Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 33
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Kutilmagan bir baxt, — dedi va o‘zining otidek bir narsaning tovshi kabi qilib kulib yubordi. Bu kulish havlilargacha eshitildi. Qiya ochilib turg‘an uy eshigi ham qattiqqina beklandi. Kumushbibi Otabekning qo‘lidan ushlab quyida yozib qo‘yilgan dasturxon yonig‘a boshladi: — Siz bo‘lg‘anlig‘ingizni ilgaridan bilganimda boshqacha qarshilar edim, — dedi. — Boshqa deb o‘yladingizmi? — O‘ylash qayerda, siz bo‘lursiz, deb ko‘nglimga ham kelmagan edi, — dedi-da, tag‘in kulib yubordi. Dasturxon yonida Kumushbibining latif bilagiga Otabek oltin uzuk solur ekan, ul yerga qarag‘an holda edi. — Men sizga hech narsa ham hozirlamag‘an edim... — Hozirlamag‘aningiz uchun o‘kinasizmi? — ... — O‘kinmangiz, — dedi bek, — sizdan bir narsani so‘rasam ayamassiz? — Ayamayman. Otabek Kumushbibining lablari ustidagi qora xolig‘a ishorat qilib: — Shu yerdan bir o‘pish bersangiz, siz ham katta esdalik hozirlag‘an bo‘lur edingiz, — dedi. Kumushbibi qizarindi. * * * Otabek Marg‘ilon kelganning ikkinchi kuni poyafzal bozorida bo‘lg‘an edi. Asr namozning vaqti o‘tib borg‘anliqdan ul shundagi do‘kondorlarning birisidan tahorat olish uchun suv so‘radi. Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. Do‘kondor unga suvning qulay o‘rnini ko‘rsatdi: «Mana shu burchakdagi darbozadan ichkariga kirsangiz, ariqning yuza joyini topib tahorat olursiz», dedi. Otabek do‘kondorning ko‘rsatishicha qutidorning tashqarisig‘a kirdi. Shu vaqt tasodufan nima yumish bilandir mehmonxonadan chiqib kelguchi farishtaga ko‘zi tushdi. Kumush ham ariq yoqasig‘a kelib to‘xtag‘an chingilin yigitka beixtiyor qarab qoldi. Ixtiyoriy emas, g‘ayri ixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan bir muncha vaqt ko‘z ololmadilar. Oxirda Kumush nimadandir cho‘chig‘andek bo‘ldi, yengilgina bir harakat bilan o‘zini ichkari yo‘lak tomong‘a burdi. Bu burilishdan uning orqa-o‘ngini tutib yotqan qirq kokillari to‘lqinlandilar. Kumush ichkariga qarab chopar ekan, yo‘l ustidan ariq-bo‘yida qotib turg‘an yigitka yana bir qarab qo‘ydi va bu qarashda unga yengilgina bir tabassum ham hadya qildi... Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa yerga mixlangandek qotib turdi... Oxirda ko‘zini katta ochib o‘tkan daqiqada uchrashkani xayoliy go‘zalni istab xayol-landi. Biroq haqiqat boshqacha edi. Tahorat olmoq uchun ariq bo‘yig‘a o‘lturdi. Ammo ko‘zi xayol yashi-ring‘an yo‘lakda edi. Tahoratlanib bo‘ldi, yana ko‘zini o‘sha tarafdan uzolmadi. Artinib olg‘andan keyin yana oyog‘ ustida to‘xtab qoldi. Yashiring‘an go‘zal ikkinchi qayta ko‘rinmadi, ehtimolki, Otabekni ipsiz bog‘lab, o‘zi qaysi burchakdan bo‘lsa ham asirini tamosha qilar edi. Ko‘b kutdi, asr namozini qazo qilib kuch bilan qutidor uyidan chiqdi va shu daqiqadan boshlab unda muhabbat mojarosi tug‘ilg‘an edikim, bu yog‘i o‘qug‘uchimizga ma’lumdir. Kumushbibining yuqorida «Siz o‘shami!» deb so‘rashi shunga binoan bo‘lib, ammo unga masalaning onglashilmay qolishi va chin baxtni bil’aks kutib olinishi qiziq edi. Shunday qilib ikki yoshning birinchi ham sof muhabbatlari qovishish bilan natijalandi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling