Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
QOVOQ DEVONANING BELBOG‘I
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
3. QOVOQ DEVONANING BELBOG‘I
Och qoring‘a salimsoq yeb, ko‘kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonaga Qovoq devonaning kirishi bilan unga so‘z qota qoldilar: — Keling-keling, devona! — Bir kosa choylaring bormi, xo‘vari? — Bor-bor, avliya, bitta bachcha bo‘lsangiz idishi bilan sizniki. Qovoq devona deganimiz o‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppi chopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoq-larg‘acha osqan; qovoqlarning og‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi edi. Bu devona Toshkandning barchasiga ma’lum; beklardan, boylardan; qisqasi, shaharning katta-kichigidan o‘ziga ixlosmandlar ortdirg‘an va ko‘blarning tarafidan qilg‘an karomatlari rivoyat etilgan bir majnun edi. Shahardagi har kim uning oshnasi, karomati bilan beparvo bo‘lg‘anlar ham uning qiziq harakatlariga va tutal so‘zlariga qiziqar edi. Bu choyxonadagilar ham shu keyingi sinfdan edilar. Birarta ixlosmand qo‘lidan boplab tomoq yegan bo‘lsa kerak, hozir o‘shaning chanqovini bosmoq fikrida edi. — Bachchang kim, bachchang? Onam meni bachchalik uchun tug‘mag‘an... Choyingdan ber, cho-yingdan! — Onangiz sizni nima uchun tuqqan? — Xonning qo‘yini boqish uchun, qovoqlarni belga taqish uchun; choyingdan berchi, xo‘vari! Devonaga bir piyola choyni ichishka ham tinchlik bermadilar. Ulardan bittasi ko‘zni shamg‘alat qildida, belidagi qovoqdan bittasini yulib ham qochdi. Ish yomonga aylandi. Quvlab tutolmadi. So‘ngra kelib yana bir kosa choyni ichdi va unga-bunga qovog‘i to‘g‘risida iltimos qilib qaradi. Bo‘lmag‘ach, qovog‘ini qo‘msab ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lamoqqa oldi. Ermakchilarning kutkani ham faqat uning yoshi mishig‘ig‘a, mishig‘i tupugiga qo‘shilib yig‘lashi edi. Qovoqni yulib qochqan tomdan kelib sufaning ustidagi so‘riga qovoqni osdi va o‘zi tushib devonaning yonig‘a keldi: — Qovoq o‘g‘risini ushladingizmi, devona? — Yo‘q, uka! Qovog‘imdek shishib o‘lsin, qochqancha ketdi! Birav Eski Jo‘vada ko‘rganligini va qovoqqa minib ketayotqanini so‘zladi. Ikkinchisi «zap qovoq edi-da» degan edi, uchinchisi «attanga» deb qo‘ydi. Devonaning o‘pkasi shishib ketdi. Ermakchilar uning yuragiga galma-gal o‘t yoqar edilar. — Qovog‘ingizning o‘zi bu iqlimda yo‘q narsa edida,— dedi birav. Devona qovog‘ining tarjumai holini so‘zlab berdi: |
ma'muriyatiga murojaat qiling