Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 120
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy tushunishka tilamabsizmi, haytovur yana ham eski erkaliklaringizni tark etmabsiz. Xatingizni o‘qur va o‘zimni kulgidan to‘xtata olmas edim. Orzuga ayb yo‘q, deydirlar. Chekdan oshib qilg‘an hujumlaringiz eski qadrdonlig‘ingiz otig‘a kechiriladir. Endilikda sizga mendek vafosiz va hiylagar bo‘lmag‘an yangi er topilg‘ay edi, deb addoi Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li, 26 javzo, 1265-nchi yil, Toshkand». Maktub uning yurak jarohatini qaytadan tirnab tashlag‘an edi. Ko‘z yoshini duv-duv to‘kib, xatni o‘z taxig‘a soldi va o‘zidan javob kutib turg‘an achasi bilan onasig‘a dedi: — Men bu uyatsiz yirtqich bilan yarashmoq uchun umid tutmayman, shuning bilan birga er ham qilmayman! — Nega? — deb so‘radi onasi. — Negami? — dedi Kumush va yig‘lag‘an ko‘yi javob berib boshladi: — Negaki men o‘zimning suygan va muhabbat qo‘yg‘an erimdan buncha uyatsizlik, bu yanglig‘ vafosizlik ko‘rdim. Endi er degan shu bo‘libdimi? Mundan ko‘ra dunyodan toq o‘tkan yaxshiroq, yolg‘iz yurgan tinchroqdir. Shuning uchun qizingizg‘a er otidan so‘zlamang-da, yafroq kabi titrayturg‘an yuragiga dahshat ham solmang! Bu so‘zdan so‘ng Oftob oyimning onaliq ko‘ngli erib ketkan, ichkarida javob kutib o‘lturg‘uchi sovchilarg‘a qanday bahona topib kirishni-da o‘ylab ulgurmag‘an edi: — Yig‘lama, — dedi. Kumushni mehmonxonada qoldirib onasi bilan chiqdi. * * * Salim sharbatdorniki qutidorg‘a nihoyatda ma’qul tushib qolg‘an edi. Shuning uchun xotini va qizidan so‘rab o‘lturmay bir kun do‘konidan erkak sovchilar bilan bitishib ham keldi va xotinig‘a «men bu kun fotiha qilib keldim, nima bo‘lg‘anda ham endi qizingni ko‘ndirmasang bo‘lmaydir», dedi. Ammo Oftob oyim-ning er otini eshitkanda titray boshlayturg‘an qizi bilan uchrashmoqqa aslo toqati yo‘q, erining bu so‘zini eshitkanda tamom o‘zini yo‘qotqan edi. Ul qizini ko‘ndirish uchun qutidorg‘a va’da berganda o‘z holini ikki yoqdan o‘qtanilg‘an xanjar orasida qolg‘uchig‘a o‘xshatar, qaysi tomong‘a qimirlasa ham muhlik yara olishini aniq bilar edi. Shu kundan so‘ng bechora ona-ning og‘ir kunlari boshlandi. Eriga bergan va’dasini aslo bajara bilmas, bul haqda qizig‘a og‘iz ochib so‘zlay olmas edi. Har kun bozordan qaytib kelib birinchi so‘zi «ko‘ndirdingmi?» bo‘lib qolg‘an eridan tuni bilan koyish eshitar va kunduzlari Kumushka og‘iz ochishg‘a yuraksina olmay azoblanar edi. Bir necha kundan so‘ng qutidor ham endi o‘z xatosini onglag‘an, chunki har kun deyarlik Salim sharbatdornikidan kelib to‘y kunini so‘rag‘uchi kishiga turlik-turlik bahonalar ayta berib zerikkan va uyatidan do‘konga tushishni-da tark qilish fikriga kelayozgan edi. Bir kun do‘kondan nihoyatda achchig‘lanib qaytdi va Oftob oyimni umrida eshitmagan so‘kishlar bilan so‘kdi: «Qizingni deb shaharda bosh ko‘tarib yurolmayturg‘an bo‘ldim. Ko‘ndirsang ko‘ndir, bo‘lmasa mendan umi-dingni uz, men endi sanlarning dastingdan shahardan qochib ketmasam bo‘lmaydirg‘an darajaga yetdim!» dedi. Ertasi kun bechora ona qizig‘a mash’um mavzu’dan so‘z ochishg‘a majbur bo‘ldi. Qizining yonig‘a o‘lturib so‘zlash o‘rniga yum-yum yig‘lay boshladi. Kumush esa onasini bu holg‘a solg‘an sirdan voqif, shuning uchun yig‘i sababini so‘rab o‘lturmay, ul ham ko‘z yoshisi bilan yuzini yuvmakka tutindi. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari bitkuncha bo‘zlashdilar. — Bu kunlardan ko‘ra dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi. Bu tirikligimdan ko‘ra, o‘lib ketkan bo‘lsam edi! — dedi oxirda Oftob oyim. — Yanglish so‘zlaysiz, onajon! — dedi Kumush va: — Siz dunyoda turishka loyiq edingiz, lekin sizning dunyo-dan to‘yishingizga va qon-qon yig‘lashingizga sababchi men bo‘ldim. Men siyoh baxt dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi, sizga munchalik kulfatlar, |
ma'muriyatiga murojaat qiling