Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet51/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 50

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Homid ila birgalashib kirgan mirshabni qo‘rboshi tashqarig‘a chiqmoqg‘a buyurdi-da, Homidni o‘lturishka imladi.


Qo‘rboshi nimanidir so‘zlamoqchi bo‘lsa ham, negadir uning tili osonlik bilan harakatka kelmas va o‘zi ham bir turlik o‘ngg‘aysizliqda edi. Nihoyat qo‘rboshi o‘ziga bir turlik jasorat berdi:


— Bobolar: «Dunyoniki miri kam ikki» deganlar, — dedi, — to‘g‘risi ham shundog‘: o‘zingni yuz yoqg‘a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog‘i chiqib turadir...


Tuyg‘un Homid qo‘rboshining nima maqsadi borlig‘ini payqadi:


— To‘g‘ri so‘zlaysiz, taqsir, — dedi, — dunyoniki hamisha mirikam ikki, shu yetishmaslik balosidan to‘yib, ba’zi vaqtlarda kishining dunyodan chiqib ketkusi kelib qoladir. Yaxshikim, dunyoda oshna, og‘ayni degan kimsalar bor... Agar shular bo‘lmasa-chi, kishi allaqachon dunyodan chiqib ketadir. Shuning uchun men og‘aynilarni ko‘zlarim ustida tutaman, ularni muhtojliq chog‘larida ko‘rsam, o‘zimni garav qo‘yib bo‘lsa ham ehtiyojdan chiqarishg‘a tirishaman.
Qo‘rboshi tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yg‘an qilichi-ning ikki tarafidan bosib, bir qo‘zg‘alib qo‘ydi:

— Bali, bali, mulla Homid, munday og‘aynilarning sadaqasi ketsang ham arzir, — dedi tomoqlarini qirib qo‘ydi. — Shu kunlarda o‘g‘ilchalarning yoshi yetib, sunnati nabiyunani bajo keltirish taqozo etadir... To‘y keraklaridan ko‘pini tadorik qilg‘an bo‘lsam ham, yetishmagan yerlari ham ko‘b. Shuni sizning kelishingiz oldida o‘ylab o‘ltirar edim...


— Bek aka, — dedi Homid va tusiga yasama kulish chiqardi, — siz achchig‘lansangiz ham aytay: beklar zoti kishiga sira ham oshna bo‘lmas ekanlar. Ayniqsa siz hamon o‘zingizning beklig‘ingizga borib, istig‘nongizni eskicha olib borasiz... Boshingizda shunchalik qayg‘ingiz bo‘lur emish-da, bir og‘iz menga aytmas emishsiz?


Qo‘rboshi Homidning zakovatiga qoyil bo‘lib iljaydi:


— Yo‘q, yo‘q, mulla Homid, — dedi, — bu yoqda gap bor: hukumat xizmatida turg‘aningdan keyin yuz yoqning mulohazasini qilar ekansan...

— Tuzik, bek aka, ammo manim oshnachilig‘im tamom boshqachadir, — dedi Homid va yonchig‘ini chiqarib bir qo‘lidan ikkinchi qo‘lig‘a oltinlarni sanab tushira berdi. Qo‘rboshining ko‘zi oltinlar ustida o‘ynab bular barakasida qiladirg‘an sunnat to‘yisini, Marg‘ilon beklari oldida ortdiradirg‘an obro‘sini o‘ylamoqda edi. Oltinlardan yigirmatasi ajratilgach, sanoqqa ishonmay ko‘rib turg‘anim tushmi, deb uyqusiradi. Homid oltinlarni uzatdi, — mana, bek aka, bu arzimagan oltin xolis oshnalig‘imizning bog‘lanishidir, yana yetmagani bo‘lsa qarab turmasmiz.


Qo‘rboshi titrab, qaxshab oltinlarni joyladi. Homiddan nihoyatda xursand edi:


— Xo‘sh, mulla Homid, endi bu kungi hangamalardan so‘zlashayliq, — dedi bek. — Pochchangiz ila jiyaningizning bu ishka oralashib qolg‘anlari yomon bo‘ldi-da.

Bu so‘zdan Homidning yuziga qayg‘irish alomati chiqdi va e’tibor bilan qo‘rboshining og‘zig‘a qaradi.


Qo‘rboshi davom etdi:


— Bu ikki begunohning qamalishlarig‘a ham o‘sha yaramas sabab bo‘ldi. Yo‘qsa ularni qamoqqa olishg‘a qushbegi buyurmas edi. Ammo kechagi qushbegiga so‘zlag‘an so‘zingiz Otabek ila qayin otasini o‘limga mahkum qilganidek, pochchangiz ila jiyaningizni bir qadar oqlaydilar. Shuning uchun men borg‘an so‘ng bo‘ladirg‘an hukm majlisida ehtimol qarindoshlaringizni qutqazishg‘a muvaffaq bo‘lurman. Har holda qarindoshlaringizning qattig‘ jazo tortishlari shubhalikdir, siz payqadingizmi, yo‘qmi kecha men jarchig‘a bu kungi osilg‘uchilarni Otabek ila Mirzakarim bo‘lg‘anlig‘ini ta’yinlagan edim.






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling