Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. JODUGAR HINDI
www.ziyouz.com kutubxonasi 87
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Sizga nazrim bor. Bu so‘zni eshitib, devona yo‘lg‘a tushdi. Ko‘z og‘rig‘i uning ketidan yugirdi va: — Mang! — deb pul ko‘rsatdi. Devona iltifotsiz ketabergan edi: — To‘xta deyman! — deb do‘q urdi. Devona narida to‘xtadi: — Kelma, kelma, ko‘z og‘rig‘i! Ko‘z og‘rig‘i o‘n adimcha narida turdi: — Hali, kim o‘g‘lini uylantirdi, deding?.. — Kim uylantirdi, deding? — Aytding-ku choyxonada!.. — Aytding-ku choyxonada... — Belboqni qayerdan olding? — Buving berdi. — To‘g‘ri ayt! — To‘yga keldingmi? — To‘yga keldim... — Yusufbenikigami? — Yusufbenikiga. — Belbog‘ing yo‘qmi? — Yo‘q. — To‘y o‘tkanda kelibsan. — Yusufbe qaysi o‘g‘lini uylantirdi? — Nechta o‘g‘li bor? — Nechta o‘g‘li bor! — Bitta... Qorategindan keldingmi, opang omanmi? — Omon... qachon uylantirdi? — O‘zing uylanganmisan?.. Qorategindan necha kunda kelding? — Besh kunda. Qachon uylantirdi? — Eshakka minibmi, yayov? — Eshakka minib. — Nashang bormi? — Bor. — Qitta ber-chi. — Beraman, oldin ayt; qachon uylantirdi? — To‘y o‘tkanda kelibsan, tentak... Manga-chi, bir tog‘ora osh tegdi. — Bozordan osh olib bersam yeysanmi? — Yuzingga qachon chechak chiqdi? Ko‘z og‘rig‘i bu tutal so‘zlardan asabiylashib ketdi: — Qachon uylantirdi deyman? — To‘y o‘tkanda kelibsan dedim-ku... Bir hafta bo‘ldi, o‘n kun bo‘ldi, bir oy bo‘ldi. Ha, ha, charlari endi bo‘lar emish... charlarga bor. Qorategin. — Toshkanddan uylantirdimi? — Xi, xi, xi, ahmoq. Toshkanddan bo‘lmay, Qorategindan uylantirsinmi? Shundan keyin ko‘z og‘rig‘i choyxonaga qaytdi... 4. JODUGAR HINDI Qayin otasining og‘rig‘an kasalidan tuzala olmay va yo tezroq o‘lib tiriklarni qutultirmay «charlar» balosi bilan o‘zini ipsiz bog‘lang‘ani uchun so‘ng chekda si-qilg‘an, shunga ko‘ra onasig‘a achitib so‘zlamakda edi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling