Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet88/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 86

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Dadam musallas qovoq, oyim mosh qovoq, men bel qovoq... — dedi. Kulishdilar. Ermakchilardan bittasi yuqorida osilg‘an qovoqni ko‘rsatib ajablandi:


— Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya?


Devona suyukli qovog‘ini so‘rida ko‘rib quvona ketdi:
— Voy xo‘varingni... jinnilar, voy esi yo‘q xo‘varilar! Qovog‘imni ber jinnilar!
— Tuzik-tuzik, avliya. Qovog‘ingizni tushirib bersam nima berasiz?
— So‘rag‘aningni ol, jinni... Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot min, jinni...

— Men Oyim qishlog‘ining bekligi uhdasidan chiqolmayman. Qovoqlaringizning kasbini aytib bersangiz bo‘ladi manga. Devona bu shartka ko‘ndi, qovoq tushi-rilib, devonaning qo‘lig‘a eson-omon tegdi. Mahbuba ortiqcha bir ehtiyot va e’tibor bilan belga — boshqa yo‘ldoshlari yonig‘a tugildi.


— Qani, endi bo‘lsin, devona!
Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib: — Manov Musulmon cho‘loq, — dedi, uning yonidag‘i kichkina tomosha qovoqni turtib: bunov, Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), — dedi, suv qovog‘ini erkalab «Nor kalla» (Normuhammad qushbegi), — dedi. Qolg‘an ikkita silliq qovoqchalarni «nosqovoq, yupqa tomoq», deb qo‘ydi. Ermakchilar ku-lishdilar. Bu qovoq o‘g‘rilari ichidan tezroq qochib quti-lish uchun ketishka intilgan edi, biravi ushlab qoldi.

— To‘xtang hali, gap bor! — devona so‘kinib to‘xta-di.— Manavi belingizdagi belboqni qayerdan o‘g‘irlab oldingiz?


— Qo‘y, juvonmarg bo‘g‘ur!


— O‘tkan kuni o‘g‘irlatqan belbog‘ing shu emasmi, Karimqul? — deb yonidag‘ig‘a qaradi ermakchi.

— Ha, ha, xudda o‘g‘irlatqan belbog‘im, tutdik o‘g‘-rini!


Qovoq devona xudda belbog‘idan ajrayturg‘andek ikki qo‘li bilan beliga yopishdi.
Saniki bu emas, tentak!
— Yo‘q, xudda maniki shu, yesh, bo‘lmasa mirshab chaqiraman.
— Xo‘varingni... nima deydi, bu!
— To‘g‘ri ayt, buni qayerdan o‘g‘irlading?!
Devona belbog‘ining tuguniga aztahidil yopishqani holda:
— O‘g‘irlamadim, tentak, hoji pochchangni to‘yidan oldim, jinni! — dedi.
— Hoji pochchang kim? Yolg‘on so‘zlama, o‘g‘ri!
— Hoji pochchangni tanimaysanmi, tentak?
— Toshkandda hoji pochchadan ko‘pi bormi, o‘g‘ri?
Esing ketibdi, jinni... Yusufbe hojing-chi. Axir; to‘y bo‘ldi, bazm bo‘ldi, o‘g‘ul uylandi... qo‘y, juvonmarg, bo‘g‘ur!

Devona ermakchilar qo‘lidan arang qutilib chiqdi. Ammo ularning ichidagi ko‘zini bog‘lag‘an bir kishi nima uchundir devonaning orqasidan ergashdi. Choyxonadan anchagina uzoqlashqan edilar.


— Devona! — deb chaqirdi haligi ergashuvchi.
Devona o‘ziga qarab kelguchi bu ko‘z og‘rig‘ini tanidi. Suyukli qovoqlar ustiga kelgan balo bo‘lmasin uchun, ketar ekan, qovoqlarini ehtiyotlab ushladi:

— Nima deysan, ko‘z og‘rig‘i?


— Qo‘rqmangiz, devona! — dedi ko‘z og‘rig‘i va adimlarini tezlatdi.
— Nima ishing bor?
— To‘xtang.
Devona arang to‘xtadi. Ko‘z og‘rig‘i uni cho‘chitmas uchun naridan turib yonchig‘ini kavliy berdi.






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling