Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 46
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy Azizbek bir muncha vaqt boshlarni tomosha qilib turdi-da, qarshida qo‘l bog‘lag‘an qo‘rg‘on begiga qarab iljaydi: — Barakalla g‘ayratlaringizga, — dedi Azizbek, — bu kun qipchoqlarg‘a rustamona javob berib, o‘zlarini ham itdek qirg‘ansiz. Bunchalik g‘ayrat ko‘rsatkan fuqarolarga rahmat, dunyo turguncha tursinlar! Azizbek tashakkurini bitirgach, hudaychi qo‘rg‘on ustidagi qahramonlarg‘a hamma tovshini qo‘yib qich-qirdi. — Bek janoblari bu kungi rustamona g‘ayratlarin-gizga rahmat aytib, haqlaringizga duo qiladirlar! Mudofi’lar dunyoni buzib javob berdilar: — Qulliq taqsir, qulliq! Taqsirimiz dunyo turguncha turib, soyai davlatlari boshimizdan kam bo‘lmasin! Azizbek qamchisini ko‘ndalang qo‘yib mudofi’larga qulliq qildi va hudaychiga buyurdi: — Qo‘rg‘on begiga kimxob to‘n, yuzboshilarg‘a atlas chopon, boshqa yigitlarga uch tangadan pul in’om beril-sin. Hudaychining xabaridan so‘ng mudofi’lar javob qaytardilar: — Davlatlari ziyoda bo‘lsin! Xazinachilar sipohlar orqasidan ikki otni yetaklashib hudaychi yonig‘a yetdilar. Bir otning ustiga choponlar ortilg‘an, ikkinchi otdag‘i katta xurjinning ikki ko‘zi liq tanga edi. Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob to‘nni olib, qo‘rg‘on begiga kiydirdi. Qo‘rg‘on begi to‘nni kiyib Azizbek haqiga uzun duo qildi. So‘ngra hudaychi bir yigitka to‘n qo‘ltiqlatib, ikkinchi yigitka tangalardan oldirib qo‘rg‘on begi bilan birga qahramonlar yonig‘a chiqdi. Qo‘rg‘on begining ko‘rsatishicha kimga uch tanga pul, kimga adras chopon ulashilib boshlandi. Azizbek ot ustida boshlar uyumi tevaragida aylanib Rayimbek dodxoh va ola-bayroq to‘nlik kishiga o‘zining tanish sarkardalaridan bo‘lg‘an kimlarningdir boshlarini ko‘rsatmakda, tirik vaqtlarida nima ishlarda bo‘linib va qora choponlilarg‘a qanday zulmlar qilg‘anlarini so‘zlamakda edi. Azizbekning bu gaplarini Rayimbek dod-xoh samimiy eshitsa ham olabayroq to‘nlik odam «taqsir, taqsir» bilan javob berib, boshlar uyumidan jirkangansumon egarining qoshig‘a ko‘zini tikib turmoqda edi. Yarim soatlik bir fursatdan keyin qo‘rg‘onning boshdan-oyoq yasov tortqan qahramonlariga in’omlar ulashilib bitdi-da, hudaychi o‘zining quruq xurjini bilan Azizbek qotig‘a kelib qulluq qildi. Azizbek qarshisida qo‘l bog‘lab turg‘an qo‘rg‘on begidan so‘radi: — Yigitlaringizning barchasi ham quruq qolmadimi? — Davlatingiz soyasida, taqsir. — Qipchoqlarning bu kungi hujumi qay vaqtda bo‘ldi? — Tong yorir-yorimas Oq tepa tomonidan to‘p ota boshladilar, — dedi qo‘rg‘on begi, — o‘n besh daqiqa o‘tar-o‘tmas otliq qipchoq qo‘shinlari ko‘rinib Samar-qand darbozasiga yugirdilar. Shungacha men ham davla-tingiz soyasida ikki darboza oralarig‘a merganlarni yayratqan edim. Boshlab Samarqand darbozasi qo‘rug‘i-dan otishg‘a buyurdim. Merganlar o‘n besh daqiqa orqa-sini uzmay miltiqqa o‘t berib turdilar. Qipchoqlar biz-ning tomondan otilg‘an miltiq o‘qlarig‘a chidalmay, Samarqand darbozasini tashlab, Kamolon darbozasiga yuzlandilar. So‘ngra davlatlari ko‘lankasida Kamolon qo‘rug‘idag‘i merganlarni ishka qo‘ydim. Bir soat chamasi otishqandan so‘ng yov bizning o‘qimizg‘a chidalmay, ikki darboza orasida uch-to‘rt yuz o‘lik qoldirib, qochishg‘a majbur bo‘ldi. Bizdan yolg‘iz besh kishi o‘lib, to‘qqiz kishi yaralandi. Azizbek juda zavqlang‘an edi, yana bir qayta barakalla o‘qub, so‘radi: — Normat qipchoq ko‘rindimi? — Yo‘q taqsir: qo‘rg‘on yaqinig‘a yo‘lamadi, yo‘la-g‘anda... |
ma'muriyatiga murojaat qiling