Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. TOSHKAND QAMALDA
www.ziyouz.com kutubxonasi 43
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy sipohlari tomonidan muhosara holatida ekanligi to‘g‘risidagi xabarlar kelib turmoqda edi. Hasanali bu gaplardan xabarsiz emas, Toshkandga kirib olishning qay daraja qo‘rqunch bo‘lg‘anlig‘i ham uning ko‘z o‘ngida edi. Ish shundog‘ bo‘lsa ham ul Toshkand jo‘nash uchun o‘zida bir majburiyat his etar, najot yo‘llarini endi Toshkanddan izlamasa boshqa chora yo‘q edi. Qarorni shunga berib, bu fikrini Kumush bilan Oftob oyimg‘a so‘zladi. Ularda epaqalik bir miya, Ha-sanaliga yo‘l ko‘rsatadirg‘an ixtiyor qolmag‘an, topqanlari faqat yig‘i edi. Hasanalining «Siz bilan manim qo‘llarimizdan bir ish chiqadirg‘an o‘xshamaydir. Nima bo‘lsa ham men Toshkand borib, najotni o‘sha yerdan izlamasam bo‘lmas», deyishiga qarshi Kumushbibi bir xil siniq tovushda: — Marg‘ilondan topilmag‘an najot Toshkanddan topilsinmi? — dedi. — Biz endi shunga majburmiz, qizim, — dedi Hasanali, — qayin otangiz ehtimol buning birar chorasini topar. — Biz endi shunday qolaberamizmi, agar zolimlar...— dedi-da Kumush so‘zining oxirini aytalmay o‘krab yubordi. Hasanali ham o‘zini kuch hol bilan yig‘idan bosar ekan, Kumushni yupatdi: — Unday bo‘lmag‘ir xayollarga tushmang, qizim, — dedi, — qushbegi boshqalarg‘a qarag‘anda insoflik hokimdir. Xudo xohlasa, men Toshkanddan qaytquncha ular ham zindondan qutilurlar. Bu kun kechasi ul yo‘l tayyorliqlarini ko‘rdi. Minib ketishi uchun qutidorning saman yo‘rg‘asini belguladi. Ertasi ertalab Marg‘ilonning Qo‘qon darbozasidan bi-rinchi galda chiqg‘uchi Hasanali bo‘ldi. 15. TOSHKAND QAMALDA Bu kun Toshkand qamalining elli birinchi kuni. Sovuq bir oz yumshab tushkan, quyosh ochiq havoda harakat etmakda edi. Yerlar erib, hamma yoq shilt-pilt loy, qo‘rg‘on kungiralaridagi qirovlar bo‘g‘qa aylanib ko‘kka ko‘tarilmakda edilar. Bu kun tongdan boshlab, Toshkandning Samarqand darbozasi tomonidan bo‘lg‘an qo‘qonlilarning hujum-lari o‘zlari uchun so‘ng darajada halokat bilan tugalgan. Qo‘qon sipohlari endigi hujumgacha shikastrextlarini tuzatish, yaralarini bog‘lash, damlarini olish uchun qo‘rg‘on yonidan qayoqqadir, qo‘shlariga ketkanlar. Qaramoqqag‘ina emas, so‘zlashka ham dahshat: Kamolon darbozasi bilan Samarqandg‘acha bo‘lg‘an qo‘rg‘on ostlari (bu ikki darboza oralari besh yuz adim keladir) boshsiz va ishtondan boshqasi tunalgan inson gavdalari bilan to‘libdir. Bu ochiq mozoristonni qo‘rg‘on kungiralari ustida mudofaadan so‘ng charchab, quyoshda jilinib o‘lturgan sallalik, qalpoqlik va popoqlik Toshkand mudofi’lari ming turlik shodliqlar ichida tomosha qiladirlar. Bu ikki darboza orasida ikki xil holat hukm suradir — qo‘rg‘on ostlarida jahannam dahshati bilan yalang‘och, boshi tanidan olinib qora qonig‘a belangan odam gavdalari yotib, qo‘rg‘on ustida ikkinchi kishilar dunyo shodlig‘i ichida suzadirlar. Qo‘rg‘on ustidagi qahramonlardan bittasi kula-kula bir sarkardani otib o‘ldirganligini so‘zlab: «Padar la’natini o‘zim xo‘bam otdim-da, otning ustidan uch gaz ko‘tarilib yiqildi!» deydir. Tag‘in bittasi o‘liklar ichidan kimnidir ko‘rsatib: «Ana, ana, hov ana! O‘sha qipchoqqa o‘q tegib o‘lib o‘lalmay, yurib yuralmay ingrab yotqan ekan. Qilichim bilan boshini shartta kesib, belidagi oltin kamari va ustidagi kimxob po‘stunini olib chiqdim!» deydir. Har kim bu kungi urushdagi o‘zining erliklari bilan, qo‘lg‘a tushirgan oltin kamari, yoqut ko‘zlik uzugi, sovsar po‘stuni, kumush qinli qilichi va boshqa o‘ljalari bilan maxtanadir. Shu vaqtda qo‘rg‘on ustidan qo‘shiq tovshi eshiti-ladir: |
ma'muriyatiga murojaat qiling