Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet84/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 82

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy





* * *

Qayin ota, qayin ona, kuyav... Bu uch burchaklik o‘lturmishdan Otabek ko‘nglida necha turluk shubha tug‘ilmoqda edi. Bu odatdan tashqari chaqiriq nega me-hmonxonag‘a bo‘ldi? Nega Kumush bu o‘lturishka chaqirilmadi? Qayin onasi nega unga termulib boqadir? Qutidor tomonidan shu orada ul kutmagan bir savol ham tashlanib qo‘yildi.


— Otabek, uyalmay, tortinmay javob beringiz; bu gal Toshkanddan chiqishingizdagi asl maqsadingiz nimaga edi?


Otabek tarafidan kutilmagan bu savol uni shoshirdi va nima deb javob berishni bilmay qoldi.


— O‘zim... sizlarni ko‘rish uchun.


— To‘g‘risini so‘zlangiz, bek, — qutidor bu gapni yarim jiddiy qilib kulib aytdi. Chunki Otabekni shu yo‘sun ba’zi yoqlardan ta’min etmakchi va unga bu to‘g‘rida jasorat bermakchi edi.

— Aytdim-ku.


— To‘g‘ri aytmadingiz...

Otabek shoshqan holda edi:


— Toshkanddan chiqg‘animdagi maqsadni so‘zlash sizlarga bir behuzurlik berganidek o‘zimga ham og‘ir... U to‘g‘rida qat’iy bir qarorg‘a kelganim uchun sizlarga so‘zlab o‘lturish ham foydasiz, — dedi.

Oftob oyim eriga qarab oldi, qutidor yovoshqina bir tovush bilan so‘radi:


— So‘zlash og‘irmi?
Mengagina emas, hammamizga ham og‘ir...
— Agarda biz rizoliq bersamiz-chi?
Erining bu jasoratiga qarshi Oftob oyimning yuziga rizosizliq belgusi chiqdi. Otabek ersa seskanib uyqudan uyg‘ong‘andek bo‘ldi va ikkilanib so‘radi:

— Siz nimaga rizoliq berasiz?


— Bu gal Toshkanddan nima maqsadda chiqg‘an bo‘lsangiz — o‘shanga. Otabek xijolat bilan ter chiqardi:

— Toshkanddan nima maqsadda kelganimni bilasizmi?


— Bilamiz, — deb kuldi qutidor.

— Sizni bunday ishka rizoliq uchun kim va nima majbur etadir?


Hech kim majbur qilmaydir, — dedi kulib qutidor,— majbur qilg‘an narsa: shunday kunlar uchun o‘g‘ul o‘sdirg‘an ota-onaning rizoliqlarig‘ina, balki sizni ham shu gap majbur qilar.

— Otam bilan onamning rizoliqlari uchun shundan boshqa sabab qurib qolg‘anig‘a nima deyishimni ham bilmayman. Garchi Toshkandda ekan chog‘imda bu rizoliq yo‘lig‘a bel bog‘lang‘an bo‘lsam ham, endi bu bel bog‘lashni butunlay o‘rinsiz bo‘lg‘anig‘a tushundim...


Oftob oyim oz qoldiki, «to‘g‘ri!» deb qichqirsin. Ammo qutidor xotinig‘a xo‘mrayib qaradi.


— Qisqaroq o‘ylaysiz, Otabek, — dedi, — otangiz bizga murojaat qilmag‘anda edi, biz bu ishda betaraf qolsaq bo‘lar edi. Hozirda biz ham sizning so‘zingizga qo‘shilsaq siz emas, yomon otliq biz bo‘lamiz.


— Uning mulohazasini qilmang.


— Nega qilmayliq?
— Hamma aybni manim ustimga yuklab javob yozingiz.

Qutidor kuldi va so‘radi:


— Toshkandda ekan chog‘ingizda otangizning taklifini qabul qilg‘an edingizmi?






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling