratlanib qarag‘andek bujmayib qo‘ydi.

— Haytovur siz bilan achchig‘lashqan sababini so‘ra-sam, gapni chetka buradi.


Usta Alim qo‘lidag‘i piyolasini qult etib bo‘shatdi-da, ustakori bilan achchig‘lashish sababini so‘zlab berdi:

— Men Homidning qaynim Sayfiga yomon ko‘z bilan qarab yurganini sal-pal sezib yurar edim... Urisha-turg‘on kunimizning ertalabida Sayfini ilgariroq ishka jo‘natdim-da,








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling