Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 83
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Qabul qilg‘an edim. — Bizning ruxsatimizni olg‘ali Marg‘ilong‘a ham kelgan edingiz, shundog‘mi? — Shundog‘... — Barakalla, Marg‘ilong‘a kelib bu gapdan aynadingiz-a? — Aynadim... — Endi Toshkandga Marg‘ilondan aynab borasiz? — ... — Mana ko‘rdingizmi, faqat bu ishda bizgina yomon otliq bo‘lamiz. O‘zingizning shu xatongiz uchun ham bu gapni qabul qilmoqqa majbursiz. Otabek nima deb aytishdan ojiz qoldi va o‘zining bolaliq harakatidan seskandi va xijolat orasida so‘radi: — Otam sizga qachon xat yozg‘an edi? — Kecha oldim. Demak, ko‘ndingiz? — Men bu gapka durustlab o‘ylamasdan javob beralmayman. — Qancha o‘ylasangiz ham javobingiz birgina bo‘lishi kerak; ya’ni rizoliq. Qutidorning bu so‘zi juda ham qat’iy edi. Bu qat’i-yatni onglag‘uchi ko‘ngildan chiqarayozg‘an bu masalani chinlab o‘ylamoqqa majbur edi. Nima bo‘lg‘anda ham ko‘nglining bir chekkasini kirlatib yotqan bu «ota-ona orzusi» bir tomondan qaralg‘anda juda yengil ko‘chkan edi. Ammo ikkinchi tomondan masalaning yeshilmagan o‘rinlari ham bor edi. — Yaxshi, — dedi, — men sizning taklifingizga ko‘nayin, ammo ko‘nishning va rizoliqning zaruri qizingizda emasmi? Shu choqqacha mungg‘ayib o‘lturgan Oftob oyim yalt etib eriga boqdi, yana cheksiz bir mehribonchiliq nazari bilan Otabekka qaradi. — Siz qizimizning andishasini qilib o‘lturmangiz, bek, — dedi qutidor, — bu ishni eng yaxshisi unga bildirmaslikdir, keyinroq o‘zi ko‘nikib ketar, bu taraflardan tashvish lozim emas. — Yo‘q, — dedi bek, — men bu ishka basharti ko‘nganimda ham qizingizdan yashirmayman. — Nega?
— Agar ko‘nmasa-chi? — Ko‘nmasa, men ham ko‘nmaslikka majburman. Bu uzil-kesil so‘zdan qutidor o‘ylab qoldi. Oftob oyim bo‘lsa, qizining qadrini bunchalik arshlargacha ko‘tarmakda bo‘lg‘an yigitka o‘zida cheksiz muhabbat, poyonsiz ehtirom sezmakda va nima uchundir yig‘lag‘usi va kuyavi yuzidan o‘pkusi kelmakda edi. — Tuzik, — dedi qutidor, — uning rizolig‘ini o‘zingiz olmoqchimisiz? — Yo‘q, negaki qizingiz uchun haqorat bo‘lg‘an bu so‘zni aytish manim qo‘limdan keladirgan ish emas, — dedi. Eru xotin bir-birlariga qarashib qo‘ydilar. Keyingi so‘zni aytib bitirgach, Otabekning ko‘ziga yosh kelgan edi. O‘zining holidan uyaldi shekillik, ularning oldidan turib tashqarig‘a chiqdi. Ul chiqg‘andan so‘ng eru xotin yana yarim soatcha janjallashib o‘lturdilar. * * * Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila poychirog‘ yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she’rlari ustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Shoirning nafis she’rlari hozir uning uchun tuzsiz so‘zlar yig‘indisidan boshqa bir narsa ham emas edilar. Ul shu vaqt to‘sindan kitobni yopdi-da, ayvong‘a quloq soldi. Chunki hozirgina |
ma'muriyatiga murojaat qiling