Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich


Tasviriy san‟atdan tajriba - sinov ishlarini tashkil etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/102
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1810815
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102
Bog'liq
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA

Tasviriy san‟atdan tajriba - sinov ishlarini tashkil etish 
Ma‘lumki kadrlar tayyorlash milliy dasturning asosiy maqsadi insonning 
intellektual va ma‘naviy – ahloqiy jihatdan tarbiyalashga bog‗liq. Keyingi 
vaqtlarda Respublika oliy o‗quv yurtlarining moddiy - texnikaviy bazalarini 
mustahkamlash, axborot bilan ta‘minlash darajasini rivojlantirish maqsadida ular 
ta‘limning zamonaviy texnik vositasi, yangi dasturlar, darsliklar, qo‗llanmalar, 
ko‗rgazmali o‗quv qo‗llanmalar va boshqa turdagi o‗quv metodik adabiyotlar bilan 
ta‘minlash, ta‘lim jarayonida qo‗llanib kelinayotgan ta‘lim berish va 
tarbiyalashning mazmuni, vosita hamda metodlarini rivojlantirish, oliy ta‘limda 
o‗qitish samaradorligini oshirish, uni takomillashtirish imkonini bermoqda. Buning 
uchun dars jarayonlari hozirgi ta‘lim tizimi yo‗nalishiga mos metodlar ishlab 
chiqish va amaliyotga joriy etish katta ahamiyatga ega. Biz olib borayotgan tajriba 
sinov ishlarining maqsadi «maktablarda o‗quvchilarni tasviriy san‘at o‗qitishning 
nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish». Buning uchun, tabiiyki, tajriba sinov 


154 
uchun uning barcha jabhalarini, qamrab oluvchi, barcha jarayonlar uchun maqbul 
mazmun, metodika va vositalarni tanlab olish talab etiladi.  
Demak, yoshlarga tasviriy san‘atdan o‗quv - tarbiyaviy ishlarini tashkil etish 
va samaradorligini oshirishda kompyuter texnologiyalarini qo‗llash maqsadga 
muvofiq bo‗lib, o‗quvchilarga zamon talablari asosida bilimlar berish va ularni
amalda tadbiq etishlariga yordam beradi. 
Maktab o‗qituvchilari nafaqat fan asoslarini, balki ular eng zamonaviy 
ilg‗or pedagogik texnologiyalarni ham egallagan bo‗lishlari, o‗zlarining 
pedagogik mahoratlarini to‗xtovsiz oshirib borishlari talab etiladi. Ana shu 
maqsadda o‗qituvchilarning tasviriy san‘atdan nazariy va amaliy 
mashg‗ulotlarni o‗tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta‘lim 
taraqqiyotida 
harakatlanuvchi 
kuch 
ekanligi; 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarning tarixiy taraqqiyot bosqichlari; xorijiy mamlakatlar ta‘lim 
tizimida qo‗llanib kelinayotgan interfaol metodlar; zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning tasviriy san‘at mashg‗ulotlarida qo‗llanish imkoniyatlari
tasviriy 
san‘at 
mashg‗ulotlarida 
kompyuter 
texnologiyalarining 
qonuniyatlaridan samarali foydalanish, uni amaliyotda qo‗llash yo‗llari; 
o‗quvchilarning bilim, malaka va ko‗nikmalari hamda ijodiy ish natijalarini 
nazorat qilish va baholash yo‗nalishlari bo‗yicha bilimlarini bo‘lishi maqsadga 
muvofik.
Tajriba - sinov ishlari rejasiga ko‗ra rangtasvir darslarida o‗quvchilarni 
fanga badiiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan quyidagi mavzularda dars 
ishlanmalari tayyorlandi: 
1. Kompozitsiya tuzish usullari, nazariyasi va bosqichlari. Oddiy manzara 
kompozitsiyalarini tasvirlash. 
2. Kompyuterning ArtRage studio grafik dasturi yordamida ijodiy manzara 
kompozitsiyalari hosil qilish va ranglash.
Amaliy ishlar nafaqat dars jarayonida balki sinfdan tashqari ishlarda hamda 
o‗quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish orqali muntazam ravishda amalga 
oshirib borishi mumkin. 


155 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling