Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet41/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 40

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Marg‘ilonda kimlarni taniysiz?


— Marg‘ilonda uch-to‘rt kishidan boshqa odamni tanimayman.
— Akram hojini tanirsiz?
— Taniyman. Uning bilan bir necha majlislarda o‘lturishkan edim.
— Bu kunda Akram hoji oshnangiz qayerda?
— Bilmadim, taqsir, — dedi va qayin otasig‘a qaradi.
Qutidor javob berdi:
— Akram hoji bu kunlarda Andijonda bo‘lsa kerak, taqsir.
— Xo‘b. Otabek, siz javob beringiz: Akram hoji bilan bo‘lg‘an majlislaringiz kimnikida edi?

Otabek bunday so‘roqlarning bekorga emasligini payqab, buning tegida qanday bo‘lsa ham bir gap borli-g‘ig‘a ishondi:


— Birinchi majlisimiz mundan bir oy chamasi burun Ziyo aka deganning uyida, ikkinchisi (qutidorg‘a imo qilib) bu kishinikida bo‘lg‘an edi. Shu majlislarda Akram hoji ham bor edi.


— Ziyo akanikida bo‘lg‘an majlisingizga kimlar ishtirok qildi?


— Men, Ziyo shohichi, bu kishi (qutidor), — dedi va bir oz o‘ylanib oldi, — Ziyo akaning o‘g‘li — Rahmat, Akram hoji, Hasanali, Homid ismlik yana bir kishi.

Homid ismini eshitkan qo‘rboshi tasdiq qilg‘andek bir harakat yasab qo‘ydi. Qushbegi qo‘rboshig‘a yer tegidan ko‘z yuborib oldi-da, davom qildi:


— Ikkinchi majlisingizda kimlar bo‘ldi?


— Ikkinchi majlisimizda boyag‘i kishilargina bo‘ldi. Faqat Homid yo‘q edi.
— Boya, Marg‘ilon kelganimga necha kun bo‘ldi, dedingiz?
— Qirq kunlar chamasi.

— Yaxshi, — dedi qushbegi, — aytingiz-chi, qirq kunlab Marg‘ilonda qolishingizning sababi nima edi?


— Ma’lumki, hozir Toshkand qamal (muhosara) holatidadir. Shunday vaqtda Toshkandga qaytish o‘zi aqlsizlik bo‘lar edi.


— Qorachoponchi bo‘lg‘aningiz uchun, — dedi isteh-zo qilib qushbegi, — qipchoq og‘aynilardan qo‘rqdin-gizmi?


— So‘zingizga tushunolmayman, — dedi kulib Otabek. Bu gapni oddiy kishiga aytkandek qilib so‘zladi. Qutidor uning bu aytkan gapidan emas, kulishidan nihoyat darajada qo‘rquvg‘a tushib o‘zida issiqliq-sovug‘liq bir holat his etkan edi. Hokimlarga garchi to‘g‘ri bo‘lg‘anda ham dag‘alroq so‘z aytish o‘limni tilash bilan teng edi. O‘tabboy qushbegi zamona hokimlarining tuzugi bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lmasa ozroq ular-ning ta’siri bunda ham bor edi. Otabekning bu gapidan qizishdi:


— Qipchoq dushmani bo‘lg‘an otangiz Yusufbek hojini unutdingizmi? Otangizning sizga bergan vakolati qayerda qoldi?


— Qipchoq dushmani kim, otam kimga qanday vakolat bergan, xudo haqqi uchun ochib so‘zlangiz, yo‘qsa yorilaman, taqsir!


— O‘zingizni tag‘ofulga solmangiz, bek yigit, — dedi qushbegi, — otangizning kim ekanini, sizni Marg‘ilonga nima uchun yuborg‘anini, qutidor bilan munda qanday ishlar qilmoqda bo‘lg‘anlig‘ingizni, barchasini hujjatlari bilan bilamiz. Siz marg‘ilonlik og‘aynilarni qipchoqlarg‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lasiz, buni ham yaxshi bi-lamiz!..


Otabek Qutidor


Otabek azbaroyi bo‘g‘ilib ketkanidan ko‘kimtil tovlang‘an, qutidor bezgaklardek titray boshlag‘an edi. Otabek o‘zini kuch bilan yig‘ishtirdi:








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling