Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet93/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 91

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Xayr, endi nima qilmoqchisiz?


— Nima qilishim kundan ham ravshan, — dedi O‘zbek oyim va tamom qanoat va ishonch bilan boyag‘i maqsadni takrorladi: — o‘zingga aytkanimdek, Mar-g‘ilondag‘i hindi domlaning o‘zidan bir martaba qaytariq qildirsaq marg‘ilonliqning sir-jodulari botil bo‘lib, Otabek o‘z-o‘zidan andini taloq qilib yuboradir...

— Siz marg‘ilonliq hindi domlaning o‘g‘lingizga qilgan jodusini qaerdan bildingiz? O‘zbek oyim bu savol bilan o‘zining kashfidan bir oz shubhalandi-da, ishonchsizroq


qilib:
— O‘zim bildim, — dedi.


— O‘zingiz qayoqdan bilasiz, axir birav aytkandir sizga?


— O‘z aqlim bilan topdim.
Hasanali o‘zini tutolmay kulib yubordi:
— Lekin shunga qolg‘anda aqlingiz bir oz yanglishibdir...
— Nega?
— Negaki ikki o‘rtada sihirchi hindi ham yo‘q, sihir qildirg‘uchi marg‘ilonliq ham, Otabek ham sihirlangan emas.

— Nega bo‘lmasa Otabek hadeb uylansa ham Mar-g‘ilonga oshiqaberadir?


— Buning sababini hali ham bilmaysizmi?
— Bilaman, sihir-jodu quvvati.
— Joduni kim qildiradir?
— Qayin otasi, qayin onasi, qolabersa xotini.
— Yanglishasiz, oyi.
— Nega yanglishaman?
— Sihir-jodu qilishdan ularning maqsadi nima, deb bilasiz?

— Kalvak o‘g‘limning aqlini o‘g‘irlab, pulini yemakchilar.


— Pulini yemakchilar? — deb kuldi Hasanali. — Marg‘ilonlik qudalaringizning davlati oldida biznikini yo‘q, desa bo‘ladir. Undan keyin men yaxshi bilamanki, ular Otabekka uch pullik ham ro‘zg‘or qildirmaydirlar. Buni o‘zim yaxshi bilganimdek o‘g‘lingizning o‘zidan ham «ularning ro‘zg‘or qildirmag‘anlaridan juda siqilaman» degan so‘zini necha qayta eshitdim. Shuni ham yaxshi bilmoq kerakkim, o‘sha jodugor qudalaringiz yomon kishilar bo‘lg‘anlarida Otabekni Toshkanddan uylantirish siz o‘ylag‘ancha qulay ish bo‘lmas edi. O‘g‘lingizning Marg‘ilon borg‘andan so‘ng va’dasidan aynaganini albatta hojidan eshitkan bo‘lsangiz kerak...

O‘zbek oyim yengilayozgan bo‘lsa ham, ayniqsa Hasanalidan til qisib qolg‘usi kelmas edi. Go‘yoki shuncha o‘tkan gaplarga qiymat bermagandek:


— Men buning sirrini endi xo‘b bilib oldim, — deb qo‘ydi.


Hasanali kuldi.
— Bilsangiz ham yanglish onglabsiz, chunki buning sirri siz o‘ylag‘ancha emas.
— Qandog‘?

— O‘g‘lingizning har zamon Marg‘ilong‘a oshiqmog‘i... ayniqsa bu gal qayin ota, qayin onalaridan andisha qilibdir. Undan keyin...


— Undan keyin?


— Undan keyin katta keliningiz o‘g‘lingizning ko‘z ochib ko‘rgani.
— Ko‘z ochib ko‘rgani? — dedi O‘zbek oyim va isteh-zolanib kuldi. — Zaynab o‘sha marg‘ilonliqcha bo‘lmapti, degin?

— Men qayog‘dan bilay... Ehtimol o‘g‘lingizcha shundaydir...


— O‘zing ularning ikkisini ham ko‘rgansan, indallo so‘zla: ulardan qaysi birisining husni ortiq?

Hasanali bu savol qarshisida nima deb aytishka bilmay qoldi...








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling